111
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok
etadigan moliyaviy resurslardan foydalanishning
samaradorligi
olingan samara va uni qo‘lga kiritish uchun sarf qilingan moliyaviy
resurslar o‘rtasidagi nisbat orqali ifodalanadi
Shu munosabat bilan moliyaviy resurslardan foydalanishning sifat
natijasi foydaning o‘sgan qismi va moliyaviy resurslar o‘rtasidagi
nisbat
bilan belgilanadi
Bu yerda, eng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruvchilar va xodim
(ishchi) lar manfaatlarini birgalikda qarash aspekti juda muhimdir.
Davlat manfaatlari,
bir tomondan, XYuS larning soliq to‘lovlarini
maksimallashtirish maqsadida balans foydaning maksimallashtirili-
shini ko‘zda tutadi.
Ikkinchi tomondan esa, foydadan soliq to‘lov-
lari foydaning kengaytirilgan ilmtalab takror ishlab chiqarishga qay-
ta investitsiya qilinishini hisobga olgan holda optimallashtirilmog‘i
lozim
Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning moliyaviy jihatdan ta’-
minlanishini boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foyda-
lanishning samaradorligini baholash
alohida ahamiyat kasb etadiki,
uning juda ko‘p aspektlari mavjud