T. S. Malikov
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
ijtimoiy funksiyasi vujudga keladi. Buning natijasida ijtimoiy ne’matlar
va xizmatlarning u yoki bu turlariga nisbatan iste’mol qilish oshadi yoki kamayadi. Chakana baholarning oshishi turmush darajasini pasaytiradi va aksincha, deb e’tirof etilgan. Biroq, agar bir vaqtning o‘zida chakana baholar bilan birgalikda ulgurji baholar va aholi daromadlari ham o‘z- garsa, bu “manzara” ko‘p omilliga aylanadi va baholar dinamikasining turmush darajasiga ta’siri xususida xulosa chiqarish uchun yanada chu- qurroq bo‘lgan tahlil zarur. Bahoning rag‘batlantiruvchi funksiyasi ishlab chiqarishni mod- diy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, mahsulotning ma’lum bir turini ishlab chiqarish yo‘nalishlarida rag‘batlantirish orqali namo- yon bo‘ladi. Bunday baholar agar ular iste’molchi uchun qulay bo‘lsa, iste’molni ham rag‘batlantiradi. Bahoning rag‘batlantiruvchi funksiyasi bozorni tartibga solishning muhim omili hisoblanadi, tovarlar va xiz- matlar bozorida talab va taklif o‘rtasidagi ma’lum bir nisbatning o‘rna- tilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va shuning uchun ham u talab va taklifni balanslashtirish funksiyasi bilan uzviy bog‘langan. Baho funksiyalarining bunchalik ko‘pligi, alohida olingan unga te- gishli bo‘lgan funksiyalar maqsadlari va vazifalarining, ayrim hollarda, o‘zaro qarama-qarshiligi shunga olib keladiki, bahoning o‘z barcha funksiyalarini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishi hamma vaqt ham mumkin bo‘lmay qoladi. Ratsional va hatto, optimal baholar xusu- 166 sida gapirib turib, odatda, uning bir funksiyasi yoki funksiyalarning shunday hamkorligini nazarda turish kerakki, ular ma’lum darajada amalga oshgan bo‘lsin. Shuning uchun ham, bozor iqtisodiyotida baho- ning ayrim funksiyalari kamroq yoki ko‘proq yuklama bilan “ishlaydi”. Masalan, mahsulotni qiymat ifodasida ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni rejalashtirishda foydalaniladigan bahoning funksiyalari aralash iqtisodiyotda davlat sektoridagidek emas, balki unga nisbatan kamroq faollikda namoyon bo‘ladi. Shu munosabat bilan bu yerda baho barcha funksiyalarining bir-biri bilan o‘zaro bog‘langanligi va o‘zaro ta’sirchanligini, real hayotda bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan dinamik tizim sifatida namoyon bo‘layotgan-ligini hisobga olish muhim aha- miyatga ega. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling