T. S. Malikov


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

eksport chegirmalari qo‘llaniladi. Funksional chegirmalar yoki savdo 
sohasidagi chegirmalar tovarlarning harakatlanishini amalga oshiruvchi 
xizmatlarga ma’lum bir funksiyalarni bajarganligi uchun beriladi. Maxsus 
chegirmalar ishlab chiqaruvchi manfaatdor bo‘lgan sotib oluvchilarga 


182
sotuvchi tomonidan taqdim etiladi. Yashirin chegirmalar sotib oluvchilar-
ga tekin namunalar ko‘rinishida berilishi mumkin. Chegirmalarning oxirgi 
turiga shartnomalarda qayd etilmaydigan va og‘zaki kelishuvlarga muvofiq 
amalga oshiriladigan konfidensial chegirmalar ham kiradi. 
Ustamalar baholarni shakllantirishda chegirmalarga nisbatan kam-
roq qo‘llaniladi. Ularning qo‘llanilishi tovarlar sifatining ortishi, tovar-
larning kreditga sotilishi va shunga o‘xshashlar bilan bog‘liq. 
Tovarlarga nisbatan baholarni asoslash va baholarni shakllantirish 
strategiyasini samarali amalga oshirish uchun XYuS o‘zi faoliyat ko‘rsa-
tadigan maqsadli bozorlarini
2
aniqlab olmog‘i, turli bozorlarning massh-
tablari va bozor talablarini qondirishning o‘z imkoniyatlari to‘g‘risida aniq 
tasavvurga ega bo‘lmog‘i kerak. 
Undan so‘ng XYuS ning mamlakat ichki bozoridagi hamda yaqin va 
uzoq xorij mamlakatlari tashqi bozorlaridagi faoliyat sohasini aniqlash va 
cheklab olmoq lozim. Yaqin va uzoq xorij mamlakatlari tashqi bozorlari-
dagi faoliyat faoliyat ko‘rsatish shartlari va huquqiy tartibga solish norma-
lariga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Bozorlarning hududiy geogra-
fiyasini bilish ham muhimki, ular uchun faoliyat ko‘rsatishning o‘ziga xos 
xususiyatlari, shahar va qishloq bozorlarining nisbatiga tegishli bo‘lgan bel-
gilar mavjud bo‘lib, ular har ehtimolga qarshi o‘zlarining xususiyatlarini 
uzoq vaqt davomida yana saqlab qolishi mumkin. Va nihoyat, baholarni 
shakllantirishning strategik yo‘naltirilishida joriy investitsion talab bozorla-
rini aniq chegaralab olmoq ham zarur. 
XYuSlarga mo‘ljalni aniq olish va maqsadli bozorlarni tanlashga 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling