T. S. Malikov


bozorni segmentlashtirish


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

bozorni segmentlashtirish imkon beradi. Bozorni segmentlashtirish 
o‘rganish metodi hisoblanadi. Unga ko‘ra iste’molchilar ehtiyojlari, tav-
sifi, xatti-harakatining o‘ziga xosligi va shunga o‘xshash xususiyatlariga 
muvofiq guruhlarga ajratiladi. Bozor segmenti bir xil toifadagi iste’mol-
chilardan, u yoki bu holatga bir xil tarzda reaksiya qiluvchilardan tashkil 
topadi. 
Yaxlit olinganda bozor iqtisodiyotida bozor baholarini shakllanti-
rishning umumiy belgilari bozorning turli sohalarida baholarning turli-
tuman ko‘rinishlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Raqobatning er-
2
Maqsadli bozorlar deyilganda XYuS mo‘ljallayotgan bozorlar nazarda tutiladi. Ana shunday 
bozorlarni aniqlab olmoq uchun, eng avvalo, u sotuvchi bozori yoki sotib oluvchi bozorining 
umumiy bahosini hisobga olishi kerak. Sotuvchining bozorida sotuvchi (mahsulotni ishlab 
chiqaruvchi) ustuvor o‘ringa ega bo‘ladi va u realizatsiya qilinadigan tovarlarning bahosini 
amalda belgilaydi. Xaridor bozorida esa ustuvor o‘rin sotib oluvchiga tegishli bo‘ladi. XYuS 
bunday sharoitda iste’molchi talablarining qattiq sharoitlarida faoliyat ko‘rsatadi. 


183
kinlik darajasi va baholarni shakllantirishga (bular bozorlar tipini klas-
sifikatsiya qilishda asosiy mezon sifatida maydonga chiqadi) bog‘liq ra-
vishda bozorlar quyidagi to‘rt asosiy tipga ajratiladi: 
erkin (sof yoki takomillashgan) raqobat. U baholarni aniqlashda 
erkin musobaqalashishning mavjudligi bilan xarakterlanadi; 
monopolistik raqobat. Bunda to‘liq almashtirilishi mumkin 
bo‘lmagan xilma-xil tovarlar guruhini ishlab chiqaruvchi XYuSlarning 
musobaqalashishi amalga oshiriladi; 
oligopolistik raqobat. Bu ko‘p bo‘lmagan ishlab chiqaruvchi-
lar raqobat bozoridan iborat
monopolistik bozor. Bunday bozor tovarlarning bahosini o‘r-
natishda bir xo‘jalik subyekti hukmronlik qiladigan bozordir. 
Bozor iqtisodiyotida marketing-baho strategiyasining moliyaviy 
jihatlari shakllantirish shakl va sharoitlarining ko‘p turliligi bilan xarak-
terlanadi. Bu o‘z tovarini realizatsiya qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub-
yektlar iqtisodiy nuqtayi nazardan nimadan iborat ekanligiga va turli bo-
zorlarda shu tovarlarni iste’mol qilish imkoniyatining qandayligiga bog‘-
liq. 
Baholarni shakllantirishning u yoki bu strategiyasi yohud ularning 
turli kombinatsiyalarini qo‘llash tovarlarni realizatsiya qiluvchilarning 
egalariga ko‘zda tutilgan pul tushumlariga ega bo‘lishni va shu asosda 
zaruriy moliyaviy fondlarni muvaffaqiyatli shakllantirishga imkon bera-
di. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling