T. S. Malikov
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taklif omillari
- Muqobil ishlab chiqarish imkoniyatlari
Iste’mol tanlov omillari almashtiriladigan tovarlar tizimida to-
varning raqobatdoshligini aniqlab beradi. Tovar va mahsulotlarni sotib oluvchilar, ular bilan raqobat qiluvchilar, raqobat tovarlari bilan tovar- ning almashuvchanligi, almashtiriladigan yoki o‘zaro almashtiriladigan tovarlarning taqqoslanishi ehtiyojning tarkibiy tuzilmasini belgilab be- radi. Bu yerda shu tovarni yoki shu tovar bozorini ularni to‘ldiradigan tovarlar yoki ularni to‘ldiradigan tovarlar bozori bilan taqqoslash katta ahamiyatga ega. Taklif omillari mol yetkazib beruvchi-sotuvchi tomonidan tovar- ning taklif bahosini o‘rnatishga yordam beradi. Bu yerda bozorga taklif qilinayotgan tovarning umumiy soni va XYuS tomonidan bozorga yetkazib berilayotgan tovarning sonini (bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa mol yetkazib beruvchilarda shu tovarning zaxiralarini va XYuS dagi zaxiralarni qo‘shgan holda) bilish juda muhim. Undan so‘ng tovarni bo- zorda sotishdagi ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga, shuningdek, tovarni ishlab chiqarishda foydalanilgan ishlab chiqarish omillari va 180 ishchi kuchining bahosiga aniqlik kiritib olish kerak. Odatda, tabiiy resurslar, kapital va mehnatning baholari cheklanadi. Davlat va ijtimoiy fondlarga soliqlar, aksizlar va boshqa to‘lovlar hamda ajratma-lar, bojlar ajratiladi. Foyda va uning investitsiyalarga, rezerv va sug‘urta fondlari- ga, dividendlar va boshqa maqsadlarga taqsimlanishi aniqlanadi. Muqobil ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan omillar ham mavjud. Bu yerda gap XYuS ishlab chiqarish imkoniyat- laridan maksimal foydalanilganda mahsulotlarning maksimal almashuv- chanligi, ya’ni mahsulotlarning ishlab chiqarish almashuvchanligi, shuningdek, muqobil texnologiyalarning ham maksimal almashuvchan- ligi xususida ketayapti. Qisqasi, bu yerda ish barcha ishlab chiqarish omillarining – tabiiy resurslar, kapital, mehnatning – maksimal alma- shuvchanligiga borib taqaladi. Ana shular asosida muqobil chiqimlar at- roflicha to‘liq aniqlanadi va bu narsa baholarni shakllantirishda hisobga olinadi. Baholarni shakllantirishning XYuS tomonidan nazorat qilinadi- Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling