T. S. Malikov
Baholarni qimmatli shakllantirish
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Baholarni qimmatli shakllantirish baholarni shunday o‘rnatili-
shini taqozo etadiki, unga ko‘ra bu narsa XYuSning yuqori foyda olishini “baho/xarajatlar” qulay nisbatiga erishish hisobidan ta’minla- mog‘i kerak. Buning uchun, eng avvalo, tovar uchun sotib oluvchi qanday bahoni to‘lashga tayyor ekanligini bilmoq lozim. Albatta, turli 176 holatlarning ta’siri mavjud bo‘lganligi uchun uni aniqlash ancha murak- kab hisoblanadi. Tajribali sotib oluvchilar tovar uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan haqiqiy summalarini kamdan-kam hollardagina aytadilar. Ayniqsa, bu bilan firmalarni ta’minlovchi faoliyat bilan kasbiy shug‘ullanuvchilar alohida ajralib turadi. Agar o‘zlari xaridor bo‘layotgan tegishli tovarlar baholarining o‘zgarib turishi mumkinligini tushunsalar, ular faqat kerak- li tovarning haqiqiy bahosini yashiribgina qolmasdan, balki bu xususida ishlab chiqaruvchini ongli ravishda chalg‘itish usullarini ham qidirib topishga harakat qiladilar. Bunday vaziyatda ishlab chiqaruvchi marke- tologlarining iste’molchilar bilan aloqalari asosida qurilgan barcha urinishlari “tadbirkor” ta’minotchilar tomonidan ongli ravishda “tash- langan” dezinformatsiya orqali yo‘qqa chiqarilishi mumkin. Shuning uchun ham, bunday vaziyatda XYuS ta’minotchisi muta- xassisining asosiy vazifasi sotib oluvchilar to‘lashga tayyor bo‘lgan ba- hoda katta miqdordagi buyurtmalarni olmaslik bilan belgilanadi. XYuS marketologi va ta’minotchilarning o‘ziga xos bo‘lgan “san’ati” sotib oluvchilardan tovarning haqiqiy bahosini o‘zida iloji boricha ko‘proq aks ettirishi mumkin bo‘lgan bahoda to‘lashga ko‘proq tayyor ekan- liklariga erishish orqali ifodalanadi. Bir vaqtning o‘zida, firmaning yangi mahsulotini qanday bahoda sotib olishga tayyor ekanliklari xususida sotib oluvchilarga murojaat qilish xato hisoblanadi. Sotib oluvchilar bunday vaziyatda yangi tovarni yetarli darajada baholay olmaslikka va uning bahosini iloji boricha pasaytirishga harakat qilishlari tufayli ularning yuqoridagi savolga javoblari hamma vaqt ham amaliy aha- miyatga ega bo‘lavermaydi. Hayotda sotuvning haqiqiy bahosi marke- ting tadqiqotlarining natijalari bilan kamdan-kam hollardagina bir-biriga mos tushadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling