T. S. Malikov
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
nimani ko‘rsatsa”, deb xarakterlash qabul qilingan.
Bahoni zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlash asosida hi- soblash metodi ham ma’lum. Uning asosida zararsizlik grafigi yoki ku- tilayotgan foydani ta’minlashning tijoriy biznes-rejalashtirish yotadi. Ayri hollarda baho chiqariladigan tovarning unikalligi asosida o‘rna- tiladi. Bu yerda baho o‘rnatilayotgan paytda nafaqat ishlab chiqarish chiqimlari, balki tovarning sotib oluvchi uchun qadr-qimmati ham ino- batga olinadi. Ko‘pchilik hollarda baholar preyskurant baholar asosida aniqla- nadi. Bunday metodni amalga oshirish jarayonida savdolashish imko- niyati mavjud bo‘ladi. Individual sotib oluvchilar uchun buning ahami- yati kamroq bo‘lsada, ulgurji sotib oluvchilar uchun bu narsa katta aha- miyatga ega bo‘lib, baholarning umumiy darajasiga o‘z ta’sirini, albatta, ko‘rsatadi. Bahoni aniqlashning raqobat savdolari orqali metodi XyuSlar- ning pudrat uchun kurashuvi sharoitida qo‘llaniladi. Bunda XYuS raqo- 174 batchilarning kutilayotgan baho takliflarini hisobga oladi. U o‘zining oldiga shartnomani qo‘lga kiritishni maqsad qilib qo‘ygan ekan, boshqa raqobatchilarga nisbatan pastroq bo‘lgan bahoni so‘raydi. Bahoni o‘rnatish jarayonida faqat iqtisodiy momentlarni emas, bal- ki psixologik momentlarni ham inobatga olmoq lozim. Baholarni shakl- lantirish borasidagi davlatning tartibga keltiruvchi rolini, daromadlar- dan olinadigan soliqlar va yana ko‘p narsalarni ham unutmaslik kerak. Shuningdek, baholarni shakllantirishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, qishloq xo‘jaligida, baholarning, kamida quyidagi uch yo‘nalishi rivojlanadi: • markazlashtirilgan yo‘nalish (mahsulotlar muhim turlarining cheklangan doirasiga mo‘ljallangan); • ulgurji-shartnomaviy yo‘nalish (ishlab chiqarishga mo‘ljallan- gan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va iste’molchi XYuSlar o‘rtasida); • ishlab chiqaruvchilar va savdo o‘rtasidagi yo‘nalish (xalq iste’- moli, noiste’mol tovarlar va kooperatsiyaga tayyorlashlarga mo‘ljal- langan). Yuqoridagilardan tashqari, boshqa barcha tovarlarga va shuningdek, o‘z savdo tarmog‘i mahsulotlari uchun alohida xo‘jaliklar tomonidan bahoni mustaqil ravishda o‘rnatish hollari ham mavjud. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling