T.: Tmi, 2022 y. Taqrizchilar
Kurs ishini yozish tartibi
Download 255.51 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-ilovaga qarang ). Kurs ishini bayon etishdan oldin uning qisqacha izohi (Abstract, Аннотация
- MHXS
- 4-ilovaga qarang
Kurs ishini yozish tartibi Kurs ishining umumiy hajmi qo’l yozma (word matn muxarriri)da 25-30 varaq atrofida bo’lishi kerak. Kurs ishida qo’shimcha Ilovalar keltirilgan bo’lsa ko’rsatilgan hajmga kirmaydi. Titul varag’i belgilangan shakl bo’yicha rasmiylashtiriladi (3-ilovaga qarang). Kurs ishini bayon etishdan oldin uning qisqacha izohi (Abstract, Аннотация) bayon etiladi. Qisqacha izoh kurs ishining qisqacha mazmunini berishi kerak. Mazmunini tavsiflashi va asosiy so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Unda aniqlanmagan qisqartmalar bo‘lmasligi kerak. Qisqacha izoh 500 so‘zdan oshmasligi (450 dan kam bo‘lmasligi) kerak. Keyingi bosqichda kalit so’zlari (Key words) keltirib o’tilishi kerak. Kurs ishida tegishli ba’zi kalit so‘zlarni taqdim etilishi kerak. Kurs ishida 10-15 ta kalit so‘z bo‘lishi talab etiladi. Kurs ishi mavzusini yoritiahda mavzuga oid atama 3 martadan ko’p ishlatilgan atama kalit so’z xisoblanadi. Kurs ishda me’yoriy hujjatlar va orfografik qoidalar bo’yicha qabul qilingan shartli qisqartirishlar kiritishga ruxsat beriladi. Masalan: y.– yil, yy.– yillar, m.s.– ming so’m, mln. s. – million so’m, mak.– maksimal va boshqalar. Shuningdek keltirilgan qisqartmalar ro’yhati (agar matnda mavjud bo’lsa) quyidagicha rasmiylashtirilishi kerak. MHXS-Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari. IAS- International Accounting System Kurs ishida ba’zi so’z birikmalari qayta-qayta kelishi ko’zda tutilsa, ushbu so’z birikmalarini birinchi yozilishida to’liq yozib, so’z birikmasi tugashi bilan qavs ochib, ushbu so’z birikmasini qisqartma ko’rinishini keltirish kerak. So’ng, ushbu so’z birikmasi qaytarilsa, qisqartma ko’rinishini yozish mumkin. Mundarija kurs ishi tuzilishini belgilab beruvchi qism bo’lib, kurs ishini boshlanish qismida keltiriladi va unda kurs ishi tarkibida bo’lishi lozim bo’lgan qismlar, ya’ni kalit so’zlar, annotasiya, asosiy qism savollari, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, xulosa va ilovalar ko’rsatiladi. 10 Masalan, talaba “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari asosida konsolidatsiyalashgan hisob va hisobotni tashkil etish” mavzusida kurs ishi tanladi. Talaba mavzu bo’yicha savollarni tuzish uchun avvalo unga mos adabiyotlarni o’rganishi kerak. Misol uchun, ushbu mavzu bo’yicha quyidagicha kurs ishi mavzusi savollari tuzilishi mumkin (4-ilovaga qarang). Tuzilgan kurs ishi mavzusi savollari bo’yicha kurs ishini yozish tartibi tushuntirib beriladi. Kurs ishi yozish davomida kurs ishi mavzusining dolzarbligi asoslanadi, izlanishning maqsadi va vazifalari, hamda mavzuning ahamiyati va mohiyatiga to’xtaladi. Shu bilan birga, kurs ishi yozish uchun asos bo’lgan amaliy ma’lumotlar manbalari aks ettiriladi. Mavzuning dolzarbligini yoritish barcha ilmiy ishlarda majburiy talabdir. Muallif mavzuni tanlagan ekan, uning ilmiy salohiyati va kasbiy tayyorgarligi, albatta, bu mavzuni ma’nosini tushunib yetishi va uni zamon talabiga mosligi hamda ijtimoiy muhimligini baholay olishi kerak. Dolzarblikni yoritishda asossiz gaplar yozilmasligi kerak. Mavzu dolzarbligining asosiy omillarini to’liq bir sahifada ko’rsatish yetarli bo’ladi. Mavzuning dolzarbligini asoslashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan, ma’ruzalaridan va yetuk iqtisodchi olimlar asarlaridan mavzuga Kurs ishini yozish tavsifi Kurs ishi mavzusining ahamiyati asoslari va uning tuzilmasi Kurs ishi mavzusi doirasidagi muammolar va maqsadi Kirish 11 tegishli bo’lgan fikrlarni keltirish zarur. Shuningdek, tadqiqotning uslubiy ko’rsatmasi kirish qismidagi muhim elementlardan biri bo’lib, amaliy materiallarni tahlil qilishda va ishning asosiy maqsadini ochib berishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mahalliy va xorijiy olimlarning ushbu mavzu bo’yicha olib borgan ishlarini ko’rsatish kerak. Asosiy qism bir nechta savollardan iborat bo’lib, bunda asosan ushbu mavzuni asosiy mohiyati to’liq va batafsil ochib beriladi. Download 255.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling