T.: Tmi, 2022 y. Taqrizchilar
rasm. Bosh korxona rahbarligidagi sub’ektlar guruhining hisobot
Download 255.51 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi uslubiy qo\'llanma
1 rasm. Bosh korxona rahbarligidagi sub’ektlar guruhining hisobot
ma’lumotlarini birlashtirish jarayoni 1 Korxonada hisob yuritishning alohida yo‘nalishlari sifatida moliyaviy, boshqaruv va soliq xisob tizimi mavjud va korxona hisob siyosatida operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha tartib qoidalar belgilanadi. Shu o‘rinda ularning umumlashgan hisobini shakllantirishda yana bir jarayon konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisob va hisobot tizimni qayd etishimiz mumkin. 1 Муаллиф томонидан тузилган корхонанинг молиявий, бошқарув, солиқ ҳисоби Дастлабки босқич Асосий босқич Якуний босқич бош корхона консолидациялашган ҳисобот 35 3. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari asosida konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzishning o’ziga xos jihatlari Bosh korxona tarkibidagi korxonalarda konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzishda hisob siyosatida uning asosiy tamoyillarini belgilab olish maqsadga muvofiq. Tamoyillarning belgilab olinishi ishonchli konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash qoidalarini o‘zida mujassam etadi. Bunday tamoyillar sifatida yagona hisob siyosati, yagona valyuta asosida hisobni yuritish, guruhlashgan sub’ektlarning bosh kompaniyaga birlashuvi, hisobotni taqdim etish kabilarni belgilab oldik. Yagonalashgan hisob siyosati tamoyili – aktivlar, majburiyatlar va sub’ekt operatsiyalarini amlga oshirishda bir xil hisob usullarini qo‘llash. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot bosh kompaniya hisobot sanasida tuzilishini ta’minlash. Hisobot sanalarida nomuvofiqlik bo‘lsa, sho‘ba korxona bosh korxona hisobot sanasi holatiga qo‘shimcha moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlashi lozim. Kompaniya foydalanuvchilariga taqdim etayotgan barcha hisobot ma’lumotlari ma’lum bir valyutada bo‘lishi kerak. Konsolidatsiyalash jarayoni amalga oshirilish sanasida barcha valyuta birliklari yagona valyuta birligiga aylantiriladi. Balans valyuta moddalariga hisobot davri oxiridagi rasmiy valyuta kursi qo‘llaniladi. Ya’ni mamlakatda amal qilinuvchi valyuta kursiga nisbatan belgilangan stavka asosida, masalan Markaziy bank kursi so‘mga nisbatan Guruhlashgan sub’ektlarning bosh kompaniyaga birlashuvi bunda hisobot bosh kompaniya tarkibidagi barcha korxonalar uchun umumlashgan holda tuziladi. Bunday hisobotlarni tuzish uchun sho‘ba korxonalarning qator moddalari bosh kompaniyaning qator moddalari bilan umumlashtiriladi. 36 Hisobotni taqdim etish tamoyilida bosh kompaniya ilova, tushuntirish xatlarida qo‘shimcha ma’lumotlarni keltirgan holda hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarga taqdim etadilar. Yuqorida ham qayd etilganidek, Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobni yuritish va hisobotni tuzishda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda moliyaviy hisobot xalqaro standartlarida tartib qoidalar beliglangan to‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlab beradi. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarida mazkur jarayon bir qator standartlar jumladan, IAS 27 “Alohida moliyaviy hisobotlar”, IFRS 10 “Jamlangan (konsolidatsiyalashgan) moliyaviy hisobotlar”, IFRS 3 “Biznes birlashuvlari”, IFRS 11 “Birgalikdagi faoliyat bo‘yicha kelishuvlar”, IFRS 12 “Boshqa tadbirkorlik sub’ektlarida ishtirok etish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochib berish”, va IAS 28 “Qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi va qo‘shma korxonalardagi investitsiyalar” kabi standartlar bilan tartibga solinadi. Download 255.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling