T.: Tmi, 2022 y. Taqrizchilar
Download 255.51 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi uslubiy qo\'llanma
33 2.Konsolidasiyalashgan hisobni tashkil etishda xalqaro tajriba Har bir mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining tarkibiy qismida xolding kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, transmilliy korporatsiyalar va yirik kompaniyalarning o‘rni beqiyosdir. Bu yo‘nalishda kompaniyalarni faoliyatini tashkillashtirishda kompaniyalar iqtisodiy jihatdan bir kompaniyaga yoki bir yo‘nalishdagi moliya guruhlariga ko‘ra birlashadilar va bunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar guruhining bosh korxona nazorati ostida birlashuvi yuz bersa, konosolidatsiyalashgan hisob va hisobotni amalga oshiradilar. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tuzishning asosiy maqsadi bosh kompaniya tarkibidagi sub’ektlarning umumlashgan korporatsiya faoliyati natijalarini va moliyaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘lig‘icha ochib berishdan iboratdir. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot moddalari kompaniyalar guruhining moliyaviy holati, amalga oshirilgan operatsiyalar va moliyaviy natijalar o‘zgarishga oid axborotga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida shakllantiriladi. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarni tuzishda yagonalashgan hisob siyosatini qo‘llash jarayonning ajralmas qismidir. Agar konsolidatsiyalangan hisobotlarni tayyorlashda yagona hisob siyosatini qo‘llashning imkoniyati bo‘lmasa, bu holat boshqa hisob siyosati qo‘llanilgan hisobotning qismlari bo‘yicha yoritib berilishi lozim. Mutanosib holda tuzilmagan hisob siyosatining majud bo‘lmasligi keyinchalik hisobot moddalari ma’lumotlarini birlashtirishda shaffof xususiyatga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni shakllantirishga olib kelishi mumkin. O‘rganishlar davomida, bosh korxona rahbarligidagi sub’ektlar guruhining hisobot ma’luotlarini birlashtirish jarayonini uch bosqichga bo‘lishimiz maqsadga muvofiq; dastlabki, asosiy va yakuniy bosqichlar. Birinchi bosqichda bosh kompaniya krakli ko‘rsatkichlar ma’lumotlarini yig‘adi konsalidatsiyalashning yagonalik tamoyillari asosida ularni birlashtiradi. Ikkinchi bosqichda konsolidatsiya jarayoni ya’ni konsolidatsiyangan hisobot shakllantiriladi. Uchinchi bosqich yakuniy bosqich, ya’ni bosh kompaniya ilova, tushuntirish xatlarida qo‘shimcha ma’lumotlarni ma’lum qiladi va 34 konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning yakuniy bosqichini amalga oshiradi va taqdim qiladi.(1-rasm) Download 255.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling