T.: Tmi, 2022 y. Taqrizchilar
Download 255.51 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar sharhi
30 1. Konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzishda axborot manbalari Dunyoda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan barcha aksiyadorlik kompaniyalari, transmilliy korporatsiyalar va yirik kompaniyalar o‘zlarining sho‘ba va boshqa bog‘liq kompaniyalari bilan birgalikda MHXSlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni ixtiyoriylik asosda tuzmoqdalar. Xalqaro tajribadan kelib chiqib ta’kidlashimiz joizki, korxonalarni samarali boshqarishda yirik guruhlarga birlashtirgan holda tuzish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda konsolidatsiyalashgan hisobni yuritish maqsadga muvofiqdir. Aynan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro tartib va talablardan kelib chiqib shakllanishi iqtisodiy sub’ektlar bir-biri bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishda o‘z sheriklarning moliyaviy holatini yaxshi bilishlari va samarali boshqaruvni amalga imkonini beradi. Adabiyotlar sharhi Rivojlangan mamlakatlar tajribasini kuzatar ekanmiz konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishda nazariy ilmiy g‘oyalar va fikrlar ilgari surilgan. Shuni ham qayd etish joizki, bu borada amaliy jihatlarning amaliyotda qo‘llanilishi borasida turli mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib sezilarli farqlar mavjud. Jumladan, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish uning nazariy hamda amaliy jihatlarini respublikamiz iqtisodchi olimlar tomonidan ham o‘rganilgan va bu xususida turli yondoshuvlar mavjud. Xususan respublikamiz iqtisodchi olimlaridan I.N.Qo‘ziev va I.Avezovning fikricha “Konsoldatsiyalashgan hisobot - bosh, sho‘ba, hamkorlikda nazorat qilinadigan va sho‘ba jamiyatlarda tuzilgan hisobotlarning ma’lumotlarini o‘zida aks ettiradi. Buning ustiga hisobot mulk va moliyaviy ahvol, shuningdek, faoliyat natijalari kompaniyalar bosh va sho‘ba korxonalari guruhi bir butun holda ko‘rinishi uchun tuzilishi kerak”deya ta’kidlab o‘tganlar. [1] I Ochilov tomonidan sug‘urta kompaniyalaraida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tizimi o‘rganilib jumladan shunday Sug‘urta kompaniyasiga 31 agar konsolidatsiya qilingan moliyaviy hisobot va bosh kompaniyaning alohida moliyaviy hisoboti taqdim etilsa, segment to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat konsolidatsiya qilingan moliyaviy hisobot asosida taqdim etilishi kerak. Shuningdek, ..... konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot faqat bosh jamiyatda (asosiy kompaniyada), ular mulkchilik turidan va bosh jamiyatning tashkiliy- huquqiy shaklidan qat’iy nazar nazorat qilinadigan sho‘ba korxonalar mavjud bo‘lgandagina tuziladi. [2] Xorijlik ko‘plab olimlarning fikriga ko‘ra, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot bosh va qaram korxonalar faoliyatini olib borishda yagonalashgan hisob va hisobotni yuritish va taqdim etishdir.Jumladan, Rus iqtisodchi olimi Yu. I. Sigidov iqtisodiy mohiyati jihatidan ta’kidlanganda, konsolidatsiya orqali bir nechta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni birlashtirish mumkin.[3] V S Plotnikov va O V Plotnikovalar korxonalarni birlashtirish, biznes jarayonlarini hisobga olish yagonalashgan hisobni tashkil etishda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisob va hisobotni tuzishda uning konseptual asoslarini shakllantirishni talab etadi. [4] D.V.Isaev, T.K.Kravchenkolar Konsolidatsiya nazariyasining asosiy tushunchasi korxonalar guruhlashuvidir. Guruhda alohida faoliyat yo‘nalishlari va alohida biznes sohalarida faoliyat yurituvchi korxonalar yagona bitta kompaniya sifatida birlashtirilmaydi lekin, guruhlar tarkibida bir nechta korxonalar faoliyati amalga oshiriladi, xuquqiy jihatdan ularning har biri mustaqil faoliyat olib boradi [5] deya ta’kidlaydi. Bizning fikrimizcha, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot guruhlashgan moliyaviy hisobot bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari bosh korxona tomonidan yagona moliyaviy hisobot sifatida taqdim etiladi. Bunda kompaniyalar tomonidan bosh korxonaga taqdim etilgan hisobotlar umumlashtiriladi. 32 Kurs ishini yoritish jarayonida iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishning ilmiy usullari nazariy, tadqiqot, umumlashtirish, guruhlashtirish, so’rovnomr o’tkazish qiyosiy tahlil usullardan foydalanilgan Download 255.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling