T.: Tmi, 2022 y. Taqrizchilar


Download 255.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana18.06.2023
Hajmi255.51 Kb.
#1558856
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
kurs ishi uslubiy qo\'llanma



 



Tuzuvchilar: Imamova N.M., KURS ISHI YOZISH BO’YICHA USLUBIY 
KOʻRSATMA (60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi uchun) – 
T.: TMI, 2022 y. 
 
 
Taqrizchilar:
Rizaev 
N.K. O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya 
akademiyasi “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri, professor
Karimov A.A. TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi 
professori.
Mazkur uslubiy ko’rsatma “Buxgalteriya hisobi va audit”
mutaxassisligi 
talabalari tomonidan kurs ishini tayyorlash va himoya qilish jarayonida uslubiy 
jihatdan yordam beradi. Davlat ta’lim standartlarida bakalavr bosqichi talabalari 
“Buxgalteriya hisobi” mutaxassisligi fanlari bo’yicha talab etilgan bilimlarga ega 
bo’lish va kasbiy vazifani bajarishni nazariy o’rganish maqsadida kurs ishi yozishi 
belgilangan. Uslubiy ko’rsatmada kurs ishi mavzularini tanlash, adabiyotlar bilan 
tanishish, kurs ishini yozish, ularni rasmiylashtirish, himoya qilish jarayonlari 
batafsil bayon etilgan.  



Umumiy uslubiy ko’rsatmalar 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr', PF-5847-son 
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
Konsepsiyasi”, 2022-yil 28-yanvar 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan YangI 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni, 2017 
yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli 
mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining 
ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-3151-son Qarori 
hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va 
ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol 
ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-
sonli Qarorlarining asosiy qoidalariga muvofiq va o‘quv rejalari dasturlarida 
belgilangan hamda buxgalteriya hisobini chuqur o‘rgatishni nazarda tutgan holda 
mazkur uslubiy qo’llanma ishlab chiqilgan. 
Bugungi kunda mamlakatimizda xisob tizimida olib borilayotga islohotlar 
professional oʻz ishiga ijodiy yondasha oladigan, tashabbuskor, buxgalter kadrlarni 
shakilantirishni taqazo etadi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buхgаltеriya hisоbining o‘rni va ahamiyati, 
buxgalteriya hisobi usullari va tamoyillari, hujjatlashtirish va inventarizasiya 
mjarayonlarini tashkil etish, buxgalteriya hisobining xujjatlashtirish jarayonlari
buxgalteriya balansi, pul mablag‘lari hisobi, mehnat va ish haqini hisobga olish, 
tovar-moddiy zahiralar hisobi, investitsiyalar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlar hisobi, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot 
tannarxi hisobi, byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish, tayyor mahsulot va 
uning sotilishini hisobga olish, xususiy kapital hisobi, moliyaviy natijalar hisobi, 
hisobotlarni tuzish va taqdim etish, uning me'yoriy tartibga solinishi, daromadlar 
va xarajatlarni hisobga olish, korxona foyda va zararlarini aniqlash kabi 
jarayonlarni moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga mos hisob tizimini yuritish 



hozirgi kunda buxgalteriya hisobining rivojlanish tendensiyasi ustuvor vazifalarida 
bir qator masalalarini qamraydi.
Jumladan, talabalarning moliyaviy hisobot xalqaro standartlari, buxgalteriya 
hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi kabi fanlarini chuqur o‘rganishi xo‘jalik 
sub’yektlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va oqilona yuritish uchun zamin 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi talabalari 
davlat ta’lim standartlari talablari asosida yo’nalish fanlaridan kurs ishi 
tayyorlashlari va himoya qilishlari ko’zda tutilgan. Oliy ta’lim muassasalarida fan 
yonalishlari bo’yicha kurs ishi yozish bitiruv malakaviy ishini bajarishdan oldingi 
muhim bir tayyorlanish bosqichlaridan biridir. Kurs ishi yozishdan maqsad 
quyidagilardan iborat:
– talabalarning buxgalteriya hisobi tizimini o’rganishi uchun me’yoriy-
huquqiy hujjatlar, ilmiy va o’quv adabiyotlarni izlab topishi, o’rganib chiqish 
hamda ularni jamlab xulosa qilish;
– mustaqil ta’lim olish faoliyatini faollashtirish;
– amaliy materiallarni iqtisodiy tahlil qilish va ularga ilmiy xulosa berish 
borasidagi malakasini oshirish;
– kichik tadqiqotlar o’tkazish 
– faktlar asosida to’g’ri xulosa chiqarishni o’rganish;
– dolzarb mavzularga ta’lluqli yangiliklar, adabiyotlar va manbalardan 
foydalanish;
– ilmiy malakaviy ishlarni yozishga tayyorlash.
Bakalavr mutaxassisligi talabalari fanlar bo’yicha egallagan bilim va 
ko’nikmalarini, mavzular doirasida ularda shakllangan mustaqil fikr 
mulohazalarini bildirish hamda tanlagan mavzusi bo’yicha nazariy jihatdan 
asoslangan xulosani bayon etishi maqsadida kurs ishlarini yozishi va 
muvaffaqiyatli himoya qilishlari belgilangan. Talabalar tomonidan kurs ishlarini 
yozish va muvaffaqiyatli himoya qilish bu o’tilgan fanlardan egallagan bilim 
darajalarini namoyon etish shakllaridan biri hisoblanib, kurs ishini yozish 



davomida talabalar o’zlari egallagan nazariy va amaliy bilimlarini oshirish, 
tanlagan sohasi bo’yicha amaliyotda erishilayotgan tajribalar bilan tanishish, 
shuningdek, bitiruv malakaviy ishlarini yozishga tayyorgarlik ko’rish uchun 
dasturul amal bo’lib xizmat qilishi mumkin. Talaba tomonidan kurs ishini yozish 
va maxsus belgilangan komissiya a’zolari oldida himoya qilish jarayoni quyidagi 
bosqichlarga bo’linadi:

Download 255.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling