T.: Tmi, 2022 y. Taqrizchilar


Kurs ishini yozish tartibi


Download 255.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana18.06.2023
Hajmi255.51 Kb.
#1558856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
kurs ishi uslubiy qo\'llanma

 
Kurs ishini yozish tartibi 
Kurs ishining umumiy hajmi qo’l yozma (word matn muxarriri)da 25-30 
varaq atrofida bo’lishi kerak. Kurs ishida qo’shimcha Ilovalar keltirilgan bo’lsa 
ko’rsatilgan hajmga kirmaydi. Titul varag’i belgilangan shakl bo’yicha 
rasmiylashtiriladi (3-ilovaga qarang).
Kurs ishini bayon etishdan oldin uning qisqacha izohi (Abstract, 
Аннотация) bayon etiladi.
Qisqacha izoh kurs ishining qisqacha mazmunini 
berishi kerak. Mazmunini tavsiflashi va asosiy so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. 
Unda aniqlanmagan qisqartmalar bo‘lmasligi kerak. Qisqacha izoh 500 so‘zdan 
oshmasligi (450 dan kam bo‘lmasligi) kerak. 
Keyingi bosqichda kalit so’zlari (Key words) keltirib o’tilishi kerak.
Kurs 
ishida tegishli ba’zi kalit so‘zlarni taqdim etilishi kerak. Kurs ishida 10-15 ta kalit 
so‘z bo‘lishi talab etiladi. Kurs ishi mavzusini yoritiahda mavzuga oid atama 3 
martadan ko’p ishlatilgan atama kalit so’z xisoblanadi. 
Kurs ishda me’yoriy hujjatlar va orfografik qoidalar bo’yicha qabul qilingan 
shartli qisqartirishlar kiritishga ruxsat beriladi. Masalan: y.– yil, yy.– yillar, m.s.– 
ming so’m, mln. s. – million so’m, mak.– maksimal va boshqalar. Shuningdek 
keltirilgan qisqartmalar ro’yhati (agar matnda mavjud bo’lsa) quyidagicha 
rasmiylashtirilishi kerak. MHXS-Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari. IAS-
International Accounting System 
Kurs ishida ba’zi so’z birikmalari qayta-qayta kelishi ko’zda tutilsa, ushbu 
so’z birikmalarini birinchi yozilishida to’liq yozib, so’z birikmasi tugashi bilan 
qavs ochib, ushbu so’z birikmasini qisqartma ko’rinishini keltirish kerak. So’ng, 
ushbu so’z birikmasi qaytarilsa, qisqartma ko’rinishini yozish mumkin.
Mundarija kurs ishi tuzilishini belgilab beruvchi qism bo’lib, kurs ishini 
boshlanish qismida keltiriladi va unda kurs ishi tarkibida bo’lishi lozim bo’lgan 
qismlar, ya’ni kalit so’zlar, annotasiya, asosiy qism savollari, foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxati, xulosa va ilovalar ko’rsatiladi.


10 
Masalan, talaba “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari asosida 
konsolidatsiyalashgan hisob va hisobotni tashkil etish” mavzusida kurs ishi 
tanladi.
Talaba mavzu bo’yicha savollarni tuzish uchun avvalo unga mos 
adabiyotlarni o’rganishi kerak. Misol uchun, ushbu mavzu bo’yicha quyidagicha 
kurs ishi mavzusi savollari tuzilishi mumkin (4-ilovaga qarang).
Tuzilgan kurs ishi mavzusi savollari bo’yicha kurs ishini yozish tartibi 
tushuntirib beriladi. Kurs ishi yozish davomida kurs ishi mavzusining dolzarbligi 
asoslanadi, izlanishning maqsadi va vazifalari, hamda mavzuning ahamiyati va 
mohiyatiga to’xtaladi. Shu bilan birga, kurs ishi yozish uchun asos bo’lgan amaliy 
ma’lumotlar manbalari aks ettiriladi.
Mavzuning dolzarbligini yoritish barcha ilmiy ishlarda majburiy talabdir. 
Muallif mavzuni tanlagan ekan, uning ilmiy salohiyati va kasbiy tayyorgarligi, 
albatta, bu mavzuni ma’nosini tushunib yetishi va uni zamon talabiga mosligi 
hamda ijtimoiy muhimligini baholay olishi kerak. Dolzarblikni yoritishda asossiz 
gaplar yozilmasligi kerak. Mavzu dolzarbligining asosiy omillarini to’liq bir 
sahifada ko’rsatish yetarli bo’ladi.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
asarlaridan, ma’ruzalaridan va yetuk iqtisodchi olimlar asarlaridan mavzuga 
Kurs ishini yozish 
tavsifi 
Kurs ishi 
mavzusining 
ahamiyati asoslari 
va uning tuzilmasi
Kurs ishi mavzusi 
doirasidagi muammolar va 
maqsadi 
Kirish 


11 
tegishli bo’lgan fikrlarni keltirish zarur. Shuningdek, tadqiqotning uslubiy 
ko’rsatmasi kirish qismidagi muhim elementlardan biri bo’lib, amaliy materiallarni 
tahlil qilishda va ishning asosiy maqsadini ochib berishga xizmat qiladi. Shu bilan 
birga, mahalliy va xorijiy olimlarning ushbu mavzu bo’yicha olib borgan ishlarini 
ko’rsatish kerak. Asosiy qism bir nechta savollardan iborat bo’lib, bunda asosan 
ushbu mavzuni asosiy mohiyati to’liq va batafsil ochib beriladi.

Download 255.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling