T.: Tmi, 2022 y. Taqrizchilar
Download 255.51 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi uslubiy qo\'llanma
O‘rganishlar davomida ta’kidlashimiz joizki, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni shakllantirishda asosan bosh va sho‘ba kompaniyalar hisobotlaridagi ma’lumotlarni birlashtirish amalga oshiriladi. Ammo bu jarayonda aktiv, majburiyatlar, kapital, daromad va xarajatlar bilan bog‘liq hisobot ma’lumotlarini birlashtirish bilan cheklanmaydi. Konsolidatsiyalash jarayoni maxsus xisob-kitoblarni ham talab etadi va bir nechta bosqichli konsolidatsiyalash (consolidation schedule)ni o‘z ichiga oladi. Shuningdek konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishda biznes birlashuvi (business combination) ya’ni sho‘ba korxonalarning bosh korxona nazoratiga o‘tish jihatlari ham alohida ahamiyatga ega. IFRS 3 Biznes birlashuvlari nomli MHXSga ko‘ra, “biznes birlashuvi (business combination) sotib oluvchi bir yoki undan ortiq bizneslar ustidan nazoratga ega bo‘ladigan operatsiya yoki boshqa hodisadir biznes 38 birlashuvlari hisoblanadi”[] deya ta’rif beriladi. Mazkur standartga muvofiq biznes birlashuvi (business combination) ikkita holat bo‘yicha amalga oshiriladi. Birinchi holat sotib olish (acquisition) bu holatda sotib oluvchi biznes birlashuvida nazoratga ega bo‘ladi. Korxona manfaatlarini birlashtirish (merger) bunda nazorat tomonlar manfaatlariga ko‘ra birgalikda amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga muvofiq konsolidatsiyalashni quyidagi asosiy guruhlarga ajratib olishimiz mumkin. Ya’ni to‘liq konsolidatsiyalash, mutanosib konsolidatsiyalash va ulush bo‘yicha hisobga olish usuli. 2-rasm. MHXSga muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni shakllanish usullari 3 To‘liq konsolidatsiyalash usulida bosh tashkilot va uning shu’ba tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalga oshiriladi. Mutanosib konsolidatsiyalash to‘liq konsolidatsiyadan farq qiladi aktivlarga nisbatan asosan amalga oshiriladi. Asosan qo‘shma faoliyat hisobotlarin birlashtirishda qo‘llaniladi. Kapitaldagi ulushlar investor egaligidagi tadbirkorlik sub’ektilarning egalik ulushlarini va 3 МҲХС маълумотлари асосида муаллиф томонидан тайёрланди. МҲХСга мувофиқ консолидациялашган молиявий ҳисоботни шаклланиш усуллари тўлиқ консолидация (entity method) мутаносиб консолидация(pro portional consolidation) капиталдаги улушлар (equity method) бош ташкилот ва унинг шуъба тадбиркорлик субъектларига нисбатан қўлланилади Қўшма фаолият ҳисоботларини бирлаштиришда қўлланилади Бизнес бирлашувида қўлланилади 39 o‘zaro tadbirkorlik sub’ektlarining mulk egasining, a’zosining yoki ishtirokchisining ulushlarini anglatish uchun keng ma’noda qo‘llaniladi. Bunda asosan investorning ulushi nazarda tutiladi investitsiya ob’ektining sof aktivlari balansda alohida satr, ulush sifatida aks ettiriladi. Download 255.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling