T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket
Download 180.21 Kb.
|
Xudayshukurov T. Biznes - etiket
Biznes va mehmondo’stlikMehmondo’stlik va uning biznesmenlar uchun ahamiyati Mehmondo’stlik biznes faoliyatining asosiy elementlaridan biri bo’lib, biznes aloqalari mustahkamlanishining va biznesmen ishi tez bitish garovi hisoblanadi. Bunday deyishning boisi shundaki, birinchidan, aksariyat biznes masalalari bugungi kunda ovqatlanish stoli atrofida hal qilinadi; ikkinchidan, hamkorlar bilan tanishishda, bitimlar tuzilgandan keyin yoki tuzilish arafasida hamda hamkorlar xayrlashishida ovqatlanish stoli atrofida uchrashiladi. Bundan tashqari o’zbeklarning “Yegan og’iz uyalar” degan dono gapi bor. Bu degani biznesmenni mehmon qilgan korxonadan kelgan kishilarni javob tariqasida mehmon qilish kerak degan ma’noni bildiradi. Mehmondo’stlik ba’zi bir millatlarga xos asosiy xususiyatlardan biri hisoblanadi. O’zbeklar ana shunday xalqar turkumiga kiradi. Bunday millatlar vakili bo’lgan biznesmenlar o’zlarining faoliyatiga aloqador bo’lgan kishilarni hyech qanday sababsiz ham mehmonga taklif qilishadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki, mehmondo’stlik qilish sabablari juda ham ko’p va biznesmen faoliyatiga xos xususiyatlardan biri hisoblanadi, chunki mehmondo’stlik qilishning biznesmenlar uchun ahamiyati juda ham katta: birinchidan, ovqatlanish davrida bo’lajak hamkorlar bir–birlarining fe’l–atvorlarini, muomala qilish uslubini o’rganishadi; ikkinchidan, bo’lajak hamkorlar o’rtasida shaxsiy aloqalarning mustahkamlanishiga imkon beradi; uchinchidan, bir– birlarining tashqi ko’rinishiga, stol atrofida o’tirishiga va o’zini tutishiga, ovqatlanishiga, muomala qilishiga va yurish – turishiga qarab bo’lajak hamkor mansub bo’lgan millatning va biznesmenning madaniyati to’g’risida ma’lum bir fikrlar shakllanadi va ular kelajakda hamkorlik ishlarini olib borishda fundament bo’lib xizmat qiladi. Rus xalqining “Ovqatlandi va yuragi yumshadi” degan ajoyib bir maqoli bor, chunki yaxshi kampaniyada ovqatlanishda odam bahra oladi, ko’ngli yoyiladi, bir–birlariga bo’lgan izzat–hurmati oshadi, bir–birlariga ishonch paydo bo’ladi, uning natijasida dil yumshaydi. Shu sababdan ham hamkorlik masalalari tez yechiladi. Agar siz mehmondo’stlik davrida bo’lajak hamkorlaringiz va o’rtoqlaringizda o’zingiz, millatingiz hamda davlatingiz madaniyati to’g’risida ijobiy taassurot qoldirmoqchi bo’lsangiz mehmondo’stlik qoidalarini yaxshi bilishlaringiz shart. Mehmondo’stlikning etik poydevorini mehmonlarni mansabiga, jinsiga va yoshiga qarab ovqatlanish stoli atrofida o’tirg’izish, stol atrofida o’zini tutish, taomni bevosita iste’mol qilish, taom iste’mol qilish instrumentlaridan va salfetkalardan foydalanish hamda mehmonlarga xizmat ko’rsatish qoidalari tashkil qiladi. Ushbu bobning kelgusi bandlarida ko’rsatilgan qoidalarning asosiylari ko’rib chiqiladi. Download 180.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling