T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket
Umumiy idishlarda berilgan gazak va mahsulotlarni iste’mol qilish qoidalari
Download 180.21 Kb.
|
Xudayshukurov T. Biznes - etiket
Umumiy idishlarda berilgan gazak va mahsulotlarni iste’mol qilish qoidalariBundan oldingi bandda har bir odam oldiga qo’yilgan taom, issiq va sovuq ichimliklarni iste’mol qilishning umumiy qoidalari ko’rib chiqildi. Lekin tanish kishilar bilan birga restoranlarga ovqatlanish uchun borganda va uy sharoitida tashkil qilingan ziyofatlarda aksariyat gazak va mahsulotlar 4 – 6 kishiga mo’ljallanib umumiy idishlarda stol ustiga qo’yiladi. Ushbu bandda umumiy qo’yilgan gazak va mahsulotlarni olib yeyishning asosiy qoidalari qo’rib chiqiladi. Umumiy berilgan gazak va tayyor mahsulotlarning aksariyatiga ularni olish uchun umumiy instrumentlar beriladi. Umumiy instrument berilgan taom va gazaklarni bevosita umumiy idishlardan iste’mol qilish mumkin emas. Umumiy idishlardan mahsulotlarni umumiy instrumentlar yordamida har bir kishi o’ziga qarashli laganga oladi va keyingina individual instrumentlar yordamida iste’mol qiladi. Umumiy instrumentlar berilmagan mahsulot shaxsiy lagan va likoplarga qo’l yordamida olinadi. Umumiy idishlardan shaxsiy idishlarga qo’l yoki umumiy instrumentlar yordamida olish mahsulotlarning turiga bog’liq bo’ladi. Masalan, nok va olma kabilar umumiy idishdan qo’l bilan olinadi, lekin uni har bir kishi kichik bo’lakchalarga o’zining idishi ustida bo’lib, keyin iste’mol qiladi. Sharqona etiket qoidalariga ko’ra non, umuman hamma mahsulotlar, faqat o’ng qo’l bilan olinadi; xuddi shuningdek, umumiy idishda berilgan katta o’lchamli buterbrodlar ham shaxsiy idishlarga qo’l bilan olinadi va kichik bo’lakchalarga shaxsiy pichoq bilan bo’linib, qo’l bilan ushlab iste’mol qilinadi; buterbrodlarga maxsus umumiy kurakcha ham berilishi mumkin. Umumiy idishda berilgan salat va pashtetlar ham umumiy instrumentlardan foydalanib xo’randaning individual idishiga olinadi va keyin individual instrumentlar (sanchqi, pichoq) yordamida iste’mol qilinadi. Xuddi shuningdek, umumiy laganda kesib berilgan kolbasalar ham umumiy sanchqi yordamida iste’molchi tarelkasiga olingandan keyin, shaxsiy likopchada o’zining sanchqisi va pichog’i yordamida kesilib, non bo’lakchalari ustiga qo’yilib iste’mol qilinadi. Ba’zi bir paytlarda tayyor buterbrod o’rniga umumiy idishlarda alohida sariyog’, ikra va non beriladi. Bunday holda buterbrodni xo’randaning o’zi tayyorlaydi. Uning uchun shaxsiy tarelkalarga sariyog’, ikra umumiy idishlardan ularga berilgan umumiy pichoqlar yordamida, non esa qo’l bilan olinadi. Shaxsiy tarelkalarda xo’randalar o’zining pichog’i yordamida yog’ va ikrani nonning yostiga surtib buterbrod tayyorlashadi. Tayyor buterbrod shaxsiy pichoq bilan kichik bo’lakchalarga kesilib qo’l yoki shaxsiy sanchqi yordamida iste’mol qilinadi. Kattaroq bo’lakchalarga kesilgan va ustidan sardoq quyilgan dudlangan baliq, keta va semga kabi dudlangan baliq go’shtlari ham umumiy idishlardan xo’randalar shaxsiy laganlariga umumiy instrumentlar (maxsus kurakcha, sanchqi) yordamida olinadi va keyin shaxsiy laganlar ustida kichik bo’lakchalarga bo’linadi. Amaldagi xalqaro etiket qoidalariga ko’ra, ular kichik bo’lakchalarga pichoq yordamida emas, shaxsiy sanchqilar yordamida maydalanadi. Xo’l sabzavot, meva va ko’katlar vitaminlarning asosiy manbai ekanligi hisobga olinib, oxirgi yillarda ularni maydalamasdan yuvib, umumiy idishlarda stol ustiga qo’yish qoidasi shakllangan. Xo’l meva, sabzavot va ko’katlar ham shaxsiy tarelkalarga qo’l yordamida olinadi. Sabzavotlar va mevalar shaxsiy laganchalarda kesilib, bo’lakchalarga bo’lingandan keyin sanchqi yordamida, ko’katlar esa maydalanmasdan qo’l bilan olib iste’mol qilinadi. Shuningdek, murabbo, povidlo, jem kabi shirinliklar ham umumiy idishdan shaxsiy likopchaga umumiy pichoq bilan olinadi va keyin shaxsiy pichoq yordamida kesilgan non bo’lakchalari ustiga surtilib, qo’l bilan ushlab iste’mol qilinadi. Download 180.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling