T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket
Download 180.21 Kb.
|
Xudayshukurov T. Biznes - etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ho’l mevalarni iste’mol qilish qoidalari
Tayanch iboralar:umumiy idish va instrument; non; buterbrod; salat; pashet; ikra; sariyog’; sardoqli baliq; keta va semga; ho’l sabzavot va mevalar; murabbo, povidlo va jem. Nazorat savollari:Umumiy idishda berilgan gazak va mahsulotlar necha kishiga mo’ljallanadi va ularga berilgan umumiy instrumentlardan qanday foydalaniladi? Non va katta o’lchamli buterbrodlarni umumiy idishdan olishda qaysi instrumentdan foydalaniladi va qanday iste’mol qilinadi? Salat, pashet va vinegratlar umumiy idishlardan qanday olinadi va iste’mol qilinadi? Iste’molchilarning o’zlari ikrali buterbrodni qanday tayyorlashadi va iste’mol qilishadi? Sardoqli baliq, keta va semga kabi baliq go’shtlari umumiy tarelkadan qanday olinadi va qaysi isntrument yordamida kichik bo’lakchalarga bo’linadi? Murabbo, povidlo va jem kabi shirinliklarni umumiy idishdan olishda qaysi umumiy instrumentlardan foydalaniladi va qanday iste’mol qilinadi? Ho’l mevalarni iste’mol qilish qoidalariMehmondo’stlik ziyofatlarida va restoranlarda ho’l mevalar desert taom o’rnida beriladi. Ular o’zlarining nafis ranglari, shakllari va xushbuy hidlari bilan stol atrofida o’tirganlarning kayfiyatini yaxshilaydi va bazm yoki ovqatlanish jarayonining yaxshi kechishiga imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham mevalar stolni bezashda gazaklar bilan birga qo’yiladi va ularga ovqatlanish stoli dizaynining asosiy elementlaridan biri deb qaraladi. Mevalar ham nafis idishlarga 4–6 kishiga mo’ljallab chiroyli qilib qo’yiladi. Ularning ba’zi birlariga, ayniqsa kichik va shirador mevalarga, xo’randa va mehmonlar tomonidan o’z laganchalariga olishlari uchun umumiy instrumentlar beriladi. Usti quruq va kattaroq o’lchamli mevalar xo’randa va mehmonlar tomonidan o’z tarelkalariga qo’l bilan olinadi. Shaxsiy tarelkalarga olingan mevalarni iste’mol qilishdan oldin ularning aksariyatiga mehmon tomonidan qo’shimcha ishlov beriladi. Ho’l mevalarni iste’mol qilishning o’ziga xos xususiyatlari ham qo’shimcha ishlov berishdan va ularning danak va urug’larini likopcha yoki laganga olib qo’yishdan iborat. Ushbu bandda ba’zi bir urug’li va danakli mevalarni yevropacha qoida bo’yicha iste’mol qilishning o’ziga xos xususiyatlari ko’rib chiqilgan. Olma, nok kabi katta o’lchamli urug’li mevalar shaxsiy tarelkalarga qo’l bilan olinadi va iste’mol qilishdan oldin ularga qo’shimcha ishlov berishda individual pichoq va sanchqilardan foydalaniladi. Uning uchun desert laganchalar ustida desert pichoq yordamida to’rt bo’lakka bo’linadi va urug’i urug’doni bilan olinib tashlanadi. Keyin har bir bo’lakchasi po’stlog’idan tozalanadi va kichik bo’lakchalarga bo’linadi. Bo’lakchalar sanchiqi yordamida olib iste’mol qilinadi. Sitrus mevalari ham umumiy idishdan individual laganchalarga qo’l bilan olinadi va keyin ularga qo’shimcha ishlov beriladi. Uning uchun apelsin mevasining ustidagi po’sti desert pichoq yordamida aylana shaklida kesib olinadi va kesilgan tomonidan pastga qaratib pichoq bilan kesiklar qilinadi. Keyin esa qo’l va pichoq yordamida pusti olib tashlanadi va pallachalarga ajratiladi. Pallachalar esa qo’l yordamida olib iste’mol qilinadi. Mandarin esa qo’l yordamida shaxsiy desert lagan ustida po’stlog’idan tozalanadi va pallalarga ajratiladi. Ular pallalari ham qo’l yordamida olib iste’mol qilinadi. Limonning po’stlog’i ham desert lagancha ustida qo’l bilan tozalanadi. Keyin shaxsiy desert pichoq bilan bo’lakchalarga kesiladi va desert sanchqi yordamida olib iste’mol qilinadi. O’rik, shaftoli va olxo’ri kabi danakli mevalar ham umumiy idishlardan shaxsiy desert laganchalarga qo’l bilan olinadi. Keyin mevalar chizig’i bo’yicha kesik qilinadi va qo’l yordamida ikki pallaga ajratilib, danaklari olib tashlanadi. Danaksiz meva pallalari qo’l bilan olib iste’mol qilinadi. Anor ham umumiy idishlardan qo’l bilan olinadi. Keyin shaxsiy desert lagan ustida, xuddi mandarindek, po’stlog’idan aylana kesib olinadi ko’ringan qatlam bo’yicha pastga qaratib anorning po’stlog’i donachalarigacha kesiladi va ikki qo’l yordamida anor mevasi po’stlog’i bilan pallalarga bo’linadi. Pallalarga bo’lingan anor donachalari qo’l bilan olib iste’mol qilinadi. Amalda qabul qilingan etiket qoidalariga ko’ra mayda danakli, urug’li va urug’siz mevalar (gilos, olvoli, tut, qulupnay kabilar) umumiy idishlardan asosan umumiy instrumentlar yordamida olingandan keyin shaxsiy laganchadan shaxsiy desert qoshiq bilan olib iste’mol qilinadi. Mevalar danagi va urug’i yutilmasligi va desert laganchasining bir chekkasiga chiqarib qo’yilishi kerak. Uning uchun, boshqalarga sezdirmasdan ular og’izdan desert qoshig’iga olinadi va maxsus yoki umumiy desert laganchasining bir chekkasiga qo’yiladi. Yevropa mamlakatlari restoranlarida qovun va tarvuz etlari xo’randalarga po’choqsiz beriladi. Iste’molchi o’zining desert pichog’i yordamida tarvuzning urug’larini etidan ajratib olib tashlaydi. Tarvuz eti va qovun desert lagancha ustida mayda bo’lakchalarga kesiladi. Keyin desert sanchqi yordamida iste’mol qilinadi. Ma’lumki, Markaziy Osiyo respublikalari restoranlarida mehmondo’stlik ziyofatlarida qovun va tarvuzlar bo’lakchalarga bo’linib, po’chog’i bilan beriladi. Bunday hollarda ham ularning eti desert sanchqi yordamida iste’mol qilinadi. Download 180.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling