T. Xudayshukurov Biznes – etiket
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2.3. Sabr–toqatlilik
Tayanch iboralar:
xushmuomalalik, kayfiyat, haqiqiy va soxta xushmuomalalik, xushmuomalalik shakli, munosabat poydevori Nazorat savollari: 1. Xushmuomalalik deganda nimani tushunasiz? 2. Hamkorlar va suhbatdoshlar kayfiyatiga va masalaning hal bo’lishiga xushmuomalalik qanday ta’sir ko’rsatadi? 3. Haqiqiy va soxta xushmuomalalikni siz qanday tushunasiz? 4. Xushmuomalalik shakllarini bilasizmi? 46 6.2.3. Sabr–toqatlilik Biznesmenlar o’zlarining faoliyati davomida har xil tabaqali va tabiatli kishilar bilan muloqotga tushishlari mumkin. Bundan tashqari har xil millat vakillari va boshqa dinlarga itoat qiladiganlar bilan ham muloqotga tushishlari, birga faoliyat ko’rsatishlari va hatto birga yashashlari ham mumkin. Hatto shunday hollar bo’lishi mumkinki, umuman siz yoqtirmaydigan kishilar bilan, hatto dushmaningiz vakillari bilan ham muloqotga tushishga to’g’ri kelib qolishi mumkin. Xuddi shuningdek, madaniyatsiz, o’ta tajang, o’zini tutaolmaydigan odamlar bilan ham muloqotda bo’lish ehtimoli doim mavjud bo’ladi. Nafaqat vatandoshlarimiz orasida, chet mamlakatlarda ham bunday kishilar, hatto etiket qoidalarini bilmaydiganlar, bilsa ham ularga e’tibor bermaydiganlar ham tez–tez uchrab turadi. Bunday kishilar bilan muloqotga tushishda ularning muomala qilish tarziga va hatti– harakatlariga ko’p e’tibor bermasdan o’zingiz etiket qoidalariga ko’ra harakat qilishingiz lozim, chunki, sabr–toqat qilgan kishi albatta o’z maqsadiga erishadi, uning ishi ijobiy bitadi. Bunga “Sabr–toqatning tagi oltindir” degan o’zbek maqoli yaqqol misol bo’laoladi. Sabr–toqat eng qadimiy etiket qoidalaridan biri hisoblanadi va barcha diniy kitoblarga, shu jumladan Quroni Karimga, kiritilgan. Sabr–toqatning biznesmen faoliyatida tutgan o’rnidan tashqari, u katta siyosiy va millatlararo ahamiyatga ega. Uning siyosiy ahamiyati shundan iboratki, davlatlar o’rtasida bo’ladigan mojarolar, bir–birlari bilan turli sabablarga ko’ra kelishmovchiliklar sabr–toqat orqali hal qilinadi va uning natijasida tinch–totuvlik yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasi ko’p millatli davlat hisoblanib, uning hududida, asosiy aholi o’zbeklardan tashqari, 90 dan ortiq millat va elatlar vakillari tinch–totuv yashashadi. Ular nafaqat bir hududda, bir uyda yashashadi, bir korxonada ishlashadi, hatto internasional oila a’zolari sifatida ham tinch–totuv istiqomat qilishadi. Ularning hozirgi kunda tinch– totuv yashashi asosida sabr–toqat yotadi, chunki har xil millat va elat vakillari bir–birlarini hurmat qilishdan tashqari, bir–birlarining dunyoqarashlariga, diniy e’tiqodlariga va milliy urf–odatlariga sabr– toqatlik bilan qarashadi. Ana shu keltirilgan misol sabr–toqatning bugungi kundagi millatlararo ahamiyatini yaqqol tasdiqlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling