T. Xudayshukurov Biznes – etiket


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/58
Sana20.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1712619
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

6.2.1. Tabassum 
 
Agar eshitgan bo’lsalaringiz “hamma narsa uning yuzida yozilgan” 
deyishadi, chunki odamning chehrasiga qarab uning tabiati va kayfiyati 
to’g’risida aniq xulosa chiqarish mumkin. 
Chehrasining holatiga qarab odamlarni uch xilga bo’lish mumkin: 
beparvo chehrali, serjahl chehrali va tabassum chehrali. 
Chehradagi beparvolik insonga xos eng yomon xususiyatlardan biri 
hisoblanadi. Beparvolik hamkor yoki suhbatdoshga, uning gaplariga va 
fikriga hyech qanday qiziqish yo’qligidan darak beradi. Buni tajribasiz va 
mohir bo’lmagan yoki quyilgan masalaning mohiyatini yaxshi 
tushunmaydigan kishilarning suhbati davrida yoki ularning o’tkazayotgan 
majlislarida kuzatish mumkin. Bundan tashqari beparvo chehra uning 
sohibining manmanligidan darak beradi, o’zini hamkoriga yoki 
suhbatdoshiga nisbatan ustun tutish belgisi hisoblanadi. Albatta, bunday 
kishilar suhbatidan ijobiy natija kutish qiyin. 
Serjahl chehra u sohibining nimadandir yoki kimdandir norozilik 
yoki jahli chiqib turganlik belgisi hisoblanadi. Bunday vaqtlarda 
madaniyatli hamkor yoki suhbatdosh undan kayfiyatingiz qanday deb 
so’ramasligi kerak. Odamlar jahlining chiqishiga va chehralarining 
o’zgarishiga olib keluvchi sabablar juda ham ko’p. Uning asosiy 
sabablaridan biri hamkor yoki suhbatdoshning madaniyatsizligi, sabr–
toqatsizligi va munosabat qilishning boshqa etiket qoidalariga rioya 
qilmasligi hisoblanadi. Albatta, badjahlli chehra masalaning yechilishini 
qiyinlashtiradi va ikkinchi tomonning ham kayfiyatini buzadi. Madaniyatli 
biznesmen, birinchidan, o’zining badjahl holatini hamkoriga yoki 
suhbatdoshiga bildirmaslikka harakat qiladi, ikkinchidan, bildirmaslik iloji 
bo’lmasa, kechirim so’rab, o’zining holatini aytishi va xafa bo’lmasligini 
hamkoridan yoki suhbatdoshidan so’rashi lozim. 
Tabassumli chehra sohibi hamkorlarini va barcha suhbatdoshlarini 
o’ziga moyil qiladi hamda ularning diqqatini tortadi, ishonchli harakat 
qilishga va ishonchli gaplashishga imkon beradi. 


44 
Hozirgi kosmos va xalqaro munosabatlar asrida chehradagi tabassum 
biznesmenlar uchun juda ham katta ahamiyatga ega. Tabassum dunyo 
mavjudodlaridan faqat insonga tortiq qilingan va katta ruhiy kuchga ega 
bo’lgan qobiliyat bo’lib, o’zaro va xalqaro munosabatlarda hamkorlik 
ko’prigi, ko’ngli ochiqlilik va xushmuomalalik belgisi sifatida xizmat 
qiladi. U katta masofa va qiyinchiliklarni “bosib o’tib”, o’z sohibiga faqat 
foyda keltiradi, muammo va mushkullarning yechilishini osonlashtiradi. 
Shu sababdan bo’lsa kerakki, xalqimizning “Yuzingizdan tabassum 
arimasin” degan gapi bejiz emas.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, biznesmen 
chehrasining munosabatlar davridagi holati unga foyda keltiradi yoki unga 
qarshi “ishlaydi”. Lekin foyda keltirar ekan deb, har joyda va har qaysi 
vaziyatda ham doimo jilmayish kerak emas, chunki ba’zi bir vaziyatlarda u 
o’rinli bo’lmasligi mumkin. Esingizdan chiqmasinki, boshqa barcha 
vaziyatlarda tabassum hamkor va suhbatdoshlarga kuchli ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi va ularning kayfiyatini ko’taradi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling