T. Xudayshukurov Biznes – etiket
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.2. Samolyotda ketish etiketi
Tayanch iboralar:
Safar; chet mamlakat; safarga tayyorlanish, qiyofa, kiyim, sovg’a Nazorat savollari: 1. Biznesmenlar safarga borishda qanday etiket qoidalariga rioya qilishlari kerak? 2. Safarga chiqishdan oldin qaysi ma’lumotlar bilan tanishish lozim? 3. Yo’l kiyimiga qanday talablar qo’yiladi? 4. Sovg’aga qanday talablar qo’yiladi? 117 13.2. Samolyotda ketish etiketi Samolyotda etik qoidalariga rioya qilish uning saloniga chiqishdan boshlanadi. Salonga chiqishda boshqalardan oldin o’tishga, boshqa passajirlarning kirishiga to’siqlik qilishga harakat qilmaslik va kirishda styuardessalar bilan salomlashish kerak. Agar samolyot chet el milliy kompaniyasiga qarashli bo’lsa, unda vatandoshlaringizdan tashqari chet ellik fuqarolar ham bo’lishi mumkin. Bundan tashqari samolyotda chet ellik fuqarolar (styuardessalar) xizmat qiladi. Agar samolyot “O’zbekiston havo yo’llari” milliy kompaniyasiga qarashli bo’lsa ham unda chet mamlakatlar fuqarolari va yoshi ulug’lar uchib ketayotgan bo’lishlari mumkin. Samolyotning qaysi kompaniyaga qarashli bo’lishidan qat’iy nazar, albatta salonda xizmat qiluvchi xodimlar bilan salomlashish va faqat biletda ko’rsatilgan joyda o’tirish lozim, chunki qo’layligi bo’yicha hamma joy samolyotda bir xil hisoblanadi. Uchish davrida o’tirgan joyida chekish ham mumkin emas. Hozirgi vaqtda barcha mamlakatlar aviakompaniyalari samolyotlarida chekish deyarli man etilgan yoki chekish mumkin bo’lgan samolyotlarda chekuvchilar uchun alohida joy ajratilgan, shu boisdan bilet sotib olishda sigaretga bo’lgan munosabatni bildirish lozim. Agar o’tirgan joyingizdan tez–tez turish odat bo’lib qolgan bo’lsa, samolyotda bu odatdan vaqtincha voz kechish yoki biletni sotib olishda o’tishga yaqin joydan joy so’rash kerak, chunki o’rindan turib, salonda u yoqdan bu yoqqa yurish, nafaqat xavfsizlik qoidalariga, etiket qoidalariga ham to’g’ri kelmaydi. Ba’zi bir vatandoshlarimizda samolyotda uchib borish davrida yonida o’tirganlar bilan suhbat qurish, iloji bo’lsa, ba’zi bir masalalar bo’yicha o’zining bilimdonligini ko’rsatish istagi tug’iladi. Shu sababli ham atrofda chet ellik fuqarolar yoki yoshi ulug’ erkak va ayol vatandoshlaringiz bo’lsa, eng yaxshisi, bu niyatdan qaytish lozim, chunki chet elliklarning aksariyati uchun sizning gapirish uchun ha deb intilishingiz beodoblik hisoblanadi. Xalqaro etiket qoidalariga ko’ra sizga xizmat qilayotgan styuardessalarga hurmat bilan qarash qabul qilingan. Shu boisdan ham ularni bo’lar–bo’lmaslik uchun chaqirib turish, ayniqsa ovoz chiqarib, yo’l ketish etiket qoidalariga zid hisoblanadi. Agar iltimosingiz bo’lsa, u sizning yoningizga kelganda past ovoz va xushmuomalalik bilan gapingizni aytishingiz mumkin. 118 Dunyoda qabul qilingan etiket qoidalariga ko’ra samolayot salonidan chiqishda katta styuardessa har bir yo’lovchi bilan xayrlashadi. Sizlar ham tabassum bilan xayrlashishni esdan chiqarmangizlar. Xayrlashishda ham yoqimli gaplar bilan minnatdorchilik bildirish qabul qilingan. Samolyot salonidan chiqishdan avval har bir kishi o’zining qiyofasini va kiyimlarini tartibga solishi shart, chunki samolayotdan tushishdanoq siz xalq nazorati ostiga tushasiz. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling