qiluvchi estetik kategoriyadir. Tubanlik mohiyatan insonga xos bo‘lib, uning faoliyatida
namoyon bo'ladi. Tabiatda tabiat, hayvonot va nabotot olamida uchramaydi. Tubanlik inson
to‘qnashuvlari: hayot va o‘lim, ozodlik va mutelik, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy
va ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda ifoda etuvchi falsafiy tushuncha. Deyarli
barcha buyuk ijodkorlar yaratgan asarlarda fojiali ohanglar mavjud. Har qanday fojia
zamirida muayyan fojiali to‘qnashuv, ziddiyat yotadi. Gegel fojiaviylikni mohiyatli kuchlar
to'qnashuvining natijasi sifatida bejiz ta’riflamagan. Chunki, bu to‘qnashuvlar kurashi
qanday yakun topishi bilan insoniyat istiqboli, axloqiy taraqqiyot uzviy bog‘liqdir. Bu hol
fojiani san'atning falsafiy jihatdan eng muhim turiga aylantiradiki, u ijodkorga insoniyatni
butun tarixi davomida hayajonlantiradigan tub hayotiy masalalarni o‘z oldiga qo‘yib, hal
qilish imkoniyatini yaratdi.
Har qanday fojia zamirida keng kolamli, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan muayyan
fojiali to‘qnashuv yotadi. Fojiaviylik san’atda turlicha talqin etilishi mumkin. Bu hol
mazkur janrga xos umumiy xususiyatlarni inkor etmaydi. Fojia uslubining umumiy belgilari
qatoriga keng umumlashmalarga intilish, tafakkur boyligi, soddalik va yaxlitlik, hayajon va
ehtiroslarning yuksakligi kabilar kiradi. Fojia tarixiy davrning burilish paytlarida, eski
ijtimoiy aloqalar va munosabatlar barbod bo‘lib, qarashlar, estetik va axloqiy aqidaqoidalar
qayta baholanayotgan sharoitda ravnaq topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: