Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari fanidan “Tabiat va jamiyat


Download 473.35 Kb.
bet10/12
Sana09.02.2023
Hajmi473.35 Kb.
#1181597
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Aliyev (Автосохраненный)

Buyurtmaxona – ayrim tabiiy obyektlar va landshaftlarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki suv havzasi. Ularning hududida ayrim tabiiy resurslardan foydalanishga, tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydigan xo‘jalik faoliyatiga ruxsat beriladi. Qo‘riqxonalardan farq qilib, buyurtmaxonalarning maydonlari yer fondidan ajratib olinmaydi. Buyurtmaxonalar doimiy va vaqtincha bo‘ladi. Vaqtincha buyurtmaxonalar ko‘pincha ovchilik xo‘jaliklarida ov qilinadigan hayvon va qushlarning sonini tiklash va ko‘paytirish maqsadida ma’lum muddatga tashkil qilinadi. Muhofaza qilinayotgan turlarning o‘rtacha soni tiklangandan keyin cheklov bekor qilinadi va buyurtmaxona yana ov qilinadigan joyga aylanadi. Keyingi yillarda botanik, zoologik, geologik, ixtiologik, ornitologik va boshqa xil buyurt-
maxonalar tashkil qilinmoqda. Tabiat yodgorliklari – jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor obyektlar: g‘orlar, sharsharalar, ajoyib shaklli qoyatoshlar, daralar, geyzerlar, buloqlar, relyefning g‘aroyib shakllari, geologic ochilib qolgan joylar, katta yoshli ulkan daraxtlar va boshqalar. Tabiat yodgorliklari milliy bog‘, qo‘riqxona va buyurtmaxonalardan farq qilib, asosan, muhofazaga olingan ayrim nodir tabiiy yoki antropogen obyektlardir. Tabiat yodgorliklarining ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan xo‘jalik ahamiyati bo‘lmasligi mumkin, lekin ulardan ilmiy, estetik, rekreatsiya, sayohat, turizm, istirohat, tarbiyaviy maqsadlarda foydalaniladi. Shuning uchun ham ularni muhofaza qilish zarur. Tabiat yodgorliklarini umumiy xususiyatiga qarab geologik-geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va
landshaft yodgorliklariga bo‘linadi. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish murak-kab tadbirlar tizimi bo‘lib, ularni oqilona tashkil etish uchun quyidagi geografik-ekologik tamoyillarga amal qilinadi. Geotizimlarda jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ekologik muvozanat tamoyiliga ko‘ra, har bir tabiiy chegaralangan hududda jonliva jonsiz tabiat orasida shunday teng munosabat mavjudki, bunda ular bir-biri bilan muayyan tabiiy muvozanatda bo‘ladi. Lekin, ulardan birining tashqi ta’sir natijasida buzilishi uzoq muddatli muvozanatni izdan
chiqishiga olib keladi. Ekologik muvozanat tabiatda juda ham mo‘rt bo‘lib, ko‘p hollarda o‘simlik olamining qashshoqlanishi, suv maromining buzilishi va tuproq qoplamining yemirilishi bilan bog‘liq. Ekologik muvozanat barqarorligi geotizimlarning qaysi taksonomik pog‘onadaligiga bog‘liq. Masalan, ekologik muvozanat landshaftda joyga nisbatan, joyda esa urochishega nisbatan, urochisheda esa fatsiyaga nisbatan barqaror hisoblanadi.
Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik tamoyiliga asosan ishlab chiqarish jarayonida va kundalik turmushda vujudga kelayotgan turli chiqindilarni atrof-muhitga tashlashdan oldin ularni toza lab, butunlay zararsizlantirish lozim. Ushbu tamoyilning amaliyotga tatbiq etilishi ekologik xavfsizlikni ta’minlash, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasallik keltirib chiqaruvchi va tarqatuvchi manbalarni yo‘qotish va shu kabi ekologik muammolarning oldini olishda yuqori samara beradi.
Tabiiy resurslardan me’yorga yarasha foydalanish tamoyili tabiiy resurslarning ma’lum miqdorga egaligi, ularning o‘z miqdori va foydalanish me’yori mavjud ekanligiga asoslanadi. Ushbu me’yorga amal qilmaslik ularning qashshoqlanishi va ifl oslanishiga, modda va energiya almashinuvining buzilishiga sabab bo‘ladi. Natijada geotizimlarning ekologik muvozanati buzilib, o‘zgarishiga olib keladi, tabiiy resurslardan foydalanish jarayonini murakkablashtiradi, sun’iy taqchilliklarga
sabab bo‘ladi. Masalan, dehqonchilikda suvdan ortiqcha foydalanish tog‘oldi va yuqori terrasa landshaftlarida eroziya, suffoziya, karst, surilma kabi tabiiy geografik jarayonlarni tezlashtiradi yoki yuzaga keltiradi.
Quyi terrasalardagi landshaftlarda esa suv tanqisligi, botqoqlanish, flora va faunaning kamayishi kabi ko‘plab ekologik, iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Axborotning to‘liqligi tamoyili. Geotizimlarning xususiyatlari va rivoj lanishi haqida mutlaqo ishonchli, ilmiy asoslangan ma’lumotga ega bo‘lmasdan, uni o‘zlashtirishga urinib, osongina zarar keltirish mumkin. Geotizimlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib, amalga oshirilgan tadbirlar oqibatida tabiatda muayyan o‘zgarishlar ro‘y beradi, tabiatning aks ta’siri unga bo‘lgan ta’sir hajmidan bir necha barobar oshib ketishi mumkin. Masalan, Orol va Orolbo‘yidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar. Xilma-xillikning zarurligi tamoyili.
Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tadbirlarini qo‘llayotganda turli usullar, ayniqsa, biologik xilma-xillikga, asosan, mahalliy elementlarga katta e’tibor berish kerak.
Chunki, o‘simliklar eroziya, sel, ko‘chki kabi jarayonlarning oldini olish da va geotizimlarning barqarorligini ta’minlashda eng muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, antropogen landshaftlar bir xil ekinlardan iborat bo‘lib qolsa (masalan, paxta, sholi, bug‘doy, makkajo‘xori) ob-havodagi ozgina o‘zgarish yoki ayrim kasallik va zararkunandalar bunday landshaftlarni birdaniga xarob qilishi mumkin. Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishda bunday holatlarni hisobga olish zarur.

XULOSA
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki atrof muhitni optimallashtirish inson va tabiat hamkorligini oqilona tashkil yetish tamoyilini amaliyotga tadbiq yetishga doir asosiy yo`nalishlardan biridir.
Atrof muhitni optimallashtirish vazifalarini tabiatni maqsadli yo`nalishda o`zgartirish hamda insoning tabiatga ta`sirini cheklash va tartibga solish tashkil yetadi. Optimallashtirishning har ikkala vazifasi tabiatdan oqilona foydalanish jarayonida muvofiqlashtirilgan bo`lishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida insonning tabiiy muhitga ta`siri tobora kuchayib borayotganligi tufayli uning hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati uchun xavfli ekologik vaziyatlar vujudga kelmoqda.
Shu sababali jamiyat oldida nafaqat tabiiy resurlardan katta miqdorda foydalanish, balki fan va texnika yutuqlaridan foydalangan holda atrof tabiiy muhitni himoya qilish bo`yicha ilmiy asoslangan tadbirlarni muntazam va uzluksiz bo„lishini ta‟minlash vazifalari ham turibdi.
Endilikda atrof-muhit sifatini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlar tizimini belgilashga o`tilmoqda. Atrof-muhit sifati yesa jamiyatning iqtisodiy manfaatlarini hamda tabiat va insonning ekologik himoyasi talablarini mutanosib holda tartibga solish yo`li bilan ta`minlanadi.
Jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro tasir jarayonlarini bunday tartibga solib turish usuli atrof muhit sifatini boshqarish deb nom olgan.
Atrof muhit sifatini boshqarish jamiyatning iqtisodiy va yekologik manfaatlari orasida optimal nisbat bo„lishini taminlashga qaratilgan.
Bunday optimal nisbat mavjud bo`lganda insonning moddiy va ma`naviy ehtiyojlari iqtisodiyotni yanada rivojlantirish asosida qondirilgan holda u yashaydigan sog`lom, mahsuldor va xilma-xil tabiiy muhitni saqlash imkoniyati bo`ladi.
Keyingi yillarda tabiatni muhofaza qilish, optmallashtirish so„zlari o„rnida “barqaror rivojlanish” termini tobora ko`proq qo`llanilmoqda.
1992-yilda Rio–deJaneyro shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiliti (BMT)ning atrof muhit muhofazasi bo„yicha o„tkazilgan butunjahon anjumanidan keyin bu termin ayniqsa keng ilmiy muomalaga kirdi.
“Barqaror rivojlanish”ga ko`plab tariflar berilgan bo„lsada, ular mazmun-mohiyatiga ko„rai bir–biriga juda yaqin.
Barqaror rivojlanish tabiatda yekologik muvozanatni buzmasdan insoniyatning hozirgi davr talab va ehtiyojlarini qondirishi hamda kelajak avlodlar uchun xavf – xatar tug`ilmasligini ta`minlashni taqoza yetadi.
Barqaror rivojlanishning asosida “jamiyat – tabiat” sistemasining o`zaro tasiri yotadi, shu sababli ham unda ekologik, iqtisodiy – sotsial muammolar birgalikda tahlil qilinadi.



Download 473.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling