Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari fanidan “Tabiat va jamiyat


Download 473.35 Kb.
bet1/12
Sana09.02.2023
Hajmi473.35 Kb.
#1181597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Aliyev (Автосохраненный)



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
4-BOSQICH G119-GURUH TALABASI
ALIYEV SHAHZODNING
TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN “Tabiat va jamiyat” MAVZUSIDA YOZGAN


KURS ISHI

TerDU____2022-2023
Topshirdi: _________________
Qabul qildi: _________________


REJA:
KIRISH
1.“Tabiat” va “Jamiyat” tushunchalarining ilmiy talqini.
2.Jamiyat va tabiat o`rtasidagi munosabatlar.
3.Jamiyatning tabiatga ta`sirining bosqichlari.
4.Antropogen landshaftlar va ularning turlari.
5.Tabiatni muhofaza qilishning geografik asoslari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir.
Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki bo‘lagini tashkil etadi.
Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o‘ziga xos tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va ongi tabiat qonunlariga bo‘ysunadilar.
Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi, uning sotsial mohiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo‘nalishlarda doim muloqotda bo‘ladi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi.
Hayot insonni tabiat bilan bog‘laydi. Insonni yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Jamiyatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo‘ladi.
Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida uning tabiatga bo‘lgan munosabati o‘zgarib brogan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiatga sezilarli ta’sir o‘tkazmagan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi tabiatga ta’sirning keskin kuchayishiga olib keldi.
Feodalizm tuzimida mehnat vositalarinig takomillashuvi, aholi sonining ortib borishi natijasida insonning ta’sir doirasi va sur’ati o‘sib brogan.
Kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va texnika rivoji, sanoat, transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning tezkor o‘zlashtirilishi tabiatga ta’sirning yuqori darajasiga yetkazdi.
Atrof muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. Tabiat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos antrapogen moddda va energuya almashinuvi, ya’ni xom-ashyolarni tabiatdan ortig‘i bilan olinishi va zararli chiqindi holiday atrof muhitga tashlanishi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi azaliy muvozanatning buzilishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining rovijlanishida biogen, antropogen va texnogen bosqichlar ajratiladi.
Bu kurs ishida Tabiat va jamiyat o`rtasidagi aloqalar, jamiyatning tabiatga ta`sir bosqichlari va antropogen landshaftlar va tabiatni muhofa qilishning geografik asoslari haqidagi malumotlarni berib o`tamiz.



Download 473.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling