Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari fanidan “Tabiat va jamiyat


Download 473.35 Kb.
bet9/12
Sana09.02.2023
Hajmi473.35 Kb.
#1181597
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Aliyev (Автосохраненный)

Qo‘riqxona – har qanday xo‘jalik faoliyati taqiqlangan, tabiat komponentlari va landshaftlar qonun asosida qat’iy muhofazaga olingan joy. Qo‘riqxona tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biri. Alohida muhofaza etiladigan hududlar orasida qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi. Ularning asosiy vazifasi – tabiati o‘zgarmagan yoki kam o‘zgargan hududlarni, qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo‘riqxona hududidan xo‘jalikda foydalanish, hatto, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin terish umuman ta’qiqlanadi. Ularning atrofi kam foydalaniladigan, muhofaza qilinadigan zona bo‘lishi kerak. Hududidagi mavjud tabiiy sharoit o‘z holicha saqlanadi. Qo‘riqxona hududi turli hayvon va o‘simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va genetik fondini saqlash uchun ajratiladi. Ular inson tomonidan o‘zlashtirilayotgan va o‘zgargan qo‘shni hududlar uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi. Bunday namunalar inson xo‘jalik faoliyatining biz uchun qulay yoki noqulay ekanligini taqqoslashga, tabiatdan amaliy foydalanishda u yoki bu usul ning qanchalik maqsadga muvofi qligini nazorat qilishga imkon beradi. U tabiat komponentlari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni o‘rganib, tabiiy boyliklardan unumli foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish uchun zarur. Qo‘riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Respublikamizda 8 ta qo‘riqxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Biosfera rezervati (lot. rezervo – saqlayman) – biologik xilma-xillikni saqlashni va bir vaqtda mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida tabiiy va madaniy landshaftlar muhofaza qilinadigan joy. Biosfera rezervati konsepsiyasi UNESKO tomonidan «Inson va biosfera» dasturi doirasida ishlab chiqilgan. Birinchi biosfera hududlari 1976-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda biosfera rezervatlari 411 ta bo‘lib, 97 mamlakatga tegishli. Xalqaro mezonlarga ko‘ra, biosfera rezervatlari hududi uchta zonaga ajratiladi: qo‘riqlanadigan zona, bufer zona va oraliq zona. Respublikamizda Quyi Amudaryo biosfera rezervati tashkil etilgan.

Download 473.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling