Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy-nazariy asoslari Reja 1


Ekologik omillar, klassifikatsiyasi, moslashish


Download 247.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi247.93 Kb.
#1015336
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-maruza (5)

3.2 Ekologik omillar, klassifikatsiyasi, moslashish. Omillar atamasi bilan muhit, 
atrofdagi organizm yoki ularning jamoasini sharoit va elementlarining vaqt va 
makonda dinamik xilma-xilligi tavsiflanadi. Omil-jarayon yoki uning sharoitini
jarayoniga ta‘sir etuvchi harakat kuchini yoki qandaydir jarayon hodisaning 
mavjudlik shart-sharoitini ifodalaydi.  
Ekologik omil – muhitning har qayday elementi (yoki sharoiti) bo’lib, tirik 
organizmlarning hech bo’lmaganda bir rivojlanish fazasiga bevosita yoki bilvosita 
ta‘sir ko’rsatish qobiliyatiga ega. Ekologik omilga nisbatan tirik organizmlar 
moslashishiga harakat qiladi. Ekologik omillar odatda ikki turkumga bo’linadi: 
jonsiz (abiotik) tabiat omillari, jonli (biotik) tabiat omillari. Muhitning ekologik 
omillarini batafsil tasniflash I.N.Ponomaryova (1978) tomonidan taklif etilgan. Bu 
taklif 3.1 jadvalda keltirilgan. 
Ba‘zi mualliflar antropogen omillarni alohida turkumga ajratishadi (ularning 
muhimligi va o’ziga xosligidan kelib chiqib). 3.1 –jadvalda keltirilgan tasniflash 
biogeotsenozni ekotop va biogeotsenozga hamda uning komponentlarini 
tuzuvchilarga bo’lishga to’liq mos keladi. 
3.1 jadval 
Muhitning ekologik omillarini tasniflash 
t/r Omillar 
guruhi 
Omillarning xususiyatlari 
I. Abiotik turkumlar 


1. 
2. 
3. 
4. 
Iqlimiy 
Edafogen 
(“edafos”-
tuproq) 
Orografik 
Kimyoviy
Yorug’lik, harorat, namlik, havo harakati, bosim. 
Mexaniq tarkib, namlik, sigimiy havo o’tkazuvchanlik, 
zichlik. 
Relef, dengiz sathidan balandligi. Šiyalik ekspo-zitsiyasi. 
Havoning gazli tarkibi, suvning tuz tarkibi, tuproq 
eritmalarining tarkibi va kislotaligi. 
II. Biotik turkumlar 
1. 
2. 
3. 
4. 
Fitogen 
Zoogen 
Mikrobogen 
Antropogen 
O’simlikka mansub organizmlar. 
Hayvonlar. 
Viruslar, eng oddiy bakteriyalar, rikketsiyalar (kasallik 
paydo qiluvchi bakteriyalar). 
Inson faoliyati. 
Omillarning boshqa tasniflari ham mavjud. Masalan, davriylik belgisiga ko’ra 
omillar davriy va nodavriy, paydo bo’lishiga ko’ra-kosmik, geologik, biologik, 
tavsifiga ko’ra – axborot, energetik, moddiy va boshqalardan iborat bo’ladi.
Har xil ekologik omillar bir-biriga bog’liq bo’ladi. Bitta omilning o’zgarishi
boshqa omilning o’zgarishiga olib keladi bu hodisa ekologik omillarning o’zaro 
ta‘siri deb nom olgan. 
Abiotik iklim omillarining eng muximi harorat va namlik. Ularning o’zaro 
ta‘siri ikkita asosiy: dengiz va kontinental iklim turi bilan shakllanadi. Dengiz iklimi 
kontinentalga nisbatan,namlik va xaroratning shiddatsiz uzgarib turish xususiyatiga 
ega. Barchamizning uz tajribamizdan ma‘lumki, namlik yukori bulganda, baland va 
past harorat mu‘tadilga nisbatan inson o’zini yomon his etadi. 
Omillarning o’zaro ta‘sirida bitta omilning boshqasiga kisman almashtirish 
o’ziga xos shaklga ega. Bitta omilning ta‘siri pasayib, boshqa omilning ta‘siri 
kuchayish hodisasi kompensatsiya effekti deb nom olgan. Masalan, ma‘lumki, 


Peruning kator tumanlarida yillab yogingarchiliklar bulmaydi. O’simliklar 
yetishmagan namlikni xavo orkali tuplab kompensatsiya kiladi. Xar kanday muhit 
sharoiti kisman boshqasiga urin almashtirish mumkin, ya‘ni bitta va usha tashqi 
effektning ichki ekologik xodislar sababi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, doimiy 
yam-yashil janubiy o’simliklar ko’prok kontinentalli iklimda urmonlarning yukori 
ximoya yaruslarida usishga moslashgan. Bu xoltda iklim omili biotik omil bilan urin 
almashtiradi. Birok bitta ekologik omilni boshkasi butunlay urnini bosolmaydi. 

Download 247.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling