EKOLOGIYADA MUHIT TUSHUNCHASI
Ekologiyada muhit deb tirik organizmni o’rab turgan fizik qurshovni e’tiborga
olinadi. Aniqroq so’z borganda muhit tevarak-atrofdagi o’zaro bog’lanishlardagi
shart-sharoitlar va ta’sirlar majmuidir.
Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi.
Tabiiiy muhitni suv, quyosh,
shamol, havo, yer, o’simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar
majmui tashkil
etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo’lib,
bunda insonning mehnat
mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq.
Ularning bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi.
Ekologik muhit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan holatlarda bo’ladi.
Tirik organizmlarning hayoti o’zgarmagan shart-sharoitlar va ta’sirlar
barqaror
holatida muvozanat o’zgarmaydi,
aksincha, muhitning shart-sharoitlari ta’sirlar
buzilganda muvozanatsiz holat kelib chiqadi.