Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning


Download 1.13 Mb.
bet3/33
Sana01.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1316154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)

Amaliy mashg‘ulot


2-Mavzu: EKOLOGIK XAVFSIZLIKKA TAXDID SOLUVCHI MUAMMOLARNI YORITISH.


Dars maqsadi. Talabalarga ekologik xavfsizlikka taxdid soluvchi muammolarni tushuntirish jamiyat va uning istiqbolli rivojining iqlimga bog‘liqligi hamda iqlim sharoitining inson hayotiga ta’sirini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad. Talabalarga inson hayotida iqlimni muhim o‘rin egallashi haqida tushuncha berish.
Kerakli jihozlar. Iqlim kartasi va aholi zichligi kartasi. Dunyo xalqlari, ularning urf-odatlari, xarakteri haqidagi audio va videomateriallar. Keltirilgan plakatlar, hayotni talab darajada ta’minlash uchun insonlar tomonidan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi rasmlar, oylik va yillik statistik ma’lumotlar. A1 formatdagi qog‘oz, turli rangdagi markerlar.
Kalit so‘zlar. Qulay va noqulay iqlim sharoitlari; ekologik xavfsizlik, ekologik taxdid, iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’siri.
Metodik tavsiyalar:
A. So‘z boshi. Talabalarga ekologik xavfsizlikka taxdid soluvchi muammolarni tushuntirish inson hayotining bog‘liqligini misollar bilan ko‘rsatib berish.
B. Yangi mavzu bayoni. Iqlim va inson o‘rtasidagi bog‘liqlik, iqlim va ob-havo ko‘rsatkichlarining davlat, jamiyat va inson ongi va madaniyati shakllanishiga ta’siri. Davlat, jamiyat va inson uchun qulay yashash sharoitini ta’minlashda iqlim va ob-havoning rolini aniqlash. O‘zbekiston davlati rivojlanishida iqlim sharoitining ahamiyati. Iqlimning Yer yuzidagi biologik xilma-xillik saqlanishiga ta’siri. Iqlim muvozanati va moʻtadilligini saqlash va atmosfera havosini muhofaza qilish zaruriyati.
V. O‘tgan mavzuni mustahkamlash. Guruhlarda olingan ma’lumotlarni muhokama qilish va natijalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazish: transportning qaysi turi iqlim faoliyatini “og‘irlashtiradi”.
G. Xulosa. Iqlim organizmlar uchun hayotiy zarur va murakkab tabiiy komponentlar majmuasidan iborat. Iqlimni tabiiy resurs sifatida ko‘rib chiqish va uning komponentlari – suv, atmosfera havosi, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tog‘ jinslari va ularda kechayotgan jarayonlar inson faoliyati bilan uzviy bog‘langan. Iqlim nafaqat insonlar, balki barcha organizmlar uchun moslashuvni talab etadigan va uni boshqa tabiat komponentlari bilan almashtirib bo‘lmaydigan hayotiy manba hisoblanadi.

Quyidagi jadvalni to‘ldiring.


Iqlimni o‘zgarishi natijasida tirik organizmlarda qanday salbiy jarayonlar
rivojlanadi.




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling