Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet34/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Nazorat savollari:
1.Kimyodan o’quvchilar bilan uyushtiriladigan sinfdan tashqari ishlar qanday tashkillashtiriladi?
2. Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarning faoliyati qanday me’zonlar asosida aniqlanadi.
14-ma’ruza
Mavzu:Sinfdan tashqari ishlarda kitobxonlik o’tkazish metodikasi


Ma’ruza rejasi:
1.Sinfdan tashqari ishlarda kitobxonlik o’tkazish metodikasining mazmun va mohiyati.
2. Kimyodan sinfdan tashqari mashg’ulotning ommaviy formalari.
Sinfdan tashqi mashg’ulotlarning ommaviy formalari jumlasiga sinfdan tashqi kitobxonlik, sayohatlar, kimyoviy olimpiadalar, maktab kimyo kechalari, o’quv kinoseanslari va boshqa tadbirlar kiradi.
Sinfdan tashqi kitobxonlik sinfdan tashqi mashg’ulotlarning eng oson va shu bilan birga, eng muxim turidir. Sinfdan tashqi kitobxonlik o’quvchilarning saviyasini o’stirib, kengaytiribgina qolmasdan, balki bir qator hollarda, ularning bo’lajak ixtisosini va amaliy hayotning butun usulini ‘am belgilab beradi. Buyuk kishilarning qariyb xammasi, mening hayotimda kitoblar birinchi o’rinlardan birida turdi, deb o’z tarjimai ‘ollarida ta’kidlab o’tadilar, bu narsa bekorga aytilgan emas.
Kimyo o’qituvchisi a) o’quvchilarda kimyo kitoblariga va kundalik matbuotga qizg’in xavas uyg’otishi; b) o’quvchilarning adabiyotdan eng samarali suratda, mustaqil tarzda foydalanishiga yordam berishi; v) o’quvchilarning kitobga bo’lgan havasini sekin-asta oshirib borishi -o’quvchilarda inson bilimlarining, g’oyalarining fikr va ‘issiyotining bitmas-tugalmas manbai bo’lgan kitobga mu’abbatini o’stirishi kerak.
O’qituvchi o’quvchilarni kimyo kitoblariga va kundalik matbuotga o’quv ishi jarayonida qiziqtirib boradi, albatta. O’qituvchi, darsda biror masalani oydinlashtirish munosabati bilan, kerakli va qiziqarli kitoblarni, kitobchalar va maqolalarni o’quvchilarga aytadi, ulardan eng yorqin parchalar o’qib beradi., ularning hammasini qisqacha tasvirlaydida va ko’rsatadi -o’qishni o’quvchilarga tavsiya etadi. Ammo kimyo o’qituvchisi o’quvchilarning ilmiy-ommabop adabiyotni mustaqil o’qishiga dars vaqtlarida ra’barlik qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Bu ra’barlikni sinfdan tashqi maxsus mashg’ulotlardagina qilish mumkin.
O’qituvchi sinfdan tashqi vaqtlarda kimyo o’quv kursining asosiy bo’limlari yuzasidan o’qilishi tavsiya qilinadigan kitoblarning ro’yxatini xar qaysi sinf uchun aloxida tuzib chiqadi. O’qituvchi ro’yxatda asosiy -ayni sinf o’quvchilarning xammasi uchun majburiy qiziqadigan o’quvchilar uchun mo’ljallangan qo’shimcha adabiyotni xam ko’rsatadi. Bu ro’yxatni xar bir o’quvchiga e’lon qiladi.
O’qituvchi o’quvchilarda kimyo kitoblariga xavas uyg’otish uchun, darsdan tashqari vaqtlarda xamma o’quvchilar bilan birga maxsus vitrina -«Kimyodan nimalarni o’qish kerak?» degan vitrina tashkil qiladi. Bu vitrinaga tavsiya qilinadigan adabiyot ro’yxati, bu adabiyot to’g’risidagi qisqacha va qiziqarli annotatsiyalar, retsenziyalar, taassurot qoldiruvchi aniq fikrlar yaxshilab va tartibli suratda yopishtirib qo’yiladi; kimyo kursining ayrim mavzulari o’tila borgan sari, bu vitrina eng muhim kitoblar, maqolalar, jurnallar va boshqalar bilan to’ldiriladi.
O’qituvchi sinfdan tashqi kitobxonlik jarayoniga ‘am ra’barlik qilib boradi. O’qituvchi ilmiy-ommabop adabiyotni qanday qilib eng samarali suratda o’qish kerakligi, asosiy e’tiborini nimalarg qaratish lozimligi, o’qilganlarni qanday yozib borish zarurligi va boshqalar to’g’risida o’quvchilarga ko’rsatmalar berib turadi. Kimning nima o’qiyotganligiga va qanday o’qiyotganligiga qarab boradi. Gruppalar bilangina emas, balki ayrim o’quvchilar, ayniqsa, yordamga mu’toj o’quvchilar bilan ‘am sistemali suratda su’bat o’tkazadi. Kimyo kursining eng muhim bo’limlari yoki hatto, ayrim masalalari yuzasidan, o’qib chiqilganlar asosida, yakuniy su’batlar, konferensiyalar va kichikroq munozaralar o’tkazadi. O’qituvchi o’quvchilarning o’qib chiqilgan kitoblar to’g’risidagi taassurotlarini o’z daftarlarigagina emas, balki sinfning «O’qilgan kitoblar to’g’risidagi muloxazalar» degan maxsus daftariga ‘am yozib borishlariga yordam beradi.
Kitob bilan mustaqil suratda ishlash o’quvchilarga maxsus topshiriqlar berish yo’li bilan ancha aktivlashtiriladi. O’quvchilar berilgan topshiriqqa qarab, bir qator adabiyotdan sinfda o’tiladigan masalaga oid materiallarni tanlab oladilar; tanlab olingan materiallarni umumlashtiradilar, sinf o’quvchilariga aytib beradilar, maxsus albomga kiritadilar va xokazo.
O’quvchilarga bunday topshiriq tarzida masalan, quyidgi mavzularda, shuningdek, kimyo o’quv kursi mavzularida material to’plashni tavsiya qilish mumkin: «Kimyo yangiliklari», «O’zbekiston kimyosining va kimyo sanoatining rivojlantirishdagi roli», «Kimyoviy elementlarning kashf etilish tarixi», «Atomlarning tuzilishi» va boshqalar.
«Kimyodan sinfdan tashqari ishlar» fanidan ta’lim texnologiyasi «Iqtisodiy oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza va seminarlarni o‘qitish texnologiyasi» o‘quv qo‘llanmasida bayon etilgan dars mashg‘ulotlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash qonun-qoidalariga qaratilgan holda ishlab chiqilgan.
Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati to‘g‘risida so‘z borganda O‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvcihlarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishidarkor” degan so‘zlarini ta’kidlash o‘rinlidir. Bu masala “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan.
Kitobda keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o‘zida o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko‘zlangan natijalarni, o‘quv mashg‘ulotning rejasi, o‘qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. SHuningdek, bu o‘quv mashg‘ulotining texnologik kartasini, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchining mazkur o‘quv mashg‘ulotida erishadigan maqsadi bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o‘z ichigaoladi.
Kitob tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari, har bir mavzu bo‘yicha ma’ruza, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.
Kitobning konseptual asoslari qismida dastlab «Kimyodan sinfdan tashqari ishlar» fanining dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o‘quv fanining tarkibiy tuzilishi, o‘qitishning usul va vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlarberilib, so‘ngra loyihalashtirilgan, o‘qitish texnologiyalari taqdim qilingan.
Olti turdagi ma’ruza mashg‘ulotlari: kirish, tematik, muammoli, vizual–ma’ruza, ma’ruza-munozara, hamkorlikdagima’ruzaberilgan.
Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga o‘qitishning yangi, zamonaviy usul va vositlari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmoqda. O‘qituvchi bilim olishning yagona manbai bo‘lib qolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o‘quv jarayonining menejeri bo‘lishi lozim. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g‘oyalar yotadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling