Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet54/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Olimpiadaning tashkiliy qismlari
Olimpiadaning tashkil etish va o‘tkazish vakolatlarini amalga oshirish jarayonida qatnashadigan xodimlarni muvofiqlashtirish uchun tashkil etilgan. Tashkiliy qo‘mita a’zolarini (hakamlar hay’ati a’zolarini ham) tayinlash va ularni a’zolikdan chiqarish tashkiliy qo`mita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Olimpiadaning Tashkiliy qo‘mitasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) Olimpiada qoidalarini ishlab chiqadi va zarur hollarda o‘zgartirish kiritadi;
b) Olimpiadaning uslubiy hakamlarini, hakamlar hay’ati va apellyatsiya komissiyasi tarkibini tuzadi va tasdiqlaydi;
c) Olimpiadaning har bir bosqichining dastlabki natijalarini shuningdek, olimpiadaning saralash va yakuniy bosqichi ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda natijalarni e’lon qiladi;
d) Olimpiada ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi majlisining bayonnomalarini tasdiqlaydi;
e) Olimpiadaning har bir bosqichi bo`yicha o`quvchilarning erishgan natijalarini belgilangan vaqtdan kechikmasdan e`lon qiladi;
f) Olimpiadaning yakuniy bosqichi g’oliblarini aniqlash va ularni taqdirlashni tashkil qiladi;
Olimpiadaning hakamlar hay’ati
Olimpiada ishtirokchilarining ishlarini tekshirish, olimpiadaning dastlabki va yakuniy natijalarini aniqlash uchun Tashkiliy qo‘mita tuzadi.
Hakamlar hay’ati tarkibiga olimpiadaning uslubiy komissiyasi a’zosi bo‘lgan professor-o‘qituvchilari kirmaydi.
Olimpiada hakamlar hay’atining vakolati va vazifalari:
a) Olimpiada ishtirokchilarining ishlarini tekshiradi va agar mavjud bo‘lsa, boshqa turdagi testlarni (yopiq) baholaydi;
b) Olimpiadaning har bir bosqichining dastlabki natijalarini aniqlaydi va saytda natijalarini belgilangan vaqtdan kechikmasdan e`lon qiladi;
c) Olimpiadaning apellyatsiya komissiyasi a`zolariga olimpiadaning har bir bosqichining dastlabki natijalari e’lon qilinganidan so`ng olimpiada ishtirokchilarining ishlariga kirish huquqini beradi;
d) Yakuniy bosqich ishtirokchilariga olimpiada diplomi va faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg`alar berish mezonlarini belgilaydi;
e) Hakamlar hay’ati tashkiliy qo‘mitaga yakuniy bayonnomalarini tasdiqlash uchun taqdim etadi;
f) Olimpiadani tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
g) Olimpiadaning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan vazifalarini bajaradi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling