Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Olimpiadaning tashkiliy qo‘mitasi


Download 0.54 Mb.
bet89/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Olimpiadaning tashkiliy qo‘mitasi
Olimpiadaning Tashkiliy qo‘mitasi-bu Kimyo kafedrasi ishchi guruhi bo‘lib, u Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish vakolatlarini amalga oshirish jarayonida qatnashadigan xodimlarni muvofiqlashtirish uchun tashkil etilgan. Tashkiliy qo‘mita a’zolarini (hakamlar hay’ati a’zolarini ham) tayinlash va ularni a’zolikdan chiqarish tashkiliy qo`mita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Tashkiliy qo‘mita raisi.
Olimpiadaning Tashkiliy qo‘mitasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) Olimpiada qoidalarini ishlab chiqadi va zarur hollarda o‘zgartirish kiritadi;
b) Olimpiadaning uslubiy hakamlarini, hakamlar hay’ati va apellyatsiya komissiyasi tarkibini tuzadi va tasdiqlaydi;
c) Olimpiadaning har bir bosqichining dastlabki natijalarini shuningdek, olimpiadaning saralash va yakuniy bosqichi ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda natijalarni e’lon qiladi;
d) Olimpiada ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi majlisining bayonnomalarini tasdiqlaydi;
e) Olimpiadaning har bir bosqichi bo`yicha o`quvchilarning erishgan natijalarini belgilangan vaqtdan kechikmasdan e`lon qiladi;
f) Olimpiadaning yakuniy bosqichi g’oliblarini aniqlash va ularni taqdirlashni tashkil qiladi;
Olimpiadaning hakamlar hay’ati
Olimpiada ishtirokchilarining ishlarini tekshirish, olimpiadaning dastlabki va yakuniy natijalarini aniqlash uchun Tashkiliy qo‘mita professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari orasidan hakamlar hay’atini tuzadi.
Hakamlar hay’ati tarkibiga olimpiadaning uslubiy komissiyasi a’zosi bo‘lgan professor-o‘qituvchilari kirmaydi.
Olimpiada hakamlar hay’atining vakolati va vazifalari:
a) Olimpiada ishtirokchilarining ishlarini tekshiradi va agar mavjud bo‘lsa, boshqa turdagi testlarni (yopiq) baholaydi;
b) Olimpiadaning har bir bosqichining dastlabki natijalarini aniqlaydi va saytda natijalarini belgilangan vaqtdan kechikmasdan e`lon qiladi;
c) Olimpiadaning apellyatsiya komissiyasi a`zolariga olimpiadaning har bir bosqichining dastlabki natijalari e’lon qilinganidan so`ng olimpiada ishtirokchilarining ishlariga kirish huquqini beradi;
d) Yakuniy bosqich ishtirokchilariga olimpiada diplomi va faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg`alar berish mezonlarini belgilaydi;
e) Hakamlar hay’ati tashkiliy qo‘mitaga yakuniy bayonnomalarini tasdiqlash uchun taqdim etadi;
f) Olimpiadani tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
g) Olimpiadaning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan vazifalarini bajaradi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling