Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet88/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Olimpiadani o‘tkazish tartibi.
Olimpiada 3 ta bosqichda o`tkaziladi:
Olimpiada 3 ta bosqichda o`tkaziladi:Test bosqichi. Test bosqichi to‘rtta turdan iborat. Test bosqichidagi har bir tur bir oyda bir marta o‘tkazilib, o‘quvchilarga dastur asosida o`qiydigan sinfiga mos ravishda fan bo`yicha 25 ta test savollari beriladi. O‘quvchi test bosqichining har bir turida maksimal 25 ball to‘plashi mumkin. To‘rtta tur bo‘yicha umumiy hisoblaganda maksimal 4*25ball=100 ball to‘playdi. Test bosqich bo`yicha 60 va undan yuqori ball to`plagan o‘quvchilar keyingi “1-masala yechish” bosqichiga o‘tadi.

“1-masala yechish” bosqichi. Bu bosqichda oldingi test bosqiching to‘rtta turi bo`yicha saralab olingan o‘quvchilar qatnashish imkoniyatiga ega bo`lib, ularga 5 ta masala beriladi. Har bir to‘g’ri yechilgan masalaga maksimal 20 ball berilib, ushbu ball tarkibiy qismlarga ajratilgan ballar yig`ndisiga teng bo‘ladi (1-na’munada ko‘rsatilgan).


1-Na’muna:
1-masala. Bеnzol va toluol idеal eritma hosil qiladi. 293 K da bеnzolning molyar hissasi 40% bo‘lgan suyuq faza ustidagi umumiy bug’ bosimini va bug’ faza tartibini (molyar hissalarda) hisoblang. 20°C да toza bеnzol va toluolning bug’ bosimlari 1,020∙104 va 3,27∙103 Pa.
Agar o‘quvchi masalalarni yechish davomida yechimga tegishli bo‘lmagan, turli xil matiqsiz usullardan foydalanib, javobni tasodifiy chiqargan bo‘lsa, u holda masala yechimiga ball qo’yishda ko’rsatilgan tarkibga ko`ra ball qo’yiladi. Ya’ni masala javobi to‘g’ridan-to‘g’ri chiqarilgan yechimga maksimal ball berilmaydi. Berilgan 5 ta masalalarning to‘g’ri yechimiga umumiy hisobda maksimal 5*20 ball=100 ball beriladi. Bu bosqichda 60 ball va unda yuqori to‘plagan o‘quvchilar keyingi “2-masala yechish” bosqichiga o‘tadi.
“2-masala yechish” bosqichi. Bu bosqich shartlari yuqorida aytilgan “1-masala yechish” bosqichi shartlari kabi bo‘lib, bunda ham o‘quvchilarga beshta masala beriladi. Har bir to‘g’ri yechilgan masala uchun maksimal 20 ball qo‘yiladi. O‘quvchi 5 ta masalani to`liq yechib, umumiy hisobda maksimal 100 ball to‘plashi mumkin.
Yakuniy “2-masala yechish” bosqichida qatnashgan o‘quvchi olimpiadada barcha bosqichlar bo‘yicha umumiy hisobda maksimal 300ball (100+100+100=300 ball) to‘plashi mumkin.
Barcha bosqichlar (test turlari ham) barcha sinf o‘quvchilariga bir xil belgilangan vaqtda boshlandi va tugaydi. Belgilangan vaqt tugagandan so‘ng bosqich (tur) qayta ochib berilmaydi.
Olimpiadaning har bir bosqichi va turlaridagi o‘quvchilarning natijalari ko‘rsatilgan jadvallar olimpiada o‘tkazilgan kundan boshlab 3 kundan so‘ng kimyourduolimp.wordpress.com saytida e’lon qilinadi.
III. Olimpiada g’oliblarini aniqlash va ularni rag’batlantirish
Yakuniy “2-masala yechish” bosqichiga yetib kelgan va eng yuqori ball to‘plagan I, II, III o‘rinlarni qo‘lgan kiritgan o‘quvchilariga diplom va faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg`alari topshiriladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling