Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet84/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Multimediabu tovush, video, grafika, matn, animasiyalar yordamida insonning kompyuter bilan muloqotini ta’minlovchi dasturiy va apparat vositalar majmuasi hisoblanadi. Multimedianing o`quvchi-talabani faollashtirish, hayratlantirish imkoniyatlari juda katta. Bu esa ta’lim sifatini oshiradi va o`quvchi-talaba diqqatini jamlashga xizmat qiladi.
Gipermatn bilan ishlash jarayonida o`quvchi-talaba ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Gipermatnlar bo`yicha tanlangan o`tishlar orqali o`qilgan materiallardan xulosalarni chiqarishi lozim.
Multimedia va gipermatn vositalaridan foydalanish o`quv materiallarining taqdim etilishi sifatini oshiradi, keng masshtabli bahslarni tashkil etadi va qulay interfeysni ta’minlaydi.
Zamonaviy nuqtai-nazarlarga ko`ra insoniyat 70 % dan ortiq ma’lumotlarni bevosita ko`rish orqali qabul qiladi, shu sababli fanni o`qitishda multimediyali dastkrlardan foydalanishning samaradorligi yuqori bo`ladi. Multimediya texnologiyasidan foydalanish virtual tarzda bilim va ko`nikmalarni egallashni jadallashtiradi. Hozirgi kunda multimediyalar yaratish sohasida ko`pgina metodik ishlar amalga oshirilmoqda.
Kimyo fanida shunday mavzular borki, bu mavzularni o`quvchilarga tushuntirish, ularda shu mavzu bo`yicha tasavvurini shakllantirish qiyin. Masalan, “Eritmalar”, “Kimyoviy bog`lanish”, “Atom tuzilishi” kabi mavzular va kimyoviy texnologik jarayonlarni rasmlar va kitob orqali tushuntirish kutilgan natijani bermaydi. Kimyo o`qitishda kimyoviy eksperimentdan foydalanish dars samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Lekin kimyoning ko`pgina nazariy masalalarini jumladan, atom tuzilishi va kimyoviy bog`lanish kabi jarayonlarni o`qitishda eksperimentdan foydalanish imkoniyati yo`q.
Axborot texnologiyasidan foydalanishning muxim tomonlari shundan iboratki an’anaviy usullar va kimyoviy eksperiment bilan ko`rsatib bo`lmaydigan kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarni dinamik modellarini animasiya qilib ko`rsatish imkoniyatlari bo`ladi.
Masalan, kimyoviy bog` o`quvchi va talabalarga rasmlar orqali tushuntirib kelingan. Bunda atomlarning elektron bulutlari, elektron bulutlarning shakllari, gibridlanish, elektron bulutlar asosida kimyoviy bog`ning qanday vujudga kelishi mexanizmlari va boshqa ko`plab jarayonlar rasm bilan tushuntirilgan va bu o`quvchi xamda talabalarning yetarlicha tasavvur qilishlariga qiyinchiliklar tug`dirgan. Kompyuter yordamida yuqorida sanab o`tilgan bir necha xolatlarni animasiya qilib, bunday qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin. Animasiyalar o`qituvchining ovozi bilan tushuntiriladi, natijada o`quvchilarni mavzuni tushunishi, jarayonlarni tasavvur qilishi ancha oson bo`ladi.
Eritmalar nazariyasi – anorganik kimyo kursining yetakchi nazariyalaridan biridir. Mavzuning muhimligi sababi nafaqat katta amaliy ahamiyatga egaligida, avvalo, kimyoning biologiya, geografiya, fizika va boshqa o`quv fanlari bilan fanlararo aloqasining mavjudligidadir. Darsliklar va o`quv qo`llanmalarda ushbu bo`limlarga yetarlicha e’tibor berilgan. Biroq, afsuski, ma’lum tushuncha va atamalar gidratlangan ionlar, gidroksoniy ioni, ion atmosferasi va boshqalarning hosil bo`lishi kabi mavhum hodisalar sababli talabalar uchun ko`pincha tushunarli bo`lmay qolaveradi. Bunday mavzularni o`qitish samaradorligini ta’minlashda axborot texnologiyalari katta potensialga ega bo`lib, animasiyalardan foydalangan holda o`quv materialining mazmunini tushunarli va qiziqarli qilish imkonini beradi. YUqorida sanab o`tilgan xodisalar ishlab chiqilgan animasiyalarda eshitilgan nazariy materialni 2-3 daqiqada ko`rgazmali namoyish qilinadi. Ko`z bilan ko`rish mumkin bo`lmagan momentlar, jarayon mexanizmi, ionlar, molekulalarning harakatini ko`rsatish bilan nazariy material mustahkamlanadi. Nazariy materialni talabalar kompyuter ekranida, rangli tasvirda, ma’ruzachining ovozli sharhlashi bilan birga dinamik rivojlanishini ko`radilar. animasiyalashtirish texnologiyasi, jarayonlar mexanizmlarini yaqqol tasavvur qilish va shu bilan murakkab nazariy materialni chuqur o`zlashtirish imkonini beradi. Kompyuter darsi yozib olingan disketa orqali o`quvchilarning hammasi mustaqil holda kompyuter darsi bilan qayta tanishib chiqishlariga sharoit yaratadi.
Shu yo`nalishda olib borilayotgan ishlardan maqsad kimyoning an’anaviy vositalari yordamida ko`rsatib bo`lmaydigan kupgina jarayonlarining dinamik modellarini kompyuter yordamida animasiya qilib multimediya mahsulotlarini tayyorlab, dars o`tishda kam vaqt sarflab, ko`proq bilim berish, o`quvchilarda to`liq va yetarli darajada tasavvur qilish va ularni darsga bo`lgan munosabatini, qiziqishini yanada oshirishdir.
Kimyoni o`qitishda testning quyidagi turlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling