Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet85/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

I. JAVOB YOZILADIGAN TEST. Kimyoni dastlabki o`rganish jarayonida o`quvchilarga qo`yiladigan asosiy talab kimyo tilini yaxshi o`zlashtirish, ya'ni kimyoviy elementlarning belgilarini, moddalarning formulalarini, reaktsiya tenglamalarini mustaqil yoza bilishdir. Bunday testni 3 turga bo`lish mumkin:
Kimyoviy inshoni ifodalovchi test. Bunday testlarda elementning berilgan nomiga qarab, uning belgisini yozish, moddaning nomiga qarab, uning formulasini yozish, savol shartiga muvofiq reaktsiya tenglamalarini yozish va bularning aksini ifodalovchi savollar beriladi. Test topshiriqlarida nuqtalar bilan ko`rsatilgan, javob yoziladigan joy qoldiriladi va ularning ?ammasi to`G`ri javob yozishga mo`ljallangan bo`ladi.
1-misol. quyidagi nomlari keltirilgan elementlarning belgilarini yozing:
A. Kislorod... V. Azot... S. Temir... D. Kaltsiy... Ye. Oltin...
2-misol. quyidagi nomlari keltirilgan kislotalarning formulalarini yozing:
A. Xlorid.. V. Nitrat... S. Sulfat... D. Silikat... Ye. Ortofosfat...
3-misol. quyidagi formulalari keltirilgan tuzlarning nomini yozing:
A. A1S13... V. Fe2(SO4)3... S. Mg(ON)S1... D. NaN2RO4... Ye. SuSO4...
4-misol. quyidagi reaktsiya tiplariga doir reaktsiya tenglamalarini yozing:
A. Birikish... V. Ajralish... S. O`rin olish... D. Almashinish...
Javobi to`ldiriladigan test. Bunday testda qisqa javob yozishga joy qoldiriladi va ma'lum so`zlar yoki masala javobi bilan to`ldiriladi. Test savoli ko`pincha bir-biriga yaqin bo`lgan tushunchalarning o`zlashtirilishini aniqlash uchun tuziladi. Masalan, atom va molekula, element va oddiy modda, molyar va molekulyar massa, izotop va izobar va boshqalar.
1-misol. Quyidagi jumlada qoldirilgan joyni «atom» yoki «molekula» so`zlari bilan to`ldiring:
Xona xavosida azot va kislorod... laridan tashqari, simob... laridan va suv... laridan iborat bug`lar borligi aniqlandi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling