Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet86/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

2-misol. 6,5 g rux suyultirilgan sulfat kislota bilan to`liq reaktsiyaga kirishganda normal sharoitda o`lchangan... litr vodorod ajraldi.
Javobi qo`yiladigan test. Bunday test ko`pincha ikkita usulda yozilib, unda birinchi ustundagi formula, tushuncha yoki sonlarga mos keluvchi javoblar ikkinchi ustunda berilganlardan topiladi.
1-misol. 1-ustundagi formulalarning yoniga II ustundagi javoblarning belgilangan xarflarini yozing:
A. A1(ON)3... A. kislota
V. Fe2(SO4)3 V. asos
S. SaO S. tuz
D. N3RO4... D. oksid
E. SO2 E. oddiy modda
Bu testning javobi kuyidagicha to`ldiriladi:
B. A1(OH)3 S. Fe2(SO4)3 D. SaO
A. N3RO4 D. SO2
II. MUQOBIL JAVOBLI TEST. Bu test xilida berilgan savol va masalalarning xar biriga to`rtta yoki beshta muqobil javoblar yoziladi va lotincha A,B,C,D,E xarflari bilan belgilanadi. Xarf bilan belgilanadigan javoblarning bittasi to`g`ri va to`liq bo`ladi. Javoblarning 2 tasi yoki 3 tasi to`g`ri bo`lgan xolda, ular avval sonlar bilan belgilanib, so`ngra xarfli javobga o`tkaziladi. Testdagi javoblar savoldagi tushuncha, qonuniyat va kimyoviy jarayonlarning asl moxiyatidan chetga chiqmagan xoldagina muqobil bo`ladi. Muqobillik o`rganilayotgan qonuniyat va xodisalar moxiyatini to`liqroq tushunib olishga, ularni boshqa qonuniyat va xodisalar bilan chalkashtirmaslikka yordam beradi.
Test tuzishda savol va masalalardagi tanlanadigan javoblarning muqobil bo`lishini oydinlashtirish uchun misollar keltiramiz.
1-misol. Atsetilen molekulasida uglerod atomining valent orbitali qanday gibridlanadi? Bunga javoblar bir necha xil berilishi mumkin.
1-xolda. 1. SR 2. SR2 3. SR3
A. 1 V. 2 S. 3 D. 1 va2 E. 2 va3
Lekin 1 va 2; 2 va 3 javoblarni qo`yish asossizdir. Chunki bir xil molekuladagi uglerod atomining valent orbitali bir vaqtning o`zida xech vaqt ikki xil gibridlanmaydi.
2-xolda A. sp V. sp2 S. sp3 D. sp3d E. sp3d2
kabi javoblarni qo`yish xam noqulaydir. Chunki uglerod atomida d-orbital bo`lmaganligi uchun D, Ye xolatlar xam muqobil javob bo`la olmaydi. Shuningdek javoblarning birida «bilmayman» so`zining qo`yilishi muqobillik printsipiga zid bo`lib, u o`quvchining izlanishiga to`siqlik qiladi. Bizningcha, savolni quyidagiga o`xshash qilib tuzganda muqobil javoblari ko`p bo`lishi mumkin:
qaysi birikma molekulasida uglerod atomining valent orbitali sp-tipida gibridlanadi?
A.Metan V.Etilen S. Atsetilen D.Benzol E. Etan
To`G`ri javob S.
2-misol. Ushbu qaytar reaktsiyada 3H2 + N2 ↔ 2NH3 + Q bosim oshganda muvozanat qaysi yo`nalish tomon siljiydi.
1. chapdan o`ngga 2. o`ngdan chapga 3. siljimaydi.
A. 1. V.2 S. 3 D. 1 va 2 E. 2 va 3
Bunda D va Ye muqobil javob bo`lolmaydi. Chunki, masalan, Ye ni olsak, bir vaqtning o`zida bosim oshganda muvozanat o`ngdan chapga siljiydi va siljimaydi deyish ma'nosizdir va test mazmunini chigallashtiradi. Demak, testning to`g`ri javobi 1 ta bo`lganda xar bir xarfga 2 ta bir-biriga qarama-qarshi javob joylashtirish tavsiya qilinmaydi. Bunday xollarda savol va javobning shaklini o`zgartirib, muqobil javoblar ko`paytiriladi. Masalan, 2-misolni quyidagicha ifodalash mumkin. Ushbu qaytar reaktsiyada 3H2 + N2 ↔ 2NH3 + Q muvozanatni qanday ta'sir yordamida chapdan o`ngga siljitish mumkin?
A. Bosimni oshirib, B. bosimni kamaytirib, C. temperaturani oshirib, D. NH3 ningkontsentratsiyasini oshirib, Ye. N2 ning kontsentratsiyasini kamaytirib
To`g`ri javob A.
Bitta test savolidan muqobil javoblarining 2 tasi yoki 3 tasi to`g`ri bo`lgandagina xar bir xarfga bir necha javoblarni joylashtirish tavsiya qilinadi.
3-misol. Temir o`z birikmalarida qanday oksidlanish darajasini namoyon qiladi?
1) +2; 2) +3; 3) +4; 4) +6
A. Faqat 2 V. Faqat 3, S. 2 va 3 D. 1,2 va 3 E. 1,2,4.
Javoblardan bittasi to`g`ri bo`lgan testda to`g`ri javobni aniqlash muxim bo`lsa, 2 tasi yoki 3 tasi to`g`ri bo`lgan javoblarda to`g`ri va to`liq javoblar majmuasini topish muximdir. Bu testda to`g`ri javob Ye. Qolgan javoblar to`liq bo`lmaganligi uchun ular inkor etiladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling