Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet87/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

1-misol. Elementning kimyoviy xossasini o`zida saqlaydigan eng kichik zarracha:
A. molekula. B. element, C. yadro. D. atom. Ye. proton deb ataladi.
2-misol. Avogadro soniga teng miqdorda zarrachalar saqlaydigan modda miqdori.
A. atom massa, B. molekulyar massa, C. ekvivalent massa, D. mol
E. gramm deyiladi.
Jonlashtirish uchun savollar

1. Tuzilgan testlarni taqdimot qiling.




11-laboratoriya mashg’uloti: Olimpiada uchun masalalar tuzish metodikasi


Ishning maqsadi: Talabalarda olimpiada uchun masalalar tuzish metodikasini shakllantirish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter, asbob,marker,A4 qog’oz va reaktivlar.
O’quvchi yoshlar o’rtasida fan olimpiadasini o’tkazishning asosiy maqsad va vazifalari:
a) o’quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish;
b) o‘quvchilarda o‘zlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishlarini oshirish;
c) kelajakda o‘quvchilarni o`zlari qiziqgan kasbini to‘g’ri tanlashida ko‘maklashish.
Fan olimpiadasining vazifalari:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlаrni аniqlаsh vа yuqori mаlаkаli kаdrlаr tаyyorlаshning uzluksiz tizimini tаshkil etish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа” PQ-4306 qаrori hamda ushbu Nizom talablari asosida ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo’lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash hamda tarbiyalashga qaratilgan ijodiy izlanishlari va mehnatini ro‘yobga chiqarish;
b) qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash, rag’batlantirish va kamolotga yetkazish jarayonida oliy ta’lim muassasasi va maktablarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish;
c) fan olimpiadasining g’oliblari orasidan kimyo fani bo`yicha xalqaro olimpiadalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladigan o‘quvchilarni aniqlash va ularga kerakli tavsiyalar berish.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling