Tabiiy fanlar fakulteti


II BOB. O`ZBEKISTONDA TARQALGAN YALPIZNAMOLAR QABILASIGA MANSUB YALPIZDOSHLAR –LAMIACEAE L. OILASI O‘SIMLIKLARINING SISTEMATIK TARKIBI


Download 1.17 Mb.
bet3/6
Sana11.06.2020
Hajmi1.17 Mb.
#117465
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zuhriddin kurs ishi

II BOB. O`ZBEKISTONDA TARQALGAN YALPIZNAMOLAR QABILASIGA MANSUB YALPIZDOSHLAR –LAMIACEAE L. OILASI O‘SIMLIKLARINING SISTEMATIK TARKIBI


2.1. Lamiaceae oilasining umumiy tavsifi

Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi Yalpizkabilar kichik sinfi, Yalpiznamolar qabilasiga mansub yer yuzidagi eng yirik oilalardan biri hisoblanadi. Uning vakillari asosan issiq va mo`tadil iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Bu oilaga 200 ga yaqin turkum va 3000 tur kiradi. O`rta Osiyoda 53 turkumga mansub 360 tur, O`zbekistonda esa 39 turkumga mansub 238 tur, Farg`ona vodiysida esa 26 turkumga oid 59 tur o`sishi ma‘lum. Yalpizdoshlar oilasi O`zbekiston florasida ham keng tarqalgan oilalardan biri bo`lib, foydali turlarga boyligi bilan boshqa oilalardan ajralib turadi.

Yalpiz, Marmarak, Kiyiko`t, Bozulbang, Tog`rayhon, Limono`t, Arslonquyruq kabi turkumlarning vakillari juda qadimdan beri tibbiyotda, oziq ovqat, qandolatchilik va parfyumeriya sanoatida foydalanib kelinmoqda.

Bu katta oilaga o`t, chala buta va buta o`simliklari kiradi. Poyasi 4 qirrali buta shaklida qarama-qarshi joylashdi. Yon barglari bo`lmaydi. Gullari zigomorf, ikki jinsli gultojisi 2 ta tojbargining qo`shilib o`sishidan vujudga kelgan bo`lib, qalpoqsimon yoki yassi shaklda bo`ladi.

Ostki 3 ta tojbargdan vujudga kelgan bo`lib, yotiq holatda yoki pastga egilib turadi va aksariyat o`simliklarda bu tojibarglarning o`rtadagisi 2 ga ajralgan bo`ladi. Kosachalari besh tishli, barglari qo`shilib o`sgan bo`lib ba‘zan ikki labli bo`ladi va lablarning ustki 3 ta tojbargdan, ostkisi 2 ta tojbargdan tuziladi changchilari 4 ta gultoj naychasiga qo`shilib o`sadi va oldingi 2 tasi keyingi 2 tasiga qaraganda uzunroq bo`ladi. Ba‘zan 2 tagina changchi bo`lib qolgan changchilar reduksiyalangan urug`chilari 2 ta mevacha bargdan tuzilgan tugunchali ustki 4 uyalidir. Gullarning bandi juda qisqa bo`lib gullar uchki barglarining qo`ltig`ida oddiy to`pgullarga to`plangan bu kichik to`pgullar esa shingil boshcha yoki ro`vakga o`xshash murakkab to`pgullar hosil qiladi. Gulning changi tumshuqchasidan oldin yetiladi. Gullar hashoratlar yordamida chetdan changlanadi. Mevalari bir urug`li 4 ta yong`oqchaga ochiladi. Urug`ida endosperm bo`ladi. Labgullilarning aksari turlari efir moyli o`simliklardir. Labguldoshlar oilasining 200 turkumi va 3500 turi bor. Ular butun yer yuzining deyarli hamma joyida uchraydi va o`rmon, dasht, sahro va tog`larda o`sadi. Gul formulasi:

Ca(5) Co(2/3) A4 G( 2)

Yalpiz turi (Mentha). Ko`p yillik o`t o`simliklari bo`lib efir moylidir. Bu oilaning vakillari asosan zax yerlarda, ariq va kanal bo`ylarida tarqalgan O`zbekiston florasida Osiyo yalpizi (M.asiatica) keng tarqalgan. Cho`l yalpiz (M. arvensis) va jingalak yalpizlar (M. crispa) ekiladi.

Oddiy rayhon-(Acimum basilicum). Bir yillik o`t o`simlik, uning oq rayhon, qora rayhon, osh rayhon, turlari ma‘lum. Ular ziravor va xushbo`y o`simlik sifatida ekiladi.

Yasnotkalar turkumi - Lamium. Bir va ko`p yillik o`t o`simliklar. O`zbekiston florasida pushti yasnotka (L.amplexicanle) va oq yasnotka (L.alla) turlari begona o`t sifatida o`sadi. L.alla dori tayyorlashda ishlatiladi. Ular asal beruvchi o`simlik hisoblanadi.

Kiyiko`tlar turkumi - Ziziphora. Bular tarkibida efir moylari bor bir yillik va ko`p yillik o`tlardir.

Tog` jambili (Origanum)- Faqat bir turi (O.tythantum) O`zbekiston florasida tarqalgan.

Lavanda turkumi - Lavandula. Asl lavanda L.vera bu gullari ko`p yoki to`q binafsha rangli juda xushbo`y hidli chala butadir. Efir moyi olish uchun Qrimda, Kavkazda va Moldaviyada ekiladi. Efir moyidan odekolonlar tayyorlanadi. Quritilgan gullari kiyimlarni kuyadan saqlash uchun sepiladi. Bu oila vakillari efir moyiga boy bo`lgandan ularning ko`pgina vakillari efir moyi olish uchun ekiladi. Masalan Mavrak (muskat mavragi), lavanda, nano va boshqalar. Bulardan olingan efir moyi atir upa sanoatida, ovqat va likyor-aroq ishlab chiqarish sanoatida qo`llaniladi. Bir necha turlari masalan, tog` jambili, logoxillus, limono`ti, jingalak nano, dori mavrak, arslonquyruq va boshqalar tibbiyotda ishlatiladi. Yalpiz, osh rayhon, jambil va boshqalar ovqat mazasini yaxshilashda ishlatiladi.



Lamiaceae oilasi vakillarining tarqalish areali 2.1.1-jadval




Ajuga turkestanica (Regel) Briq.

Pomir-Oloy (Hisor tizmasi va uning janubiy-g`arbiy tizmasi, Darvoz, Janubiy Tojikiston, Ko`xitang past tog`ligi)

Pomir-Oloy endemi



Teucrium scordioides Schreb.

Olako`l botig`i, Balxashbo`yi cho`li, Ili d.vodiysi, Muyunqum, Chuy daryosi etagi Sariqsuv, Sirdaryo daryo vodiysi, Chirchiq, Zarafshon, Surxandaryo, Farg`ona vodiysi, Mirzacho`l, onda-sonda Tyan-Shanda va Pomir-Oloyda, Pomirdan tashqari Kopet-Tog`da






Scutellaria adenostegia Briq.

Surxandaryo daryo vodiysi, Tyan-Shan (Susamir, Uzun-Axmat, Norin daryosi o`rta oqimi tog`lari, tizmalari Chotqol, Qurama, Farg`ona tizmalari), Pomir-Oloy (Turkiston, Oloy tizmalari, Oloy vodiysi, Zarafshon, Hisor, Qorategin, Pyotr I, Darvoz, Bobotog` tizmalari, Janubiy Tojikiston past tog`ligi)

Tog`li O`rta Osiyo endemi



Scutellaria adsurgens Popov

Tyan-Shan (Qoratog`, Talas, Olatov, Korjontog`, Ugom, Chotqol, Qurama tizmalari)






Scutellaria angrenica Juz. & Vved.

G`arbiy Tyan-Shan(Angren daryosi havzasi, Qurama tizmasi shimoliy qiyaligi- Laylak-soy)

Oxangaron daryosi O`zbekiston endemi



Scutellaria anitae Juz.

Pomir-Oloy (Hisor tiz., Sardai-Mion daryosi havzasi)

Janubiy-G`arbiy Pomir-Oloy, O`zbekiston endemi



Scutellaria baldschuanica Nevski ex Juz.

Pomir-Oloy (Bobotog`, Janubiy Tojikiston past tog`ligi)

Janubiy Pomir-Oloy endemi



Scutellaria botschantzevii M.N. Abdull.




Nurota tog`lari endemi, O`zbekiston endemi



Scutellaria bucharica Jus.

Pomir-Oloy (Cho`lbair tog`lari, Bobotog` tiz.)

Janubiy-G`arbiy Pomir-Oloy, O`zbekiston endemi



Scutellaria colpodea Nevski

Surxandaryo daryo vodiysi, Pomir-Oloy (Hisor, Ko`xitang, Bobotog` tizmalari)

Janubiy-G`arbiy Pomir-Oloy, O`zbekiston endemi



Scutellaria comosa Juz.

Farg`ona vodiysi, Dasht yalanglik, Tyan-Shan(Chotqol, Farg`ona, Mo`g`ultog` tizmalari), Pomir-Oloy (Oloy vodiysi, Turkiston, Nurota, Oloy, Zarafshon tizmalari)






Scutellaria cordifrons Juz.

Tyan-Shan (Qoratog`, Talas, Olatov, Korjontog`, Ugom, Pskom, Sandalash, Chotqol, Qurama tizmalari), Pomir-Oloy (Turkiston tizmasi)






Scutellaria cristata Popov

Pomir-Oloy (Vaxsh, Bobotog` tizmalari, Janubiy Tojikiston past tog`ligi)

Janubiy Pomir-Oloyning endemi



Scutellaria fedtschenkoi Bornm.

"Surxon-Sherobod vodiysi, Pomir-Oloy (Hisor tizmasi, Ko`xitang tizmasi)

Janubiy-G`arbiy Pomir-Oloy, O`zbekiston endemi



Scutellaria filicaulis Regel

"






Scutellaria galericulata L.

Tyan-Shan (Talas Olatovii: Kalba daryosi xavzasi, Qurama, Farg`ona tizmalari), Pomir-Oloy (tizmalari Oloy, Oloy orti, Turkiston, Zarafshon, Hisor, Pyotr I)






Scutellaria glabrata Vved.

Zaysan tog` havzasi, Qozog`iston m., Balxashbo`yi cho`li, Turgay botig`i, Orolbo`yi sahrolari, Katta Barsuklar, Muyunqum, Chuy daryosi vodiysi, Sariqsuv, Sirdaryo daryo vodiysi, Amudaryo daryo vodiysi, Farg`ona vodiysi, Zarafshon daryo vodiysi, Qoratovatrofi tog` etagi tekisligi, Toshkent va Samarqand sh.atrofi, Qashqadaryo daryo havzasi, Tarbagatay, Jung`or Olatovi, Tyan-Shan(Iliy orti Olatovi, Kungey Olatovi, Terskey Olatovi, Qirg`iz Olatovi, Talas Olatovi tizmalari, Norin daryosi o`rta oqimi tog`lari, Qoratog`, Korjontog`, Chotqol, Qurama tizmalari), Pomir-Oloy (Turkiston, Molguzar, Zarafshon, Hisor tizmalari, Janubiy Tojikiston past tog`ligi)






Scutellaria guttata Nevski ex Juz.

Pomir-Oloy (tizmalari Turkiston, Molguzar, Nurota, Zarafshon, Hisor)

Hisor-Darvoz, O`zbekiston endemi



Scutellaria haematochlora Juz.

Pomir-Oloy (Hisor tiz.: To`palang daryosi havzasi, Sangardak)






Scutellaria heterotricha Juz. & Vved.

Tyan-Shan (Korjontog`, Ugom, Pskom, Chotqol, Qurama tizmalari)






Scutellaria hissarica B. Fedtsch.

Pomir-Oloy (Ko`xitang tizmasi)

Hisor tizmasi endemi



Scutellaria holosericea Gontsch. ex Juz.

Pomir-Oloy (Hisor tizmasi)

Hisor-Darvoz, O`zbekiston endemi



Scutellaria immaculata Nevski ex Juz.

Pomir-Oloy (Hisor tizmasi: Tupalang daryosi xavzasi i Shatrut)






Scutellaria intermedia Popov

Tyan-Shan (Talas Olatovi, Qoratog`, Korjontog`, Ugom, Pskom, Chotqol, Qurama, Farg`ona, Mo`g`ultog` tizmalari), Pomir-Oloy (Oloy, Turkiston, Molguzar, Nurota tizmalari)






Scutellaria iskanderi Juz.

Tyan-Shan(Farg`ona, Qurama, Mo`g`ultog` tizmalari), Pomir-Oloy (Turkiston, Nurota: Oqtov tog`lari, Xobduntov, Zarafshon tizmalari)






Scutellaria leptosiphon Nevski

Tyan-Shan(Qurama, Farg`ona tizmalari), Pomir-Oloy (Turkiston, Zarafshon tizmalari)






Scutellaria lipskyi Juz.

Surxon-Sherobod vodiysi, Pomir-Oloy (Zarafshon, Hisor, Ko`xitang tizmalari)

Hisor tizmasi, O`zbekiston endemi



Scutellaria microdasys Juz.

Pomir-Oloy (Hisor tizmasi)






Scutellaria microphysa Juz.

Toshkent atrofi dashtlari, Tyan-Shan(Qoratog`, Talas Olatovi Mashat, Korjontog`, Ugom tizmalari)






Scutellaria nevskii Juz. & Vved.

Pomir-Oloy (Turkiston, Zarafshon, Hisor(tizmalari)

Janubiy-G`arbiy Pomir-Oloy endemi



Scutellaria ocellata Juz.

Pomir-Oloy (Ko`xitang tizmasi)






Scutellaria oxystegia Juz.

Pomir-Oloy ( Oloy, Turkiston, Zarafshon, Pyotr Itizmalari)






Scutellaria phyllostachya Juz.

Tyan-Shan(Chotqol, Farg`ona tizmalari), Pomir-Oloy (Turkiston, Nurota, Oloy tizmalari)






Scutellaria physocalyx Regel & Schmalh.

Tyan-Shan(Ugom, Chotqol, Qurama tizmalari), Pomir-Oloy (Zarafshon, Hisor, Vaxsh, Darvoz tizmalari, Janubiy Tojikiston past tog`ligi)






Scutellaria pycnoclada Juz.

Pomir-Oloy (Turkiston, Oloy, Oloy vodiysi, Zarafshon, Hisor, Oloy orti Pyotr I, Vaxsh, Qorategin, Pomir tizmalari)






Scutellaria ramosissima Popov

Tyan-Shan(Korjontog`, Chotqol, Sandalash, Qurama, Farg`ona tizmalari)






Scutellaria schachristanica Juz.

Tyan-Shan(Norin daryosi o`rta oqimi tog`lari, Korjontog`, Ugom, Chotqol, Qurama, Mo`g`ultog`, Farg`ona tizmalari), Pomir-Oloy (Turkiston tizmalari: Guralash qo`riqxonasi)

G`arbiy Pomir-Oloy endemi



Scutellaria squarrosa Nevski

Pomir-Oloy (Turkiston, Zarafshon tizmalari)






Scutellaria striatella Gontsch.

Surxon-Sherobod vodiysi, Pomir-Oloy (Turkiston, Molguzar, Zarafshon, Hisor, Ko`xitang tizmalari)

Janubiy-G`arbiy Pomir-Oloy endemi



Scutellaria villosissima Gontsch. ex Juz.

Pomir-Oloy ( Bobotog` tizmasi, Janubiy Tojikiston past tog`ligi)

Hisor-Darvoz, O`zbekiston endemi



Drepanocaryum sewerzowii (Regel) Regel

Pomir-Oloy (Hisor tizmasi)






Thuspeinantha persica (Boiss.) Briq.

Qizilqum (Oqtov tog`lari), Amudaryo daryo vodiysi(Termiz sh.atrofi), Farg`ona vodiysi, Zarafshon daryo vodiysi (Qoratog` tog`lari), Tyan-Shan(Chu-Iliy tog`lari, Issiqko`l ko`lining shimoliy qirg`og`i, Qirg`iz Olatovi: Uchbuloq, Syugat daryosi o`rta oqimi, Talas Olatovi: Ulkunburul tog`lari, Oqsuv daryo vodiysi, Qoratog`, Korjontog`, Chotqol tizmasi, Qurama tizmasi: Asht-Bolo, Kalqanoti tog`lari, Mo`g`ultog`) Pomir-Oloy (Turkiston, Molguzar, Oloy, Nurota, Zarafshon tizmalari, Zirabuloq-Ziadin tog`lari, Hisor tizmasi va uning janubiy-g`arbiy tizmasi, Bobotog`, Darvoz, Pyotr I, Ko`xitang, Qorategin, G`arbiy Pomir, Janubiy Tojikiston past tog`ligi), Kopet-Tog`, Katta Balxanlar,Badxiz






Marrubium anisodon Koch

Orolbo`yi sahrolari, Ustyurt, Qoratov etagi tekisligi, Qizilqum, Amudaryo d.havzasi, Sherobod vodiysi, Qoraqum,Badxiz, Katta Balxanlar






Sideritis montana L.

Ustyurt, Mangishloq, Qizilqum, Mirzacho`l, Tyan-Shan(Chu-Iliy tog`lari, Ketmontov, Iliyorti Olatovi, Kungey Olatov, Terskey Olatov, Ichkeletov tog`lari, Talas Olatovi, Qoratog`, Korjontog`, Ugom, Pskom, Chotqol, Qurama, Mo`g`ultog`, Farg`ona tizmalari, Toshkent sh.atrofi), Pomir-Oloy (Oloy, Turkiston tizmalari, Sariqtov tog`lari va Xobduntov, Nurota, Zarafshon, Hisor tizmalari, Zirabuloq-Ziadin tog`lari, Bobotog`, Ko`xitang, Janubiy Tojikiston past tog`ligi, G`arbiy Pomir), Kopet-Tog`, Kichiki va Katta Balxanlar






Lophanthus ouroumitanensis (Franch.) Kochk. & Tzukerv.

Zaysan tog` havzasi, Qozog`iston m., Embin platosi, Quyi CHu, Farg`ona vodiysi, Jung`or Olatovi, Tyan-Shan, Pomir-Oloy (Sharq. Pomirdan tashqari), Kopet-Tog`






Lophanthus schrenkii Levin

Pomir-Oloy (Oloy, Turkiston, Zarafshon, Oloyorti, Hisor, Ko`xitang, Darvoz, Qorategin, Pyotr I, G`arbiy Pomir tizmalari, Janubiy Tojikiston past tog`ligi)






Lophanthus schtschurowskianus (Regel) Lipsky

Balxashbo`yi cho`li (Archali tog`lari), Qozog`iston m. (Qizilray tog`lari), Betpakdala, Qoratog` atrofi yonbag`ir tekisligi, Tarbagatay, Jung`or, Olatov, Tyan-Shan tizmalari (Chu-Iliy tog`lari, tizmalari Qoratog`, Korjontog`, Talas Olatovi, Iliyorti Olatovi, Qirg`iz Olatovi, Pskom, Chotqol, Farg`ona)






Lophanthus subnivalis Lipsky

Tyan-Shan(tiz. Farg`ona), Pomir-Oloy (tizmalari Oloy, Oloyorti, Turkiston, Nurota)






Lophanthus tschimganicus Lipsky

Pomir-Oloy (tizmalari Oloy, Turkiston, Zarafshon, Oloyorti, Hisor, Qorategin, Pyotr I, Oloy vodiysi, Sharqiy Pomir- daryosi xavzasi Kaindlar, Janubiy Tojikiston past tog`ligi)






Lophanthus virescens (Lipsky) Kochk.

Tyan-Shan (Talas Olatovi, Korjontog`, Pskom, Ugom, Chotqol, Qurama tizmalari)






Nepeta alatavica Lipsky

Pomir-Oloy (Oloy, Zarafshon, Hisor, Oloyorti, Ko`xitang, Pyotr I tizmalari Janubiy Tojikiston past tog`ligi)






Nepeta bracteata Benth.

Tyan-Shan(Qirg`iz Olatovi, Talas Olatovi, Korjontog`, Ugom, Pskom, Chotqol tizmalari)






Nepeta bucharica Lipsky

Pomir-Oloy (Turkiston, Zarafshon, Ko`xitang, G`arbiy Pomir tizmalari)






Nepeta cataria L.

Tyan-Shan(Talas Olatovi, Chotqol, Farg`ona, Uzunaxmaty, Atoynak tizmalari), Pomir-Oloy (Zarafshon, Hisor, Petr I, Darvoz, Qorategin, G`arbiy Pomir tizmalari, Janubiy Tojikiston past tog`ligi)






Nepeta formosa Kudrjasch.

Turgay botig`i, Balxashbo`yi cho`li, Orolbo`yi sahrolari, Sirdaryo daryo vodiysi, Ustyurt, Mangishloq, Amudaryo daryo vodiysi, Toshkent atrofi dashtlari; Jung`or Olatovi, Tyan-Shan(Iliyorti Olatovi, Chu-Iliy tog`lari, Qirg`iz Olatovi, Kungey Olatov, Terskey Olatov, Talas Olatovi, Qoratog`, Korjontog`, Ugom, Pskom, Chotqol, Qurama, Farg`ona, Atoynak tizmalari); Pomir-Oloy (Oloy, Turkiston, Nurota, Zarafshon, Oloyorti, Hisor, Ko`xitang, G`arbiy Pomir tizmalari, Janubiy Tojikiston past tog`ligi), Kopet-Tog`, Katta Balxanlar






Nepeta kokanica Regel

Tyan-Shan(i Qoratog`, Chotqol, Uzun-Axmat, Farg`ona, Atoynak tizmalar); Pomir-Oloy (Oloy, Turkiston, Zarafshon, Hisor, Darvoz, Qorategin, Pyotr I tizmalari, Janubiy Tojikiston past tog`ligi)






Nepeta lipskyi Kudrjasch.

Pomir-Oloy (Oloy, Turkiston, Zarafshon, Hisor, Darvoz, Qorategin, Pyotr I tizmalari, Janubiy Tojikiston past tog`ligi)






Nepeta mariae Regel

Pomir-Oloy






Nepeta maussarifi Lipsky

Tyan-Shan, Pomir-Oloy






Nepeta micrantha Bunge

Pomir-Oloy (Zarafshon, Hisor tizmalari)






Nepeta olgae Regel

Turgaybotig`i, Alakul botig`i, Balxashbo`yi, Orolbo`yi sahrolari, Betpakdala, Sirdaryo daryo vodiysi, Qizilqum, Jung`or Olatovi, Tyan-Shan(Kungey Olatov, tizmalari Norin d.o`rta oqimi tutashmasi, Iliyorti Olatovi, Chu-Iliy tog`lari, Qoratog`), Pomir-Oloy (Turkiston, Zarafshon, Hisor, G`arbiy Pomir tizmalari)






Nepeta Pomirensis Franch.

Sirdaryo daryo vodiysi, Qizilqum, Farg`ona vodiysi, Surxon-Sherobod vodiysi






Nepeta pannonica L.

Pomir-Oloy (tizmalari Oloy, Hisor, Petr I, Pomir)






Nepeta podostachys Benth.

Zaysan tog` havzasi, Qozog`iston m., Turgaybotig`i, Balxashbo`yi cho`li, Saur, Tarbagatay, Jung`or Olatovi, Tyan-Shan (Ketmontov, Iliyorti Olatovi tizmalari, Chu-Iliy tog`lari, Kungey Olatov, Terskey Olatov, Qirg`iz Olatovi, Talas Olatovi, Qoratog`, Korjontog`, Chotqol, Farg`ona, Kavaktau), Pomir-Oloy (Oloy, Zarafshon, Hisor, Qorategin, Darvoz, Pyotr I tizmalari, Janubiy Tojikiston past tog`ligi)




Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling