Tabiiy fanlar fakulteti


Download 1.17 Mb.
bet1/6
Sana11.06.2020
Hajmi1.17 Mb.
#117465
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zuhriddin kurs ishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI
Biologiya ta’lim yo’nalishi 1-kurs, 19.58-guruh talabasi

JO`RAYEV ZUHRIDDIN NAJMIDIN O`G`LINING
«YALPIZNAMOLAR QABILASI»

mavzusidagi

Kurs ishi
Kurs ishi rahbari: botanika kafedrasi katta o`qituvchisi M.X.Akbarova

Farg’ona – 2020

MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3

I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI…………………………………………….6

II BOB. O`ZBEKISTONDA TARQALGAN YALPIZNAMOLAR QABILASIGA MANSUB YALPIZDOSHLAR –LAMIACEAE L. OILASI O‘SIMLIKLARINING SISTEMATIK TARKIBI


2.1. Lamiaceae oilasining umumiy tavsifi ……………………………………….11

III BOB. LAMIACEAE OILASI SHIFOBAXSH VA DORIVOR TURLARNING BIOEKOLOGIK XOSSALARI

3.1. Lamiaceae oilasi o‘simliklari tarkibi…………………………………………34

3.2. Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklar konspekti va tahlili…….39

XULOSALAR……………………………………………………………………47

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..49


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston florasi ko`plab foydali, dorivor, efir moyli va manzarali o`simlik turlariga boyligi bilan boshqa floralardan ajralib turadi. Aksariyat o`simlik turlari meditsinada, kulinariyada, ko`kalamzorlashtirish va shu boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Biroq, O`zbekiston florasidagi foydali ahamiyatga ega o`simlik turlari, turkumlari va oilalari hali to`la to`kis o`rganilgan emas. Kishilarning kundalik hayotida yoki ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida mahalliy bioxilma-xillikdagi ko`plab o`simlik turlari hali o`z o`rnini topgani yo`q. Yana bir faktni aytish mumkinki, dunyo florasidagi 300 000 dan ortiq o`simlik turlaridan faqatgina 2500 ga yaqin o`simlik turlari odamlarning kundalik turmush tarzida u yoki bu darajada ishlatiladi, xalos.

O`zbekiston xududida 4300 ga yaqin o`simlik turlari tabiiy sharoitda yovvoyi holda uchraydi. Ulardan 120 ga yaqin turlar rasmiy ravishda farmakologiya ro`yhatidan o`tgan turlar hisoblanadi. Olimlarning ma‘lumotlariga ko`ra, O`zbekiston florasidagi 2000 ga yaqin o`simlik turlari halq tabobatida turli darajada ishlatiladi, xalos. Qolgan o`simlik turlarining foydalilik xususiyatlari yoki ularni kundalik turmushda ishlatilishi borasidagi ma‘lumotlar yetarli darajada emas.

Bunday holat mahalliy biologik xilma-xillik ob‘ektlarini yanada ko`proq o`rganish lozimligini belgilaydi. Flora tarkibini, ayniqsa mavjud oilalarning sistematik va floristik nuqtai nazardan o`rganish va uning keng ko`lamli tahlilini amalga oshirish bu botanika fanining dolzarb mavzulardan biri bo`lib qolmoqda. Ayniqsa, aholi o`ta zich joylashgan va kishilarning kundalik turmush tarzi atrof muhitga ta‘sir ko`rsatishi bilan qattiq bog`liq bo`lgan xududlarda bunday tadqiqotlarning nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyati yanada yuqori bo`lib bormoqda.

Yalpiznamolar qabilasini o`rganar ekanmiz, bu qabila sistematik jihatdan xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lamiz. Bu qabilaning O’zbekiston o’simliklar qoplamida o’ziga xos o’rni mavjud. Qabila vakillarining turlari yildan-yilga kamayib bormoqda. Kamayib borishiga asosiy sabab biotik, abiotik va antropogen omillar ta`siri natijasidadir.



Mavzuning o`rganilganlik darajasi. O`zbekistonda olib borilgan botanik izlanishlar ichida aynan Yalpiznamolar qabilasiga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar, manbalar va ilmiy adabiyotlarning, shuningdek, oilaning turlari ro`yhatini tuzilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Kurs ishining maqsadi. O`zbekistonda tarqalgan Yalpiznamolar qabilasiga mansub o`simliklarining zamonaviy holati, o`simlik jamoalarining xilma-xilligi, tur tarkibi, turlar morfologiyasi, tarqalish mintaqalari, hayotiy shakllari, xalq xo`jaligi va xalq tabobati hamda ilmiy meditsinada qo`llanilish usullarini o`rganish.

Kurs ishining vazifalari:

─ Yalpiznamolar qabilasiga umumiy tavsif;

─Yalpiznamolar qabilasining zamonaviy holatini o`rganish;

─Yalpiznamolar qabilasining turlar tarkibini aniqlash, kamyob va endem turlarning kamyoblik maqomini o`rganish

─ ayrim vakillarining morfologiyasini, bioekologik xususiyatlarini o’rganish;

─ taksonomik tahlil;

─ hayotiy shakllari va tarqalish mintaqalarini yoritib berish;

─ xalq xo`jaligi va tabobatda ahamiyatini o`rganish;



Kurs ishining ob`ekti: O`zbekistonda tarqalgan Yalpiznamolar qabilasi vakillari;

Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Yalpiznamolar qabilasi ayrim vakillarining morfologiyasi, bioekologik xususiyatlari va ahamiyati ilmiy adabiyot manbalari asosida o`rganildi:

  • O`zbekiston florasidagi Lamiaceae oilasi dorivor o`simliklarining 69 tur, 26 turkumdan iborat bo‘lgan zamonaviy konspekti tuzildi;

  • dala tadqiqotlari va gerbariy namunalarini o‘rganish orqali Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari taksonomik tarkibi va alohida turlarning tarqalishi haqidagi ma’lumotlar aniqlandi va to‘ldirildi;

  • O`zbekiston florasidagi Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari hayotiy shaklining turli guruhchalari o‘rtasidagi nisbatlari o‘rganildi;

  • Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklarining endemizm ko‘rsatkichi aniqlandi, ular Lamiaceae oilasining 29% dan ko‘prog‘ini tashkil qilishi aniqlandi;

Natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, olingan natijalar Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o‘simliklar dunyosidan oqilona foydalanish va uni saqlash tizimini ishlab chiqish uchun asos sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, u kamyob va yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simlik turlarining davlat kadastrini tuzish uchun, yovvoyi dorivor o`simliklarni madaniylashtirishga doir o‘tkaziladigan izlanishlar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Kurs ishi quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:

Klassik floristik, solishtirma-morfologik, floristikaning solishtirma-geografik usullari, O`zbekiston florasi, O`rta Osiyo o`simliklari aniqlagichi, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ni tahlil qilish va kuzatishlarimizga asoslangan.



Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 3 bob, 4 bo`lim, umumiy xulosa va tavsiyalar, 4 ta rasm, 6 ta jadval, adabiyotlar ro`yhatidan iborat. Umumiy hajmi 50 sahifa kompyuter matnidan tashkil topgan.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling