Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi
Download 333.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
molekulyar biologiya
o ‘rganadi. XX asr ning o ‘rtalariga kelib biologiyada ilmiy inqilob ro‘y berdi. Bu asr ning ikkinchi yarmida esa hujayraning moddiy tuzilishi, strukturasi va unda sodir bo‘ladigan jarayonlar o ‘rganiladi “Hujayra - bu bi ologiyada o ‘ziga xos atomdir. Xuddi turli kimyoviy birikmalar atom- lardan tashkil topgani singari, tirik organizmlar ham yirik sondagi hujayralarning jam lanishidan tashkil topadi. Hujayra ham atomlar singari bir-birlariga juda o ‘xshashdirlar. Har bir hujayra o ‘rtasida yadro deb ataluvchi qattiq qism mavjud. U yarim y og‘li sitoplazmada suzib yuradi. Bularning barchasi hujayra mem- branasida joylashgan (Dj. Kendryu “Hayot ipi”). Hujayraning asosiy moddasi - bu oqsillar bo‘lib, ularning mole- kulasi odatda bir necha yuz aminokislotalardan iborat boMadi. Barcha tirik mavjudotda genetik apparat tomonidan belgilanadigan o ‘zining alohida oqsillari boMadi. Hujayra aynan shu genetik apparat uchun kerak. Bu apparat hujayraning yadrosida joylashadi va u hujayrasiz mavjud bo"la olmaydi. Agar hujayraga organizm uchun zararli bakteriya yoki begona 74 sanalgan modda tushib qolsa, unda immunitet tizimi ularga qarshi kurashadi. Immunitet tizimi adashib yuruvchi hujayralar to‘plamidir. Ular hayvonlarda ovqat hazm qilishiga, insonlarda esa himoyala- nishga xizmat qiladilar. Immunitet nazariyasi rus olimi 1.1. Mech- nikov tomonidan ishlab chiqilgan. Organizmga kelib tushadigan oqsillar aminokislotalarga ajralib keti- shadi, so‘ngra ulardan xususiy oqsillar yaratib olinadi. Nuklein kislota- lar reaksiyalami boshqaruvchi fermentlar yaratishadi. Barcha ferment lar oqsillardan tashkil topgan. Ferment dirijyor vazifasini o'taydi. Har bir hujayrada minglab ana shunday “dirijyor - ferm enf’lar bor. Tarkibida gemoglobin mavjudligi uchun ham qon qizil rangda bo‘ladi. Gemoglobin o'pkadan teriga kislorodni tashib turadi. Bitta gemoglobin molekulasi bir martada to ‘rtta kislorod molekulasini bog'lab olishi mumkin. Hujayra ichida kislorod diffuziyalanadi. Molekulyar biologiya ikkita fan fizika va biologiyaning hamkor- ligi natijasida yaratildi. Organizmning rivojlanish jarayoni uchta muhim tarkibiy qismdan tashkil topadi: • jinsiy ko‘payishdagi urug'lantirish; • hujayrada berilgan matritsa bo‘yicha kerakli modda va struk- turalami ko‘paytirish. • hujayraning bo‘linishi, uning natijasida organizm o ‘sadi. Inson hujayrasida DNK (dezoksiribonukleinli kislota) - 23 juft xromosomada taqsimlangan va 1 mlrd juft asosga ega bo'ladi. Uning uzunligi 1 metmi tashkil etadi. Agar bir insondagi barcha hujayralar DNKlarni zanjir qilib ulab chiqsak, u butun Quyosh sistemasini ayla- nib chiqishga yetgan bo‘lardi. Genlar ham xromosomalarda joylash- gan bo‘ladi. DNK molekulasining bitta oqsilni sintez qiluvchi qismi gen deyiladi (10-rasm). (“Barcha gen - bitta ferment” mashhur gipo- tezasi mavjud). 75 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling