Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi
Download 333.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
6.3. Genetika
Yerda hayot paydo bo‘lishi yuzasidan turli nuqtayi nazarlar mav jud. V.N.Vernadskiyning fikriga ko‘ra hayot Yer bilan bir paytda pay do bo'lgan. A.N. Oparin esa hayotga qadar, Yerdagi uzoq vaqt davom etgan kimyoviy evolyutsiya kuzatilgan deb hisoblaydi. Bu vaqt (3-5 mlrd yil) ichida murakkab organik moddalar v a protohujayralar pay do bo‘lgan. Protohujayralar o ‘z navbatida biokimyoviy evolyutsiya- sini boshlab bergan. Tabiiy organik moddalar uch xilda hosil bo'lishi m a’lum. A.I. Oparinning fikricha, organik moddalar okeanlarda eng sodda birikma- lardan hosil bo‘lgan. Bundagi sintez reaksiyalari uchun lozim bo‘lgan energiyani intensiv, quyosh radiatsiyasi yetkazib bergan (asosiy ener- giyani ultrabinafsha nurlanishi tashigan). Bu Yerda toki ozon qatlami 70 yaratilib. bu nurlanishning asosiy qismini yutib qolmagunicha davom etgan. Okeanlarda mavjud bo'lgan ko'p sonli oddiy birikmalar, Yer sirtining hududi, energiyaning yetarli ekanligi va vaqtning yetarli masshtabi okeanlarda asta-sekin organik moddalar to ‘planib borgan deb fikrlash imkonini beradi. Hosil bo‘lgan “dastlabki bulyon”dan hayot paydo bo‘lgan bo'lishi mumkin. Tirik tana tarkibiga kiruvchi istalgan bir murakkab organik birik- maning tuzilishi uchun uncha ko‘p bo ‘lmagan manomer bloklar to ‘plami (past molekulali birikmalar) lozim: 29 monom er (ulardan 20 ta aminokislota, 5 ta azotli asoslar) istalgan tirik organizmning biokimyoviy qurilishini tavsiflaydi. U aminokislotalardan (barcha oqsillar shundan tashkil topadi), azotli birikmalardan (nuklein kis- lotalaming tarkibiy qismi), energiya manbayi - glyukozadan, hu- jayraning membrasini va energiya zaxirasini yaratishga sarflanadigan yog‘lardan tashkil topadi. Uglerodli birikmalar “dastlabki bulyon”ni hosil qilganlaridan so‘ng, endi biopolimerlar paydo boMishi hamda o ‘ziga o ‘xshaganlarni ko‘paytirib berish qobiliyatiga ega bo‘lib qolishi mumkin. Sinergetikaning xulosasiga ko'ra hayotning paydo bo‘lishida ener giyaning ahamiyati moddanikidan aslo kam emas, chunki samodagi organik birikmalar issiqlik energiyasi, ultrabinafsha nurlar va elektr razryadlari energiyalari ta ’sir natijasida hosil bo‘lgan. Buni 1953-yil- da amerikalik olim S.Miller tajribalarda isbot etdi. Xulosa o'rnida, or ganik birikmalar asosan kosmik fazodagi moddalar va yulduzlarning energiyalari hisobiga hosil bo'lgan ekan deyish mumkin. Download 333.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling