Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi


Yerda hayotning boshlanishi -


Download 333.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/95
Sana20.10.2023
Hajmi333.38 Kb.
#1712027
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95
Bog'liq
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

Yerda hayotning boshlanishi -
bu oqsillami ishlab chiqarish xu- 
susiyatiga ega bo'lgan -
nuklein kislotalarning
paydo boTishi bi­
lan bog‘liqdir. Murakkab organik moddalarning oddiy tirik tanalarga 
o ‘tish mexanizmi hozircha nom a’lum bo‘lib qolmoqda. Biokimyoviy 
evolyutsiya nazariyasi faqat umumiy sxemani ilgari suradi, xolos.
Tirik organizmning xulq-atvorini aniqlovchi barcha jarayonlar hu- 
jayralarda sodir bo'ladi. Hujayra maxsus biomolekulalarni sintez qili­
shi va chiqindilardan xalos bo'lishi uchun lozim boMadigan iste’mol 
moddasini qabul qilish jarayonida - unda bir vaqtning o'zida minglab
71


kimyoviy reaksiyalar ro ‘y beradi. Tirik hujayra izotermik ximiyaviy 
mashina hisoblanadi, bu mashina normal - to‘xtovsiz ishlab turishi 
uchun fermentlar deb ataluvchi biologik katalizatorlar bo‘lishi kerak. 
Fermentlar tabiatan oqsil molekulalari bo‘lib, har bir ferment m a’lum 
bir tipdagi ximiyaviy reaksiyani katalizlaydi. Ular genlar ta ’sirini 
ro'yobga chiqaradigan hujayraning ishchi apparatidir. Hujayradagi 
biologik jarayonlar uchun 
fermentlar
katta ahamiyat kasb etadi (9- 
rasm). Ular ko‘pincha yuqori darajada ixtisoslashgan bo'lib, faqat
9-rasm. Ferment.
bitta reaksiyaga ta ’sir etishi mumkin. Ularning ish prinsipi 
shundaki, boshqa modda molekulalari ferment molekulasining faol 
qismlariga bog‘lanib olishga intiladi. Shu tufayli ularning to ‘qnashish 
ehtimoli va demakki kimyoviy reaksiyalar tezligi ham oshadi.
Oqsilning sintezi — hujayra sitoplazmasida amalga oshadi. Inson 
hujayrasining kattaligi mikrometrdan boshlab toki 1 m va undan or- 
tiq bo'ladi. Hujayra differensiallashgan bo'lishi mumkin (nervniki, 
muskulniki va h.k.) Ulardan ko'plari qayta tiklanish xususiyatiga ega 
bo'lishadi, lekin ba’zilari, masalan nerv hujayralari tiklanmaydi yoki 
deyarli tiklanmaydi.
Yadrosiz lekin DNK iplariga ega bo'lgan hujayralar hozirgi bak- 
teriyalarni eslatadi. Shunday qadimiy organizmlarning yoshi taxminan 
3 mlrd yilni tashkil etadi. Ular rang-barang xususiyatlarga ega: hara- 
katchanlik, ovqatlanish. ovqat va energiyani zaxirada yig‘ ib qo'yish, no-
72


maqbul ta’sirlardan himoyalanish, ko'payish, ta’sirlanish, o'zgaruvchan 
tashqi muhitga moslashish, o'sish qobiliyatiga ega bo'lish.
Keyingi bosqichda (taxminan 2 mlrd yil ilgari) hujayrada yadro 
paydo bo'lgan. Yadroli, bir hujayrali o rg an izm lar- oddiy organizmlar 
deyiladi. Ularning turi 25-30 mingdan iborat. Ularning eng oddiysiga 
amyobalar
misol bo'la oladi.
Taxminan 1 mlrd yil ilgari dastlabki ko'p hujayrali organizm­
lar paydo bo'lishgan. Shunda o'sim lik va hayvon turmush tarzlari 
bo'yicha ajralish paydo bo'lgan. O 'sim liklar uchun vujudga kelgan 
faoliyatning muhim natijasi fotosintez bo'ldi.
Xlorofill donachalari quyosh energiyasini yutishi oqibatida 
uglerodli kislotalar va suvdan organik moddalar yaratildi. Fotosintez 
kislorod ishlab chiqib, atmosferani boyitdi. Kislorod esa nafaqat faol 
kimyoviy agent, balki azonning manbasi ham hisoblanadi. Azon o 'z 
navbatida Yer sirtiga tushuvchi qisqa to'lqinli ultrabinafsha nurlar- 
ning yo'lida ishonchli to'siq vazifasini o'tay boshladi.

Download 333.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling