Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi


Download 333.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/95
Sana20.10.2023
Hajmi333.38 Kb.
#1712027
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
Bog'liq
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

Kimyoviy 
reaksiyalarni 
boshqarish 
imkoniyati. 
Bar­
cha kimyoviy reaksiyalarda o ‘zaro ta’sir dinamikasida yadro va 
elektronlaming harakati kuzatilmaydi. Ular kvant mexanikasi qo­
nunlari bilan aniqlanadi, chunki klassik mexanikada zarrachalarning 
o ‘zaro ta’siri alohida holda ko ‘rsatilmasdan, balki butun sistemada 
ko‘riladi. Sistemaning potensial energiyasi murrakab bo‘lib, u 
max
va 
miyi
chuqurliklardan iboratdir [11].
XX asming 60-yillar oxirida magnit maydonning molekulyar 
kristallarning foto o ‘tkazuvchanligiga va erkin radikallar ishtirokida 
boradigan reaksiyalarga ta ’siri o'rganildi. Agar reaksiya davomida 
spinlar oriyentatsiyalashuvi o ‘zgarsa, reaksiyaning borishi ehtimoli 
ham o ‘zgaradi.
Kimyoviy reaksiyalarni effektiv boshqarilishiga katalizator va in- 
gibitorlar ishlatish yo ‘li bilan erishish mumkin. Hozirgi vaqtda esa 
lazerlar ishlatish bilan boshqarishning samaradorligini oshirish mum­
kin. Masalan, og‘ir vodorodni termoyadro sintez haroratigacha in- 
fraqizil lazer nurlari yordamida isitish mumkun.
Nazorat savollari
1. Kimyoviy bog‘lanishlarning qanday turlarini bilasiz?
2. Kimyoviy formulalar yozilishining qaysi ko'rinishlarini bila­
siz?
3. Kimyoviy reaksiyalarda entropiya kamayishi mumkinmi?
4. Kimyoviy muvozanat deganda nima tushuniladi?
5. Kimyoviy reaksiyalar borishini qanday parametrlar orqali ku- 
zatish mumkin?
6. Kataliz deb nimaga aytiladi?
85


VIII bob. EKOLOGIYA VA BIOSFERA 
HAQIDAGI TA’LIMOT
Ilm-fan tarixidan tabiyotshunoslikka katta hissa qo'shib, o ‘zining 
kashfiyotlari bilan o ‘chmas iz qoldirgan juda ko‘p olimlarni bilamiz. 
XX asrning tabiyot bilimlari sohasida o'ziga xos o ‘ringa ega bo'lgan 
olimlardan biri sifatida V.I.Vemadskiyni alohida ko'rsatish lozim. 
Uning tadqiqotlari faqatgina tabiyot bilimlariga aloqador bo'libgina 
qolmay, hatto XX asrning ilmiy dunyoqarashini o'zgartirdi desak 
bo'ladi. Shuningdek, uning ilmiy ishlari biosfera evolyutsiyasidagi 
inson va uning ilmiy salohiyati o'rnini belgiladi. Bizni o'rab turgan 
tabiatga, insonning yashash muhiti sifatida yangitdan qarashga un­
dab, yangi dolzarb muammolarni ochib beradi. Ularning kelajakdagi 
yechilish yo'l-yo'riqlarini ko'rsatdi.
Tabiyotshunoslik sohasining XX asrdagi eng buyuk yutuqlaridan 
biri V.I.Vernadskiyning “ Biosfera” to'g'risidagi ta'limotidir. Birinchi 
bo'lib, bu yo'nalishda V.I.Vernadskiyning ustozi V.V.Dokuchayev 
tadqiqotlar olib borgan. U, o 'z e ’tiborini insonlarning moddiy va 
m a’naviy madaniyatini o'rab turgan tabiiy muhit bilan birligiga qa- 
ratdi. Agar V.V.Dokuchayevni bu muammoning amaliy aspektlari 
qiziqtirgan bo'lsa, V.I.Vernadskiy esa biosferaning noosferaga o'tish 
nazariy konsepsiyasini yaratish xususida izlanish olib bordi. U aso- 
san, insonning ilmiy asosda, yashash muhitini ongli o'zgartirishi ma- 
salalariga to'xtaldi.

Download 333.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling