Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi
Download 333.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2. V.I.Vemadskiy “Biosfera va tirik modda haqida”
13-rasm. Litosfera.
89 da hozirgi kundagi tabiatni o'rganishning tizimli metodlari shakllandi. Biotik yoki jonli omillaming abiotik yoki fizikaviy shart-sharoit- larga ta ’siri xususidagi izlanishlarda bunday yondashuvning natijalari tezda namoyon b o 'la boshladi. Masalan, dengiz suvining tarkibini k o ‘proq dengiz organizmlarining faolligi belgilashi aniqlandi. Qumli tuproqda yashovchi o'simliklar, tuproqning tuzilishini o ‘zgartiradi. Tirik organizmlar hatto bizning atmosfera tarkibini ham nazorat qiladi. Shunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin [12]. Bu misollar jonli va jonsiz tabiat o ‘rtasidagi qayta aloqa mavjudligi, va buning oqibatida tirik materiya o ‘ziga xos holda Yer ko'rinishini o ‘zgartirishiga guvohlik beradi. Shunday qilib, biosferani jonsiz ta- biatdan ajratib o ‘rganish noto‘g ‘ri b o ia r edi, sababi, bir tomondan biosfera jonsiz tabiatga tobe bo‘lsa, ikkinchi tomondan o ‘zi unga to'xtovsiz ta’sir o'tkazadi. Tabiatshunos olimlar o 'z oldilariga Yer yu- zasi va Yer po‘stida yuz berayotgan fizikaviy, kimyoviy va geologik jarayonlarga tirik materiya “qanday qilib” va “qancha miqdorda” ta’sir k o ‘rsatadi degan savollarga javob izlashni maqsad qilib qo'yganlar. Faqat shunday yondashuvgina “Biosfera konsepsiyasi” haqida to ‘liq tushuncha berishi mumkin. Aynan shunday vazifani bajarishni buyuk rus olimi V.I.Vemadskiy (1863-1945) o ‘z zimmasiga olgan. 8.2. V.I.Vemadskiy “Biosfera va tirik modda haqida” Bu konsepsiyaning asosi “tirik modda” tushunchasidan ibo rat. V.I.Vemadskiy uni tirik organizmlar majmuyi deb hisoblaydi. 0 ‘simlik va hayvonlardan tashqari V.I.Vemadskiy ular qatoriga geo- kimyoviy jarayonlarga ta ’siri bo'lgan tirik mavjudotlardan farq qiluv- chi, insoniyatni ham qo‘shadi. Birinchidan - bu farq o ‘zining jadalligi va geologik davr o ‘tishida kengayishi bilan; ikkinchidan - insonlaming har qanday faoliyati, ma'lum darajada qolgan tirik moddaga ta’sir qilishi bilan ajralib turadi. Inson ta ’siri, avvalo, ko'p sonli madaniy o ‘simliklar navi va uy hayvon- larining turlarida ko'rinadi. Bunday nav yoki turlar mavjud bo'lmagan, inson yordamisiz nobud bo'lgan yoki yovvoyilashib ketgan. Shu sa- 90 babli V.I.Vemadskiy tirik moddaning geokimyoviy ishini hayvonlar, 0 ‘simliklar va insonlarning umumiy faoliyatida deb qaragan. V.I.Vemadskiyning fikricha, avvallari jonli jism va ularning faoli- yati mevalarini xarakterlovchi ikkita asosiy omillarga e ’tibor beril- magan: Pasteming jonli jism larning o 'ziga xos xususiyati bo‘lgan, mole- kulalaming fazoviy disimmetriklik tuzilishi bilan bog'liq optik aktiv birikmalar ustunligi haqidagi kashfiyoti; tirik organizmlarning bios fera energetikasidagi hissasi va ularning jonsiz jism larga ta ’siri. Axir biosfera tarkibini nafaqat tirik modda, balki turli jonsiz jism lar ham tashkil etadi. V.I.Vemadskiy ularni “kosniy”, y a’ni “o ‘tgan” deb atadi (atmosfera, tog‘ jinslari, minerallar va h.k.), shuningdek, “bio- kosniy” - biologik va qotgan jism lar aralashmalari (tuproq, yuza suv lar va boshqalar)ni ham nazarda tutdi. Tirik modda biosferaning oz qismini tashkil etishiga qaramasdan, sayyoramiz ko‘rinishi o ‘zgarishi bilan b o g liq bo‘lgan asosiy geologik jarayonlarda muhim o ‘rin tutadi. Chunonchi, tirik modda, biosferaning belgilovchi kompo- nentlaridan biri ekan, biosferaning yaxlit tizimi ichida mavjud bo‘lib, rivojlana oladi deb ta ’kidlash mumkin. Shuning uchun V.I.Vemadskiyning - tirik organizm lar biosferaning funksiyasi bo ‘lishi bilan bir qatorda, u bilan moddiy va energetik nuqtayi na- zardan cham barchas bog'liq boMib, juda qudratli geologik kuchni belgilovchisi deb hisoblashi bejiz emas. Sayyoramizning astronom ik o ‘rni, eng avval quyoshgacha boMgan masofa va Yer o ‘qining Yer orbitasiga nisbatan o g ‘ishi, bios feraning mavjudligi va undagi biokimyoviy jarayonlar borishining bosh o ‘zagidir. Yer bunday joylashganligi sayyoradagi iqlimni bel- gilaydi. Iqlim esa mavjud barcha organizm larning hayotiy sikllariga o ‘z ta ’sirini o ‘tkazadi. Quyosh, biosferaning asosiy energiya man- bayi hisoblanib, barcha geologik, kim yoviy va biologikjarayonlarni boshqaradi. Energiyaning saqlanishi va o'zgarishi qonuni muallif- laridan biri Julius M ayeer (1814-1878), “H ayot — Quyosh nurining m ahsuli” degan edi. 91 Tirik moddaning qotgan moddadan asosiy farqini quyidagilarda ko‘rish mumkin: - tirik m oddada o ‘zgarishlar va jarayonlar qotgan mod- dalarga nisbatan tezroq kechadi. Shuning uchun tirik moddadagi o ‘zgarishlar ta ’riflanayotganda “tarixiy”, qotgan modda xususida “geologik vaqt” iboralari ishlatiladi. Misol tariqasida shuni aytish mum kinki, bir sekund geologik vaqt taxminan yuz ming yil tarixiy vaqtga to ‘g ‘ri keladi; - geologik vaqt mobaynida, tirik moddaning qudrati va biosfera- ning qotgan moddasiga ta ’siri ortadi. V.I.Vemadskiy ko‘rsatishicha, bu ta ’sir avvalo “atomlarning tirik moddadan, qotgan moddaga to'xtovsiz qayta oqim ida” namoyon boMadi; - geologik vaqt davrida faqat tirik moddada, organizmlarning si- fatli o ‘zgarishlari yuz beradi. Bu o'zgarishlarning kechishi va mexa- nizmlari Ch.Darvinning turlarning tabiiy tanlash yo‘li bilan paydo bo‘lishi nazariyasida ta’riflanadi; - tirik organizmlar, atrof-muhit o ‘zgarishlariga qarab o ‘zgaradi va moslashadi. Ch.Darvin nazariyasiga ko‘ra, ayni shu o ‘zgarishlarning yig‘indisi evolyutsiya uchun manba vazifasini o ‘taydi. V.I.Vemadskiy taxminicha, tirik modda, atrof muhitga bog‘liq bo'lm agan holda geologik vaqt mobaynidagi o ‘zgarishlarda ko‘rinadigan, o ‘zining evolyutsion jarayoniga ega b o ‘lishi mumkin. 0 ‘z fikrining tasdig‘i sifatida V.I.Vemadskiy hayvonlar markaziy nerv sistemasining to ‘xtovsiz o'sishi va uning biosferadagi ahami- yati, shuningdek, biosferaning maxsus uyushqoqligini dalil sifatida keltirdi. Uning fikricha, soddalashtirilgan holda bu uyushqoqligini “ biosferaning hech bir vakili, qachonlardir o ‘zi faoliyat yuritgan nuqtaga qaytm aydi” deb izohlash mumkin. Evolyutsiyaning to'xtovsiz jarayoni, organizmlarning yangi tur- lari paydo bo'lishi bilan birgalikda, butun biosferaga va shu qatorda tabiiy biologik qotgan jism larga o 'z ta ’sirini ko'rsatadi. Shunday qilib turlarning evolyutsiyasi sekin-asta kengayib, butun biosferaga o'tadi. Modomiki, evolyutsiya va yangi turlarning paydo bo' lishi, o'zining boshlang'ich nuqtasiga ega deb taxmin qilinsa, demak, o ‘z-o‘zidan 92 hayotning shunday nuqtasi bormi? Agar bor bo‘lsa uni qayerda izlash kerak, Yerdanmi yoki Koinotdanmi? Jonli jonsizdan paydo b o ‘lishi mumkinmi degan savollar vujudga kelishi tabiiy. Bu savollar xususida yuz yillar davomida din ulamolari, fayla- suflar va olim lar bosh qotirishgan. V.I.Vemadskiy esa, o ‘z davri- ning buyuk namoyandalari tom onidan berilgan fikrlarni sinchkov- lik bilan o ‘rganib chiqib, bu savollarga hanuz javob y o ‘q, degan to ‘xtamga keldi [13]. Hayotning abiogen yoki noorganik modda paydo bo‘lishi xusu sida hatto antik davr allom alari ham o ‘z farazlarini aytib o ‘tishgan. Masalan, Arastu (Aristotel) mayda organizmlar noorganik moddadan paydo bo‘lishi mumkinligini faraz qilgan. Eksperimental tabiiy bi- limlar va geologiya, poleantologiya, biologiya fanlarining rivoji bi lan bunday fikrlar emperik asoslanmaganligi tufayli tanqid ostiga olindi. XVII asming ikkinchi yarmida florensiyalik olim va shifokor F.Redining “jam i tirik materiya, tirik - jonlidan paydo bo'ladi” de gan qarash keng tarqaldi. Bu nuqtayi nazarning tasdig'i sifatida in- gliz fiziologi UiPm Garveyning (1578-1657) quyidagi fikrini kelti- rish mumkin: “Hamma tirik organizm tuxumdan paydo bo‘lgan”, shu bilan birga u hayotning abiogen y o ‘l bilan vujudga kelishini inkor etmagan. Ba’zi qarama-qarshiliklarga qaramay, V.I.Vemadskiyning biosfera to ‘g ‘risidagi ta ’limoti nafaqat jonli tabiatni, balki insoniyatning tari- xiy faoliyati va tabiat ajralmas aloqada ekanligini tushunishdagi yirik qadam edi. Download 333.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling