Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi
Download 333.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
Gidrosfera
— Yerning suv qobig‘i. Yuqori harakatli bo ‘lganligi sababli hamma yerda, hatto turli tabiiy jinslar tarkibida ham uchraydi. Natijada, atmosfera tarkibidagi eng toza suvlarda ham 10-50 mg/1 ga cha eritmalar mavjud. Gidrosferaning kimyoviy tarkibini asosan: Na, Mg, Ca, Cl, S, С kabi moddalar tashkil etadi. U yoki bu moddaning suvdagi konsentratsiyasi, o ‘simlik va hayvonlar uchun bu moddalar- ning zarurligini belgilamaydi. Tirik organizmlar o ‘zlashtiradigan eng zarur moddalar N, P, Si hisoblanadi. Okean suvlarining muhim xu- susiyati shundan iboratki, asosiy ionlar Dunyo Okeani hajmida do imiy mutanosiblikda bo‘ladi. Litosfera — cho‘kindi va magmatik jinslardan tashkil topgan Yer ning tashqi qattiq qobig‘idir. Hozirgi kunda M oxorovichich seysmik chegarasidan yuqorida joylashgan qattiq qatlamni “Yer qobig‘i” deb qabul qilinadi. Litosferaning yuza qatlamida jonli materiya, mineral 88 (noorganik) materiya bilan o'zaro aloqada bo'ladi, bu qatlam tuproq deb ataladi. Organizm qoldiqlari chirigandan so‘ng, “kum ushga” (tuproqning unumdor qatlami) aylanadi (13-rasm). M inerallar, or ganik moddalar, tirik organizmlar, suv va gaz tuproqning tashkiliy qismlari hisoblanadi. O, Si, Al, Fe, Na, Mg, Ca, К kabi elementlar litosferaning asosiy kim yoviy tarkibini tashkil etadi. Yer po‘sti og‘irligining deyarli yarmi va hajmining 92% kisloro- dga tegishli, shu o ‘rinda ta’kidlash joizki, kislorod jinslarni shakl- lantiruvchi minerallardagi boshqa elementlar bilan chambarchas bog'langan. Ya’ni bu holatga boshqacha izoh beradigan bo'lsak — Yer po‘sti-geologik rivojlanish davridagi kimyoviy bog‘langan kislo- rodning “qirolligidir”. Sekin-asta jonli va jonsiz tabiat orasidagi o'zaro aloqa, tirik or ganizmlar va ular paydo qilgan tizim lam ing ularni o ‘rab turgan fizi kaviy, kimyoviy va geologik omillarga qayta ta ’siri xususidagi fikr- mulohazalar olimlami ko‘proq qiziqtira boshladi. Oqibatda, aniq izlanish va tadqiqotlarda o ‘z tasdig‘ini topa boshladi. Bunga olimlaming tabiatni o ‘rganishdagi umumiy yondoshuvlar- ning o'zgarishi sabab bo'ldi. Ular tabiatdagi jarayonlami alohida fan yo'nalishi yakka holda o'rganishi noo'rin ekanligini tushuna bosh- ladilar. Shu sababli XIX— XX asrlar bo‘sag‘asida fanga tabiatni o'rganishning yaxlityondashuvi, g'oyalari kirib keldi. Buning natijasi- Download 333.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling