7.4. K im yoviy reaksiyalar tezligi haqida
Kimyoviy kinetika kimyoviy reaksiyalar tezligi haqidagi ta ’limot
bo‘lib, bunga XIX asrning 80-yillarida gollandiyalik olim Vant-
G off va shvetsariyalik olim S. Arreniuslar asos soldilar. U 1901-yil
kimyoviy dinamika va eritmalar xossalarini o ‘rganish sohasida qil
gan ishlari uchun Nobel mukofotini olgan. Peterburglik ximik N. A.
Menshutkin birinchi bo‘lib organik moddalar
tuzishining reaksiya
tezligiga ta ’sirini o ‘rganib, organik reaksiyalar kinetikasini rivojla-
nishiga katta hissa qo‘shdi.
Reaksiya sodir bo'lishiga zarrachalarning faollashish energiyalari
ta’sir etadi. Bundan reaksiya tezligi energiya va uning to'planish
ehtimolligiga bog‘liqligi kelib chiqadi.
Faollashish ehtimolligining
to'planish ehtimolligiga bogMiqligi Bolsman formulasi orqali ifodala-
nadi:
Eakt-
faollanish energiyasi,
к - Bolsman doyimiysi;
T -
absolyut harorat;
W - energiyaning to ‘planish ehtimollari.
Reaksiya tezligi haroratga bog‘liq. Harorat har 10°C ga oshgan-
da,
tezlik
2 - \
marta ortadi. Arrenius reaksiya tezligining haroratga
bog‘liqligini ifodalaydigan quyidagi tenglamani keltirib chiqardi:
Bu yerda, К - reaksiyaning tezlik
koeffitsienti;
A - faollashish energiyasi;
Z - integrallash konstantasi.
XIX
asrning 80-yillarida kimyoviy kinetikani o ‘rganish
bilan
Osvald shug‘ullandi. Osvald ‘‘reaksiya tezligini o ‘zgartiradigan,
A
*
К
=
z * e
R T
84
ammo reaksiya mahsuloti tarkibiga kirmaydigan modda katolizator”,
deb ta’rif beradi. 1909-yili kimyoviy muvozanat shart-sharoitlarini
o ‘rganganligi uchun Osvald Nobel mukofoti laureati boMgan.
Do'stlaringiz bilan baham: