Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi
Download 333.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2. “Psixika” (asab holati)ning paydo bo‘lishi
15-rasm. Etologiya.
Agressiya — instinktining xavfli ko‘rinishlaridan biri shuki, hudud va o ‘lja uchun kurash yo‘qligidan “agressiya” duch kelgan tomonga qaratilishi mumkin, ya’ni bu instinkt hech bir sababsiz ishlatiladi. Shu va shunga o ‘xshash hollarda hayvonlarda tormozlanish mexa nizmi ishga tushadi. Masalan, ikki erkak individ jangida yutqazgan taraf bo‘ysunish belgilarini ko'rsatadi yoki jang davomida qaltis ha- rakatlar kamayadi. Bu holatda turlararo jangda ishlatiladigan qurollar ishga tushmaydi. B a’zi hayvonlar esa ovoz chiqarish va masofadan qo‘rqitish bilan chegaralanadi [14]. Hayvonlarda shunday holatlarga duch kelish mumkinki, instinkt urg‘ochi va erkakga turlicha ta’sir o4kazadi. Urg'ochilarda “agres- — kuchli hayvon oziqlanish va yashash maydonlarini kengaytira oladi va shu bilan turning rivojlanishiga zamin hozirlaydi; — boshqa turlar bilan o ‘lja va hudud uchun kurashda g ‘olib kelib o ‘z turining yo'qolishi oldini oladi. M a’lumki har xil turga mansub hayvonlarning yashash muhiti bir xil bo‘lishi mumkin. Turlarning o 'z hududlari va ularning chegaralari mavjud. Bu chegaralaming buzilishi ular orasida tafovut keltirib chiqaradi. Natijani esa kuchlilar yoki ular qoldirgan nasi belgilaydi. Shuni aytish lozimki, tafovutni m a’lum turning sonjihatdan ko‘rayishi ham keltirib chiqarishi mumkin. 99 siya” jinsiy moyillikni kamaytiradi, qo'rquvni esa oshiradi. Erkak hayvonlarda esa shu holatning aksi namoyon bo‘ladi. Etologiyada instinktlarbelgilovchi har xil shakldagi signallar, hay- vonlar hayotida muhim o ‘rin egallashi ko‘rsatilgan. Shuningdek. bu fanda sut emizuvchi hayvonlarda moslashuv evolyutsiyasining yangi omillari haqida so‘z ketadi. 9.2. “Psixika” (asab holati)ning paydo bo‘lishi Bu holat sut emizuvchilarning ko‘nikma va tajribalari ortishiga, fe’l-atvorining tez o ‘zgarib, boshqa hayvonlarga qaraganda evolyut- sion faolligini oshiryapdi. Zamonoviy biologik, to 'g ‘rirog‘i zoologik tasnif bo‘yicha inson-xordalilar tipi, sut emizuvchilar sinfi, primatlar otryadi, odamlar oilasining vakili hisoblanadi. Lekin inson biologik mavjudot bo‘lishi bilan birgalikda, ijtimoiy obyekt hisoblanadi. Shu tufayli inson va hayvon fe’l-atvorida butkul bir xillik mavjud deb bo'lm aydi. Shunga qaramay, hali ijtimoiy biologik shakllanmay turib etologiya fanida inson fe’l-atvori va xulqining hayvonlar bi lan o ‘xshashligi to ‘g ‘risida gap ketadi. Yana instinktlarga murojaat qilsak, agressiya insonga ham, hayvonga ham xosdir. Lekin insonda agressiya sadizm xususiyatini vujudga keltirib chiqaradi. Insonda ham yovvoyi hayvonlardagidek agressiya ko'proq erkaklarda uchray- di. Etologiya nuqtayi nazaridan qaraganda - tur ichidagi kurashga ta- yanib tanlashda, tur inqirozga yuz tutishi mumkin. Bu holat insonlar orasidagi munosabatlarda urushlar va ekologik krizislarga moyillik xususiyatlarini tug'diradi. Lekin “agressiya”ni genetik yoki nia’naviy usullar bilan yo‘qotish kerak deyilsa, noto‘g'ri bo'lar edi, sababi instinktlar bir-biri bilan o ‘zaro bog‘langan, qolaversa, “agressiya” o ‘ziga xos ijobiy biologik jarayonlam ing bir meyorda o'tishiga turt- ki bo‘ladi. Hayvonlardagidek, insonlarda ham “tormoz mexanizmi” mavjud. Bu mexanizm “agressiya”ni xavfsiz tomonga yo'naltiradi desak to ‘g ‘ri bo‘ladi. Masalan, sport, san’at, ilm-fan, hattoki, kulgu, “gunohlar” (vijdon azobi) bilan kurashni ham shu qatorga kiritsak bo’ladi. Chunki bu jarayonda ham m a’lum bir energiya sarf bo'ladi. 100 Inson biologik mavjudot bo'lishi bilan bir qatorda, uning ijtimo- yiyligini nazarda tutib, inson va hayvonlaming fe’ 1-atvorida to ‘la qon- lik birxillik yo'q deb aytishimiz mumkin. Insonlarda doimiy kurash mavjud. Ba’zida his-tuyg‘u va aql-idrokka qarshi qo‘yib m a’lum ishlami bajarishi mumkin. Yana insonlarga xos aql-idrok, farosat, zehn (intelekt) madaniy rivojlanishni ta’minlaydi va so'zlashish qo- biliyatini beradi. Buning natijasida inson o ‘z bilimlarini oshiradi va kelgusi avlodlarga qoldira boshlaydi. Oqibatda, insoniyatning tarixiy rivojlanishi, organik yoki filogenetik rivojlanishdan ancha ilgarilab ketdi. Tabiiylik yo‘qolib borib, o ‘mini faqat aql-idrok, zehn, farosat- ga bo‘shatib berildi. Download 333.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling