Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 174 Kb.
|
28-Vazirlar Mahkamasining 2018
Oldingi tahrirga qarang.
97. Byuro iste’molchilar xabardor qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddat o‘tgandan so‘ng, qarzdorlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy undirish, shu jumladan kelib chiqqan qarzdorlikni bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ushbu iste’molchilarning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatiladigan bank hisobvaraqlaridan so‘zsiz har oyda chiqarish, shuningdek, iste’molchilarni gaz tarmoqlaridan uzish choralarini ko‘radi. (97-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son) 98. Iste’molchilarni debitor qarzdorlik uchun gaz tarmoqlaridan uzish va ularni qaytadan ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 99. Qayta ulanishda iste’molchidan to‘lov kuni amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida haq undiriladi. Tabiiy gaz iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan iste’molchilarni gaz tarmoqlariga qayta ulanishi uchun haq undirilmaydi. (99-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son) 100. Gaz ta’minot tashkilotlari ma’lumotlar bazasida belgilangan tariflar o‘zgarishi (ortishi) vaqtiga qadar Iste’molchi amalga oshirgan to‘lovlar haqidagi hisobga olinmagan hujjatlar aniqlangan taqdirda, ushbu Iste’molchi bo‘yicha hisob-kitob (qayta hisob-kitob) to‘lov vaqti (sanasi) amalda bo‘lgan tariflar asosida amalga oshirilib, keyinchalik billing tizimidagi shaxsiy hisobraqami ko‘rsatkichlariga tuzatish kiritiladi. 101. Foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lov summasi tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan ko‘rsatgichlarni olish vaqtida amal qilingan tariflar asosida hisoblanadi. Tariflar o‘zgarganda, avval hisoblangan summa bo‘yicha tariflar o‘zgarishiga qadar to‘lov amalga oshirilmagan bo‘lsa, qayta hisob-kitob qilinmaydigan qarzdorlik vujudga kelgan deb tan olinadi. Oldingi tahrirga qarang. 102. Tariflar o‘zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan iste’molchi ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi. (102-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 633-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son) 10-bob. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, ijtimoiy va strategik ahamiyatiga ega iste’molchilar, shuningdek, kommunal-maishiy iste’molchilarning tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish tartibi 103. Iste’molchi tabiiy gaz yetkazib berish uchun tuzilgan shartnoma asosida yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun yuz foiz oldindan to‘lovni amalga oshirishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga ilovadagi ro‘yxatga muvofiq tabiiy gazni sotishda narxni shakllantirishning alohida tartibi belgilangan iste’molchilar yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan o‘sib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar asosida amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Tabiiy gazdan aholini gaz bilan ta’minlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondiga, yuridik shaxslar yotoqxonalariga va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga hamda aholi ehtiyoji uchun lokal qozonxonalarga tabiiy gazga maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tarif qo‘llaniladi. (103-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-martdagi 243-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/243/2807-son) 104. Tabiiy gazdan foydalanishda iste’molchining aybi bilan tabiiy gaz yetkazib berishga shartnomada ko‘rsatilganidan hajmdan kam foydalanilgan taqdirda, avans tarzida to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi, ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar esa kelgusida gazdan foydalanishda hisobga olinadi. Download 174 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling