Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar
-bob. Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilganda hisob-kitob qilish tartibi
Download 174 Kb.
|
28-Vazirlar Mahkamasining 2018
11-bob. Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilganda hisob-kitob qilish tartibi
123. Iste’molchi tomonidan quyida ko‘rsatilgan qoida buzilishlari sodir etilgan taqdirda, undan iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmlari narxi (amaldagi tariflar bo‘yicha) Byuro yoki gaz ta’minoti tashkilotining vakolatli xodimi so‘nggi ko‘rikdan o‘tkazish vaqtidan boshlab, gazdan foydalanish uskunasining sutkaning 24 soatida to‘liq quvvat bilan ishlashi hisobidan kelib chiqqan holda undiriladi: a) tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priboriga qasddan shikast yetkazish; b) o‘chirish qurilmalari, gazdan foydalanadigan uskuna yoki tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborida o‘rnatilgan tamg‘alarni qasddan buzish; v) tabiiy gaz hisobini yuritmasdan yoki o‘rnatilgan tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan foydalanmasdan tabiiy gazni ishlatish, oylik me’yorlar bo‘yicha aholi maishiy ehtiyojlar uchun tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bundan mustasno; g) gaz quvurlari yoki GTShlarda, gaz taqsimlash tarmoqlarini texnologik ish rejimini buzishga olib keladigan qurilmalarni o‘rnatish. 124. Maishiy iste’molchida ushbu Qoidalarning 123-bandida ko‘rsatib o‘tilgan qoidabuzarlik holatlari, shuningdek, shaxsiy hisobraqamiga (belgilangan me’yorlar bo‘yicha iste’mol qilingan tabiiy gaz miqdorini hisoblash uchun gaz yetkazib beruvchi tashkilotning billing tizimi) kiritilgan boshlang‘ich ma’lumotlar (isitish maydoni, gazdan foydalanish uskunalari soni va yashovchilar soni) buzib ko‘rsatilishi holatlari aniqlanganda, maishiy iste’molchidan Byuro yoki gaz ta’minoti tashkiloti vakolatli xodimining so‘nggi tashrif buyurgan kunidan boshlab, amalda aniqlangan ma’lumotlar asosida belgilangan iste’mol me’yori bo‘yicha hisoblangan gaz hajmining haqi undiriladi. 125. Iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari) tomonidan gazlashtirish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirmasdan gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulangan taqdirda, ushbu xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslardan ruxsatsiz foydalanilgan gaz hajmlari qiymati iste’molchi davlat ro‘yxatidan rasmiy o‘tkazilgan kundan boshlab (tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) o‘tgan vaqt mobaynida gazdan foydalanish uskunasining sutkaning 24 soatida to‘liq quvvat bilan ishlashi (yoki standart gazdan foydalanish uskunasi mavjud emasligida quvurning o‘tkazish imkoniyati) hisobidan kelib chiqqan holda, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan miqdorda undiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Shuningdek, tarmoqqa ulangan gazdan foydalanish uskunasining bir sutkada maksimal (to‘liq) quvvat bilan 24 soat ishlashi hisobidan kelib chiqib, iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmlarining qiymati quyidagi hollarda undiriladi: a) hisobga olishni noto‘g‘ri ko‘rsatish maqsadida hisobga olish priborining konfiguratsiyasi va sozligini o‘zgartirish uchun tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priboriga modem yoki boshqa aloqa vositalarining ruxsatsiz ulangani aniqlanganda — ruxsatsiz aralashilgan kundan boshlab butun vaqt davomida (aralashish holati va sanasini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda), lekin da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan davrda; b) tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborining xotirasidan iste’molchining aybi bilan nazorat qilinadigan ma’lumotlar qisman yoki to‘liq yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilganda — ma’lumotlar yo‘qotilgan vaqtdan nosozlik aniqlangan vaqtgacha (aralashish holati va sanasini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda), vaqtni (davrni) aniqlash imkoni bo‘lmaganda — oxirgi ko‘rik yoki Byuro yoxud gaz ta’minoti tashkiloti vakili borib ko‘rgan vaqtdan boshlab, lekin da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan davrda; v) gaz iste’moli hajmlari hisobga olish priborining ruxsat etilgan maksimal o‘lchov chegarasidan ortiqcha bo‘lganda. Ushbu holatda plombalanmagan gaz jihozlarida foydalanilgan gaz uchun hisob-kitoblar oxirgi xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi tuzilgan kundan, xatlov dalolatnomasi mavjud bo‘lmaganda esa — Byuro yoki gaz ta’minoti tashkiloti vakili tomonidan oxirgi marta borib ko‘rilgan kunda amalga oshiriladi; g) hisobga olish priborini ulash tartibi va sxemasi o‘zgartirilganda, pribordan tashqari vizual aniqlab bo‘lmaydigan yashirin yo‘l bilan ulanishlar (gaz quvurlari, baypas liniyalari va boshqalarni yashirincha montaj qilinishi) aniqlanganda — oxirgi xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi tuzilgan kundan, lekin da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan davrda; d) hisobga olish pribori buzilganda yoki mavjud bo‘lmaganda (iste’molchi aybi bilan), plombalar uzilganda va vizual aniqlanadigan tabiiy gazning haqiqiy iste’moli ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadidagi boshqa qoidabuzarliklarda (jumladan, hisobga olish priboridan tashqari yoki undan oldin gaz quvurlari va baypas liniyalari ulanganda) — bir hisob-kitob davridan ko‘p bo‘lmagan vaqtda; e) iste’molchi tomonidan gazlashtirish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan gazdan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha uskuna o‘rnatilganda — bir hisob-kitob davridan ko‘p bo‘lmagan vaqtda. Bunda qoidabuzarlik to‘g‘risidagi dalolatnomaga muvofiq amalga oshirilgan qayta hisob-kitob hajmi va summasi mazkur Qoidalarni buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qonun buzilishi natijasida keltirilgan zararni hisoblash uchun asos hisoblanadi. (125-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son) 126. Ushbu Qoidalarning 123 — 125-bandlarida qayd etilgan qonun buzilishi holatlarida, foydalanilgan gaz hajmlari qiymatining undirilishi iste’molchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod qilmaydi. 127. Ushbu Qoidalarning 123 — 125 bandlarini buzilishi holatlari Byuroning uch nusxada tuziladigan hamda gaz ta’minoti tashkiloti vakillari va iste’molchi tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Iste’molchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, bu haqida dalolatnomaga belgi qo‘yiladi. Byuro vakili gaz ta’minoti tashkiloti vakolatli shaxslari bilan birga darhol mazkur iste’molchilarni belgilangan tartibda gaz tarmog‘idan uzib qo‘yadi. Ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lganda, Byuroning vakolatli xodimi tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Download 174 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling