Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar
-bob. Gaz ta’minoti tashkilotining tabiiy gaz hisobot balansini tuzish tartibi
Download 174 Kb.
|
28-Vazirlar Mahkamasining 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-bob. Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
14-bob. Gaz ta’minoti tashkilotining tabiiy gaz hisobot balansini tuzish tartibi
144. Gaz ta’minoti tashkiloti gaz taqsimlash tarmoqlari orqali olingan tabiiy gazning qabul qilingan va taqsimlangan hajmi bo‘yicha hisobot balansini (keyingi o‘rinlarda tabiiy gaz balansi deb ataladi) tuzadi. 145. Hisobot davri uchun tabiiy gaz balansi olingan tabiiy gaz umumiy hajmining tabiiy gazni umumiy taqsimlash yig‘indisiga tengligi orqali quyidagilar bo‘yicha aniqlanadi: iste’molchilarga sotilgan tabiiy gaz hajmi (shu jumladan, noqonuniy foydalanuvchilar tomonidan sarf qilingan gaz hajmi); foydalanish va texnologik ehtiyojlar uchun sarflangan tabiiy gaz hajmi (alohida hujjat asosida tartibga solinadi); tabiiy gazni yo‘qotish hajmlari (alohida hujjat asosida tartibga solinadi); tabiiy gazning gaz tarmoqlaridagi texnologik qoldiqlari; qabul qilingan va taqsimlangan tabiiy gaz hajmlari orasidagi musbat va manfiy farqlar. 146. Musbat farq vujudga kelganda, ya’ni taqsimlangan tabiiy gaz hajmi qabul qilingan tabiiy gaz hajmidan ortiq bo‘lganda, mazkur farq hisobotda ma’lumot o‘rnida ko‘rsatilib, yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmiga (hajm oshmagan holda) ta’sir qilmaydi. 147. Manfiy farq vujudga kelganida, ya’ni taqsimlangan tabiiy gaz hajmi qabul qilingan tabiiy gaz hajmidan kam bo‘lganda, mazkur farq hisobotda tabiiy gaz tannarxiga qo‘shib hisoblanadi. Bunda uzoq vaqt davomida tabiiy gazning talon-taroj qilinishi oqibatida aniqlangan tabiiy gaz hajmlari hisobot davri yakunida tabiiy gaz hajmida vujudga kelgan manfiy farq hisobidan chiqariladi. Oldingi tahrirga qarang. 148. “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJ ijroiya organi tomonidan har bir hisobot yili yakunida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tabiiy gaz balansida vujudga kelgan farqlar yuzasidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: (148-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son) manfiy farqning qoldiq summasi jamiyatning “davriy xarajatlari”ga o‘tkaziladi; musbat farqning qoldiq summasi jamiyatning daromadi deb tan olinadi. Ijroiya organining vujudga kelgan farqlar yuzasidan qabul qilingan qarori Byuroga taqdim etiladi. 149. Gaz ta’minoti tashkilotlari Byuro bilan birgalikda qonunchilikda belgilangan tartibda har oyda salbiy farqning vujudga kelish sabablarini aniqlash, shuningdek, asossiz yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslardan qarzdorlikni gazni sotish narxlarida undirish choralarini ko‘rishi shart. 15-bob. Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik 150. Gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotlari, Byuro va iste’molchilar ushbu Qoidalar talablari buzilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Download 174 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling