Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 174 Kb.
|
28-Vazirlar Mahkamasining 2018
5-bob. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
20. Iste’molchilar (shu jumladan umumiy hisob quvvati 100 kVt dan yuqori bo‘lgan gazdan foydalanish uskunalariga ega oilaviy korxonalar) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq va qonun hujjatlariga ko‘ra gazlashtirish ishlarini bajarish huquqiga ega tashkilotlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan holda ishlab chiqilgan loyiha-texnik hujjatlarga asosan gaz bilan ta’minlanadi. 21. Yangi turdagi gazdan foydalanish uskunalarini ishga tushirish va (yoki) foydalanilayotgan quvvatlarni rekonstruksiya qilish yoki texnik jihatdan qayta jihozlashni mo‘ljallayotgan iste’molchilar gazta’minoti tashkilotlari bilan gaz tarmoqlariga ulanishning texnik imkoniyatlarini kelishish uchun belgilangan shaklda tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha asoslangan hisob-kitoblarni taqdim etadi. 22. Gaz ta’minoti tashkiloti gazlashtirish masalasi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga gazlashtirish texnik shartini olish uchun buyurtma beradi. Buyurtmada tabiiy gazdan foydalanish davri, gazdan foydalanish uskunasining turi va texnik tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, zahira yoqilg‘idan foydalanish hisobga olingan holda, gaz iste’molining rejalashtirilayotgan hajmlari ko‘rsatiladi va unga ishlab chiqarish quvvatlarining joylashish rejasi ilova qilinadi. Ushbu hujjatlar yangi gazlashtirish texnik shartlarini olishda yoki muddatini uzaytirishda ham taqdim etiladi. Buyurtmani ko‘rib chiqish muddati uch ish kunini tashkil qiladi. 23. Gaz ta’minoti tashkiloti ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, iste’molchiga quyidagilar ko‘rsatilgan gazlashtirish texnik shartlari beriladi: gaz quvuriga ulanish joyi; bo‘linish chegaralari va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarining joylashuvi; ulanish nuqtasidagi tabiiy gazning maksimal soatlik, kunlik, yillik sarfi va ishchi bosimi, shuningdek, ushbu bosimning o‘zgarish chegaralari; gaz taqsimlash shoxobchasi (keyingi o‘rinlarda GTSh deb ataladi) inshootini qurish zarurligi, GTShga bo‘lgan texnik talablar, avtomatika turi, gaz quvurlari soni va ularning har biridagi tabiiy gaz bosimi, chirishdan himoyalash chora-tadbirlari va boshqalar; qo‘shimcha gaz quvurlarini qurish ishlari; gazdan foydalanish uskunasi va gaz goryelkali qurilmalariga qo‘yiladigan talablar (turi va soni), muvofiqlik sertifikatining mavjudligi; tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priboriga qo‘yiladigan talablar; tabiiy gazdan asosiy yoqilg‘i turi sifatida foydalanishning aniq davri (oylar bo‘yicha); zahira yoqilg‘idan foydalanish davrini ko‘rsatgan holda, zahira yoqilg‘i xo‘jaligini qurish zarurligi. Gazlashtirish texnik shartlarining amal qilish muddati ular berilgan kundan boshlab 2 yilni tashkil qiladi. Belgilangan muddat o‘tgach, agar iste’molchi gazlashtirishni tugatmagan bo‘lsa, gazlashtirish uchun yangi texnik shartlar olinishi lozim. 24. Gazlashtirish uchun texnik shartlarni berish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, gaz ta’minoti tashkiloti mazkur Qoidalarning 22-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan muddatda iste’molchiga rad etish sabablarini asoslagan holda, tegishli yozma xabarnoma yuboradi va taqdim qilingan hujjatlarni qaytaradi. 25. Iste’molchilar va gazlashtirish loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish oshirilgan loyihalashtirish tashkiloti gazlashtirish texnik shartlari talablarini bajarishi majburiy hisoblanadi. Texnik shartlarda ko‘rsatilgan talablarni rad etishga faqat gaz ta’minoti tashkiloti bilan kelishilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Kelishish buyurtma berilgan kundan keyin uch ish kuni davomida amalga oshiriladi va yozma shaklda rasmiylashtiriladi. 26. Iste’molchi texnik shartlarda ko‘rsatib o‘tilgan talablarni o‘zgartirishga ehtiyoj bo‘lmaganda o‘zgargan taqdirda, tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma yangi iste’molchi bilan qayta tuziladi. Bunda gazlashtirish texnik shartlarini takroriy rasmiylashtirish talab qilinmaydi. Download 174 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling