Tabiiy gazlarni uzatish va qayta ishlashda gidratlanishga qarshi kurash


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana24.12.2022
Hajmi1.21 Mb.
#1050416
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tabiiy-gazlarni-uzatish-va-qayta-ishlashda-gidratlanishga-qarshi-kurash

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 676
Gaz gidratlari (klatratlar) – muayyan termobarik sharoitlarda vujudga keluvchi 
kristal birikmalar. “Klatratlar” atamasi ularni o’rganish bilan shug’ullangan professor 
Pauel tomonidan XX asrning o’rtalarida kiritilgan. Bu ibora lotin tilidan tarjima 
qilinganda “berk panjara” ma’nosini beradi.
Gaz gidratlari doimiy tarkibga ega bo’lmaganligi bois, nostexiometrik birikmalarga 
mansub sanaladi.
Gazni qazib olish va uzatishda bosimning bosqichma-bosqich kamayishi namlikka 
to’yingan gazning haroratini pasayishiga olib keladi. Bunday sharoitlarda tabiiy gaz 
molekulasi suv bilan o’zaro ta’sirlashib qattiq kristal zarralarni hosil qiladi.
Quduq va quvuruzatkichlarda suv bug’larining kondensirlanib, to’planishi 
muayyan sharoitlarda uglevodorodli gaz komponentlari (metan, etan, propan, 
butan)ning har bir molekulasi 6 − 17 ta suv molekulasi bilan bog’lanish qobilyatiga ega 
(1-rasm). Suvning uglevodorodli gazlar bilan hosil qilgan fizik-kimyoviy birikmasi – 
qattiq kristal modda – kristallogidratlar deb, ataladi.
1-rasm. Gaz 
gidratining tuzilishi 
MUHOKAMA 
Tashqi 
ko’rinishidan 
gidratlar 
sarg’ish tusdagi 
bo’shoq qorga yoki muzga 
o’xshaydi. Ular qizdirilganda yoki, bosim pasayganda gaz va suvga tez parchalanadigan 
beqaror birikmalardir. Texnologik tizimning gidratsiz ishlash tarzini quyidagi sharoitda 
amalga oshirish mumkin: 
𝑃 ≤ 𝑃
𝑔.𝑜
va 𝑇 ≥ 𝑇
𝑔.𝑜
Bu yerda: 𝑃
𝑔.𝑜
, 𝑇
𝑔.𝑜
– eksperimental usul bilan aniqlanadigan gidrat hosil bo’lish 
muvozanat bosimi va harorati. 
1-jadval. Gidrat hosil bo’lish harorati 
Gaz 
𝐶𝐻
4
𝐶
2
𝐻
6
𝑖 − 𝐶
3
𝐻
8
𝑛 − 𝐶
4
𝐻
10
𝑇
𝑘𝑟
, °𝑆 
21,5 
14,5 
5,5 
1,5 
Ko’rinib turibdiki, bosim qancha yuqori bo’lsa, 𝑇
𝑔.𝑜
shuncha baland bo’ladi. 
Yuqori bosimli sharoitlarda gidratlar kritik haroratdan yuqori qiymatlarda vujudga 
kelmaydi. 



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling